Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi



Download 326,49 Kb.
bet38/116
Sana31.12.2021
Hajmi326,49 Kb.
#211103
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116
Bog'liq
Psixologiya oliy o

Absolyut sezuvchanlik sifatida kuchsiz seskantiruvchilarni sezish qobiliyati, farqlashga sezuvchanlik  sifatida esa – seskantiruvchilar o‘rtasidagi kuchsiz farqlarni sezish qobiliyati tushuniladi. Seskantiruvchining eng kichik o‘lchami ta’sirida paydo bo‘ladigan dastlabki his etish sezuvchanlikning absolyut bo‘sag‘asi deb ataladi. Fiziolog olim G.V. Gershuni va xodimlarining tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, sezgi bo‘sag‘asidan quyiroqda joylashgan tovush seskantiruvchilari, miya elektr faolligining o‘zgarishi va ko‘z qorachig‘ining kengayishini yuzaga keltirishi mumkin. Sezgilarni hosil qilmaydigan seskantiruvchilar ta’sir doirasi G.V. Gershuni tomonidan «sensor osti sohasi» deb ataldi.[2]

Sezuvchanlik (bo‘sag‘a) va seskantiruvchining kuchi o‘rtasida qarama-qarshi bog‘liqlik mavjud: sezgining paydo bo‘lishi qanchalik katta kuch talab etgan bo‘lsa, odamdagi sezuvchanlik shunchalik past bo‘ladi. Sezuvchanlik bo‘sag‘alari har bir odam uchun o‘ziga xosdir.

Quyi va yuqori absolyut bo‘sag‘alarning kattaligi turli sharoitlar: inson yoshi va faoliyat xususiyati, retseptorning vazifa bajarish xususiyati, ta’sir etish kuchi va davomiyligi va h.k.lar ta’sirida o‘zgaradi. YUqori darajadagi sezuvchanlikka o‘spirinlik davrida erishiladi.[2]

Absolyut sezuvchanlik bilan bir qatorda nisbiy sezuvchanlik – ta’sir jadalligining o‘zgarishiga nisbatan sezuvchanlik ham mavjud. Nisbiy sezuvchanlik farqlashning boshlanishi bilan o‘lchanadi. Sezgilar kuchi yoki sifatida  unchalik sezilmaydigan farqni yuzaga keltiradigan faoliyatdagi seskantiruvchining kuchiga nisbatan eng kichik qo‘shimcha farqlash bo‘sag‘asi yoki ko‘p tomonlama bo‘sag‘a deb ataladi.

Farqlashga bo‘lgan sezuvchanlikni tajribada tadqiq etish Veber va Bugerga o‘rtacha, ya’ni, absolyut sezuvchanlikning quyi yoki yuqori bo‘sag‘alariga yaqinlashmaydigan seskantiruvchilar uchun haqqoniy bo‘lgan qonunni ifodalash imkonini berdi. Unga ko‘ra, seskantiruvchi orttirma kuchining  uning asosiy kuchiga nisbati sezuvchanlikning ma’lum turi uchun doimiy kattalikdir. Bosimni (taktil sezuvchanlik) sezishda bu orttirma seskantiruvchi dastlabki og‘irligining  1/30 ga teng, e**ish seskantiruvchilari uchun bu konstanta 1/10 ga, ko‘rish seskantiruvchilari uchun  – 1/100 ga teng.[1]

Nemis fizigi G. Fexner juda kuchsiz va o‘ta  kuchli ta’sirlar ostida nisbiy bo‘sag‘alar o‘z ahamiyatini yo‘qotishini   aniqladi. SHuningdek, u seskantiruvchining kuchi geometrik progressiya asosida oshib borishi bilan  sezgi jadalligi arifmetik  progressiya asosida oshishini aniqladi. Har taraflama sezuvchanlik ham farqlash bo‘sag‘asi o‘lchamiga nisbatan teskari bog‘liqlikda bo‘ladi: farqlash bo‘sag‘asi qanchalik katta bo‘lsa, har taraflama sezuvchanlik shunchalik kichik bo‘ladi.

Inson ayrim yorug‘ yoki rangli, tovushlar yoki aloqalarning o‘rganilmagan  dunyosida emas,  **lar va shakllar, murakkab vaziyatlar dunyosida yashaydi. Inson tomonidan idrok etiladigan narsalar uning ko‘z o‘ngida yaxlit tasvirlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.[2]

 «Sezgi» va «idrok» tushunchlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir, lekin ular o‘rtasida tub negizli farqlar ham mavjud. Qo‘shilish natijasida ayrim sezgilar yaxlit idrokka aylanadi, alohida belgilarni aks ettirishdan yaxlit **lar yoki vaziyatlarni aks ettirishga o‘tadilar. Shuning uchun idrokning sezgidan asosiy farqi, bizga ta’sir o‘tkazuvchi barcha narsalarni anglash, ya’ni, **ni barcha xossolari bilan birgalikda yaxlit aks ettirishning predmetliligidan iborat.[1]

Shunday qilib, idrok – bu ** va hodisalarni, ularning  his-tuyg‘u organlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishida yaxlit aks ettirish psixik jarayoni.[1]

Idrok – bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida  sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek, xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb ataladi.

Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyalar mavjud. Bu nazariyalarda asosiy e’tibor his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan.

Psixofiziologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, idrok tahliliy ishlarni olib borishni talab etuvchi juda murakkab jarayondir. Idrok qilish jarayoniga muntazam ravishda harakatli tarkibiy qismlar ( aniq **larni idrok qilishda **larni ushlab ko‘rish va ko‘zlar harakati; nutqni idrok qilishda mos kelgan tovushlarni kuylash va talaffuz qilish) kiritilgan bo‘ladi. SHuning uchun idrokni sub’ektning perseptiv (idrok qilinuvchi) faoliyati sifatida belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu faoliyatning natijasi bo‘lib, real hayotimizda to‘qnashishimiz mumkin bo‘lgan ** haqidagi yaxlit tasavvur etish hisoblanadi.[2]

**ni yaxlit aks ettirish ta’sir etuvchi belgilarning(rang, shakl, ta’m va h.k.) yaxlit to‘plamidan, bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lmaganlardan asosiy etakchi belgilarni ajratib olishni talab etadi. Idrok qilishning ushbu perseptiv tasvirning shakllanish bosqichida tafakkur ham qantashishi mumkin, deb taxmin qilinadi. Lekin idrokningkeyingi bosqichi asosiy mohiyatga ega bo‘lgan guruhlarni birlashtirishni va idrok etilgan belgilar to‘plami bilan ** haqidagi avvalgi bilimlarni taqqoslashni talab etadi, ya’ni, idrok qilish jarayonida xotira ishtirok etadi. Agar taqdim etilayotgan ** haqidagi farazni taqqoslashda, u etkazilgan axborot bilan mos kelsa  **ni tanib olish sodir bo‘ladi va u idrok etiladi, agarda mos kelmasa, sub’ekt uni topmagunicha, kerakli echimni izlash davom ettiriladi.

Idrok qilishda u yoki bu **ni idrok qilish istagi, uni idrok qilish zaruriyati yoki majburiyati, yaxshiroq idrok qilishga erishishga yo‘naltirilgan iroda kuchi, bunday vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan qat’iyatlilik katta ahamiyatga egadir. Real olam **ini idrok qilishda  insonning diqqati va yo‘nalganligi ham qatnashadi.

Idrok qilishga bo‘lgan munosabatimiz idrok jarayoni uchun katta ahamiyatga ega. ** bizga qiziqarli yoki biz unga befarq bo‘lganimiz uchun, u bizda turlicha his-tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin. bizga qiziqarli bo‘lgan ** faol idrok etilishi, va, aksincha, bizga farqsiz bo‘lgan **ni sezmasligimiz ham mumkin.

SHunday qilib, idrok – bu ayni vaqtda bizga ta’sir ko‘rsatayotgan narsani bilishga qaratilgan o‘ta murakkab, shu bilan birga, umumiy jarayon.[1]




Download 326,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish