To’rtinchidan, barcha ashyoviy huquqlar shaxslarning ashyoga nisbatan
bo’lgan munosabatlarini tartibga solgani holda tegishli ashyoni boshqalarning
ko’magisiz o’z manfaatlari yo’lida foydalanish uchun imkoniyatlar
yaratadi.Majburiyat huquqida esa, vakolatli shaxs o’z ehtiyojini qondirishi uchun
ma’lum shaxslarning yordamidan foydalanadi. Masalan, mol-mulkni topshirish,
ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish va boshqalarni majburiyat ostidagi shaxs
(qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga bajarishni amalga oshiradi. Shuning
uchun ashyoviy huquq obyekti faqat ashyolar, shu bilan birga, xususiy belgisi
ashyolar hisoblanadi. Bu mol-mulkning nobud bo’lishi bilan birga unga bo’lgan
ashyoviy huquqlar ham bekor bo’ladi. Majburiyat huquqida esa uning obyekti
majburiyatli shaxs(qarzdor)ning harakati hisoblanadi. Shuning bilan birga,
qarzdorning majburiyati huquqiy vorislik orqali boshqa shaxsga o’tishi ham
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |