Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi



Download 326,49 Kb.
bet97/116
Sana31.12.2021
Hajmi326,49 Kb.
#211103
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116
Bog'liq
Psixologiya oliy o

Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi. Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo‘lgan munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.

              Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug‘lik qo‘zg‘ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan, darslarda tez-tez qo‘l ko‘tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi. Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o‘z hissiyotlarining namoyon bo‘lishini va o‘zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to‘playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o‘zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. YAngi talablar, yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha oladi. Malakalarni tez o‘zlashtiradi va tez qayta o‘zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik xususiyatiga ega. O‘tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashqi taassurotlarga javob beradi.[1]

              Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun u tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo‘proq qotib qolgan. SHuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo‘r qatiylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi, ammo unga qiziqsa.

              Flegmatik – senzitivligi sust, hissiy qo‘zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G‘ayrati  ishchanligi bilan ajralib turadi. YUksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. CHidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. YAngi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. YAngi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.

              Melanxolik – yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.

SHunday qilib, temperament individning tabiiy belgilangan psixik xususiyatlarining individual o‘ziga xos yig‘indisidir. bu xususiyatlarga umumiy nerv-psixik faollikning jadallligi, zo‘riqqanligi, ta’sirlanish va harakatlarning maromi, individning motorli, aqliy va kommunikativ sohasida namoyon bo‘ladigan xususiyatlarning kuchayishi va susayishi; sub’ekt emotsional tuzilishining qo‘zg‘aluvchanligi, reaktivligi, barqarorligi, hissiyotlarning nazorat qilinishi kiradi. Temperament faqat faoliyat va hulq-atvor usullarining dinamik xususiyatlarini belgilaydi.

 Har bir odam har qanday boshqa odamdan o‘zining individual psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga qaratiladi. “Xarakter” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “ tamg‘a, belgi “ degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday shaxs o‘zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan  ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. Shu boisdan insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. CHunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko‘rishning o‘tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.

       Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog‘liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo‘luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.

Xarakterning asosiy xususiyati uning doimo faoliyatda, insonning atrof-olam va odamlarga munosabatida namoyon bo‘lishidan iborat. Inson xarakterini aniqlashda o‘sha odamning jasurlik, vijdoniylik, samimiylik namoyon qilganini emas, balki, bu odam jasur, to‘g‘riso‘z, samimiy inson deb aytiladi, ya’ni, inson xarakterining xususiyatlari insonning o‘ziga tegishli bo‘ladi. Lekin barcha xususiyatlarni ham insonga xos deb bo‘lmaydi, ular ahamiyatga molik va barqaror bo‘lishi lozim.

Xarakter – bu insonning  o‘ziga xos asosi, o‘zagi. Xarakterda fokusdagi kabi insonning faoliyat, muloqot va bilish sub’ekti sifatida eng ahamiyatli xususiyatlar jamlanadi. Xarakter hayot davomida tarkib topib boradi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.

Xarakter odam ko‘zlagan maqsadi va uni amalga oshirish vositasi yoki usullarida hulq-atvor mazmuni va shaklida ifodalanishi mumkin.

Shakllanishi, rivojlanishi va vazifa bajarishida inson xarakteri temperament bilan uzviy bog‘langan. Fanda xarakter va temperament o‘zaro munosabatlariga doir hukmron nuqtai nazarlardan to‘rt xil asosiysi: xarakter va temperamentning o‘xshatilishi (E. Krechmer, A. Rujitskiy); xarakter va temperamentni qiyoslash, ular o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ta’kidlash  (P. Viktorov, V. Virenius); temperamentni xarakterning elementi, mag‘zi, o‘zgarmas qismi sifatida tan olish (S.L. Rubinshteyn, S. Gorodetskiy); temperamentni xarakterning tabiiy asosida sifatida qabul qilish (L.S. Vigotskiy, B.G. Ananev) kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.[2]

Xarakter va temperament uchun umumiy bo‘lgan xususiyat sifatida odam fiziologik xususiyatlari va birinchi galda, asab tizimi tipiga bog‘liqlik hisoblanadi. Temperament xarakterdagi hulq-atvor mutanosibligi yoki nomutanosibligi, ta’sirlanishning harakatchanligi yoki sustligi va h.k.lar kabi qirralarni belgilaydi. Lekin temperament xarakterni oldindan belgilab bermaydi. Temperamentning bir xil xossalariga ega bo‘lgan odamlarning xarakterlari umuman turlicha bo‘lishi mumkin. Temperament xususiyatlari xarakterning u yoki bu qirralarining shakllanishiga yordam berishi yoki qarshilik ko‘rsatishi mumkin.


Download 326,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish