Shaxsning psixoanalitik nazariyasi (Z. Freyd, A. Adler, K. YUng, E. Fromm, K. Xorni). Bu nazariyaga ko‘ra, shaxs uch qism: Id, Ego va Superegodan iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. Id – bu anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan umumiy bo‘lgan organik ehtiyojlari kiradi. Z. Freyd jinsiy ehtiyojlar va tahdidlilikni, A. Adler – hokimiyatga intilishni, K. Xorni – turli-tuman komplekslarni, E. Fromm – odamning ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini ajratib ko‘rsatadilar. Bu – shaxsning o‘zini anglashi. Superegoga inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi. Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg‘unlik holatida bo‘lmaydi, ular o‘rtasida nevrozlarga, inson ruhiyati va hulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab bo‘luvchi nizolar yuzaga keladi.[2][3]
K. Yung Freydning undan ajralib chiqqan birinchi o‘quvchilaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ular o‘rtasidagi turli fikrlilikning paydo bo‘lishiga Z. Freydning panseksualizm g‘oyasi sabab bo‘ldi.[3][3]
Yung bo‘yicha, inson psixikasi uch daraja: ong, shaxsiy anglanmaganlik va jamoaviy anglanmaganlikdan iborat. Inson shaxsi tuzilishida qadimgi o‘tgan insoniyatdan qolgan xotiralardan hosil bo‘lgan jamoaviy anglanmaganlik asosiy o‘rinni egallaydi. Jamoaviy anglanmaganlik umumiylik xususiyatiga ega. U ham o‘z navbatida turli darajalardan iborat. Bu milliy, irqiy va umuminsoniy meros bilan belgilanadi. Eng chuqur daraja odamgacha bo‘lgan davrdan, ya’ni, odamning avlodi bo‘lgan hayvonlarning tajribasidan boshlanadi. Shunday qilib, Yung ta’rifiga ko‘ra, jamoaviy anglanmaganlik – bu qadimgi ajdodlarimizning ongi bo‘lib, ular o‘ylagan va his etgan, hayot va dunyo, xudolar va inson mavjudotlarini o‘rganish vositalaridan iborat.
Jamoaviy anglanmaganlik ba’zi odamlarda faqat tushlarida emas, balki, real ijodkorlikda arxetiplar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Masalan, ona arxetipi – bu hissiyot va obraz mazmuniga ega bo‘lgan o‘z onasidan kelib chiqqan umumiy ona g‘oyasi. Bola bu arxetipni tayyor ko‘rinishda irsiyat orqali oladi va shu asosda o‘z onasining aniq obrazini yaratadi.
Yung fikriga ko‘ra, jamoaviy anglanmaganlikdan tashqari shaxsiy anglanmaganlik ham mavjuddir, lekin u ongdan ajralmagan holatdadir. Shaxsiy anglanmaganlik qachondir anglangan bo‘lib, keyinchalik yoddan chiqarilgan yoki ongdan siqib chiqarilgan kechinmalardan iborat. Shaxsiy anglanmaganlikning tuzilish birligini mulohazalar va xotiralar, tuyg‘ular qorishmasi, yig‘indisi tashkil etadi.
Shuningdek, Yung «Men» tushunchasini kiritdi. Bu tushuncha orqasiga insonning yaxlitlikka va bir butunlikka intilishi yashiringan. Bu orqali onglilik va anglanmaganlik o‘rtasidagi mutanosiblikka erishiladi. «Men» turlicha ifodalanishi mumkin. Uning ifodalanishiga bog‘liq ravishda odamlarni ma’lum tiplarga ajratish mumkin. Yung insonning o‘ziga yoki ob’ektga yo‘nalganligi asosida shaxs tiplarining tasniflanishini keltiradi. Bunga muvofiq ravishda u barcha odamlarni ekstravertlar va introvertlarga bo‘ladi.
Freydning yana bir ustozidan uzoqlashgan mashhur o‘quvchilaridan biri, individual psixologiyaning asoschisi – Alfred Adler hisoblanadi. U Freydning biologiyalashtirish nazariyasini keskin qoraladi. Adler, insonda asosiysi – uning tabiiy ichki sezgilari emas, balki, o‘zi «umumiylik tuyg‘usi» deb nomlagan ijtimoiy tuyg‘ulari ekanligini ta’kidladi. Bu tuyg‘u tug‘ma bo‘lsada, ijtimoiy jihatdan rivojlantirilgan bo‘lishi zarur.
Bundan tashqari, Adler Freydning shaxsni uch bo‘lakka bo‘linishi haqidagi fikriga qarshi chiqdi. Uning fikricha, shaxs tuzilishi bir butun bo‘lib, shaxs taraqqiyotidagi bo‘linadigan qism bo‘lib, insonning ustunlikka intilishi hisoblanadi. Lekin bu intilish har doim ham amalga oshavermaydi. Masalan, inson tanasidagi organlarning nuqsonlari tufayli o‘zining mukammal emasligi tuyg‘usini boshidan kechiradi, shuningdek, bu tuyg‘u bolalikdagi noqulay ijtimoiy sharoitlar tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Inson mukammal emaslik tuyg‘usini engish uchun turli ko‘rinishdagi to‘ldiruvchilarni izlay boshlaydi. Masalan, Adler yuqori to‘ldiruvchini ishlab chiqish imkoniyati haqida fikr yuritadi. Bu o‘zining mukammal emasligiga qarshi reaksiyaning o‘ziga xos ko‘rinishidir. YUqori to‘ldiruvchanlikni ishlab chiqish malakasi, **onan zaif va irodasiz odamlarning matonat bilan faoliyat yuritishlariga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, yuqori to‘ldiruvchanlikda Adler ijodkorlik mexanizmi, faollikni ko‘radi. Misol tariqasida, u Napaleon shaxsiga izoh berishni yoqtirardi, va Napaleonning sarkarda sifatidagi alohida layoqatlarini, xususan, undagi kichik bo‘y o‘lchami tufayli yuzaga kelgan mukammal emaslik tuyg‘usi bilan tushuntirib berar edi. SHunday qilib, ko‘rganimizdek, mukammal emaslik tuyg‘usi o‘z tabiatiga ko‘ra tug‘ma bo‘lgani uchun, Adler Freydning nazariy qarashlarini ijtimoiylashtirishga harakat qilib ko‘rgan bo‘lsada, biologiyalashtirishdan to‘liq voz kecha olmadi.
Z. Freydning izdoshlaridan biri Karen Xornining fikriga ko‘ra, inson mohiyatining asosini, bolada tug‘ma bo‘lgan, xavotirlanish tuyg‘usida ko‘rish mumkin ekan. Bu tuyg‘u, Xorni fikricha, inson muntazam ravishda boshidan kechiradigan dunyodagi qarama-qarshiliklar tuyg‘usi, va uni bartaraf etish istagi inson harakatlari motivatsiyasining asosi bo‘lgan xavotirlanishni yuzaga keltirishidan hosil bo‘ladi.
Xornining ta’kidlashi bo‘yicha, inson ikki tendensiya: xavfsizlikka intilish va o‘z xohishlarini qondirishga intilish orqali boshqariladi. Bu ikkala intilish ko‘p hollarda bir-birini inkor etadi, shunda inson hulq-atvorning ma’lum usullarini ishlab chiqqan holda, o‘zi so‘ndirishga harakat qiladigan asabiylashish holati yuzaga keladi. Xorni hulq-atvorni to‘rt turga ajratdi: birinchi turida «muhabbatga asabiy holatda intilish» hayotda xavfsizlikni ta’minlash vositasi sifatida ifodalanadi; ikkinchisi qandaydir ob’ektiv sabablar bilan emas, balki, odamlarga nisbatan qo‘rqinch va dushmanlik bilan tushuntiriladigan «hokimiyatga asabiy holatda intilish» da ifodalanadi; uchinchi turida hulq-atvor odamlardan yakkalanishga intilishda ifodalanadi; to‘rtinchi turi o‘zning yordamga muhtojligini («asabiy tobelik») tan olishda ifodalanadi.
Xorni yo‘nalishlar sonini ko‘paytirishga harakat qildi, lekin, umumiy hisobda uch turida to‘xtaldi: a) odamlarga intilish; b) odamlardan uzoqlashishga intilish, mustaqillikka intilish; v) odamlarga qarshi harakat qilishga (tahdid) intilish. Munosabatlarning bunday uch xil turiga mos ravishda Xorni shaxs asab tizimining uch turini ajratadi: barqaror, bartaraf etilgan va tahdid soluvchi. Hulq-atvorning bunday turlari sog‘lom insonlarga xosdir. Sog‘lom va nevrozga chalingan odamlar o‘rtasidagi farq shundan iboratki, nizoli tendensiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik sog‘lom odamda kasallikka chalingan odamga nisbatan ancha kam darajada bo‘ladi.
Shunday qilib, Xorni Freyd ta’limotining biologiyalashtirish mohiyatini keskin tanqid ostiga olgan bo‘lsada, o‘zining asosiy holatidagi «dastlabki xavotirlik» va «negizli xavotirlanish» haqidagi fikrlari bilan Freydni takrorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |