.2 Maktabgacha ta’limning vazifalari va turlari.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risida qonunlari talablari asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk maktabda o‘kishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning olti – etti yoshga to‘lgunga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari (yaslilar uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bolalar bog‘chalari 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo‘lgan bola uchun) va mulk shaklidan kat’iy nazar ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’lim – tarbiya oladilar. Ularning sog‘ligi mustaxkamlanadi o‘z – uziga xizmat kursatish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ularda mehnatga muhabbat uyg‘onadi. Kattalarga hurmat vatanparvarlik to‘yg‘ulari tarbiyalanadi. Bolalar maktab ta’limi uchun tayyorgarlik ko‘radilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinflari bilan uzluksiz aloqani amalga oshirilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama etuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi. Bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga etguncha oilada, davlat va davlatga shli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasining Ustavi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1998 yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga, Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi. Tuman, shahar xalq ta’lim bo‘limlari tomonidan tasdiqlanadi.
Maktabgacha ta’limning vazifalari:
bolalarni xalqning boy milliy. madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-ahloqiy jixatdan tarbiyalash;
bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash;
bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;
bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlash.
Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarining demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. MTMni tashkil etishda va tugatish qonuniga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
MTMlari yo‘nalishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
- bolalar yaslisi, oblalar bog‘chasi, bolalar yasli bog‘chasi, xonadon bolalar bog‘chasi;
- bog‘cha-maktab majmuasi;
- tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan maktabgacha ta’lim muassasasi (til o‘rgatuvchi, musiqa, sport yo‘nalishlari bo‘yicha);
- tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarini bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus MTM;
- sanitariya-gigiena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlarini muolajalari ustivor ravishda amalga oshiriladigan sog‘lomlashtiruvchi bolalar bog‘chasi;
- aralash turdagi MTM.
Maktabgacha ta’lim turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi.
Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha sohalar qatorida ta’lim-tarbiya sohasida ham tub ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bugungi bolakay va qizaloqlar zimmasida XXI asrda sog‘lom, iblimli, aqilli bo‘lib jamiyatimizning faol a’zolariga aylanishdek ulkan vazifa turibdi. Bunda esa ular sizu bizga – kattalarga umid, ishonch nigohi bilan boqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |