Bo’lib tashla va hukmronlik qil paradigmasi asosiy masalalari
Bu paradigma dasturlashning juda mashhur algoritmlari asosini tashkil qiladi:
Ikkilik qidirish (Binary Search)
Merge Sort
Quick Sort
Eng yaqin ikki nuqta (Closest two points)
Strassen ko’paytirishi (Strassen multiplication)
Karatsuba algoritmi (Karatsuba algorithm)
Cooley-Tukey algoritmi (Cooley-Tukey Algorithm)
Bo’lib tashla va hukmronlik qil paradigmasi afzalliklari
qiyin masalalarni osonlik bilan yechishga imkon beradi
bu paradigmaga asoslangan algoritmlar oddiy yechimlardan ko’ra tezroq ishlaydi. Masalan: oddiy saralash bo’lgan Bubble Sortning tezligi O(n²) bo’lsa, MergeSortniki O(n*logn)
bunday algoritmlarni parallel hisoblovchi sistemalarda hech qanday o’zgarishsiz ishlatish mumkin
bunday algoritmlarni qo’llashda xotira keshidan unumli foydalanish mumkin. Chunki masalalar bo’linish jarayonida shunday kichik qismlarga ajraladiki, ularni keshni o’zida turib yechish mumkin bo’ladi.
haqiqiy sonlar uchun bunday algoritmlar aniqroq ishlaydi, chunki qism yechimlardagi haqiqiy sonlar ustidagi amallar aniqroq bajariladi (masalan, ko’paytirish algoritmlarida)
Do'stlaringiz bilan baham: |