1. Tugagan ish-harakat:
Present Perfect zamonida: ish-harakatning qachon bajarilganligi noaniq, ya’ni ish-harakatning qachon bajarilganligi yoki umuman ko‘rsatilmaydi, yoki noaniq vaqt ko‘rsatkichlari ishlatiladi.
We have moved house. – Biz boshqa uyga ko‘chdik.
We have just moved house. – Biz yaqindagina boshqa uyga ko‘chdik.
Past Simple zamonida: ish-harakatning qachon bajarilganligi odatda aniq bo‘ladi.
We moved house last week. – Biz o‘tgan hafta boshqa uyga ko‘chdik.
Ish-harakatning qayerda bo‘lganligi (aniq joyi) ko‘rsatilsa ham odatda Past Simple zamoni ishlatiladi, chunki aniq joy orqali aniq vaqtga ishora qilinadi.
I met him in the park. – Men uni parkda ko‘rdim.
We met at the station. – Biz vokzal oldida ko‘rishdik.
Demak, Present Perfect zamonida ish-harakatning qachon yoki qayerda bo‘lganligi noaniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |