3. O‘zgarib borayorgan vaziyat:
Fall is coming. Days are getting colder. – Kuz kelyapti. Kunlar sovib boryapti.
The patient is getting better. – Bemorning ahvoli yaxshilanyapti.
Kalit so‘zlar:
sifat yoki ravishnong orttirma darajasi; more and more – yanada ko‘proq
4. Bizga yoqmaydigan, g‘ashimizga tegadigan odat:
You are always watching TV. Don’t you have anything else to do? – Har doim televizor ko‘raverasan. Boshqa qiladigan ishing yo‘qmi?
I’m always forgetting things. It’s so annoying. – Doim narsalar esimdan chiqib ketaveradi. Bu odamning shunaqangi g‘ashiga tegadi-ki!
Solishtiring:
You are watching TV. – Sen televizor ko ‘ryapsan. (aynan hozir bo‘layotgan ish-harakat)
You are always watching TV. – Sen har doim televizor ko‘raverasan. (salbiy odat)
Kalit so‘zlar
always / forever / constantly- har doim, muttasil
Do'stlaringiz bilan baham: |