Bola dunyoqarashini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar - Garchi kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida xal qiluvchi siljishlar davri bo’lmasa ham bizning fikrimizcha bunday davr o’smirlik davridir, shunga qaramay, bu davrda shaxsning tarkib topishi yetarli darajada sezilarli yuz beradi. Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, maktabga kirish bolaning hayotida burilish momenti hisoblanadi. Kattalar (o’qituvchilar) va tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. Bolaga butun bir jamoaviylar sistemasiga (umum maktab, sinf) qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |