1.3. Qushlar va hasharotlar hayotidagi o'zgarishlar.
Sentabroktabr oylarida o'lkamizga go'ngqarg'alar uchib kelishadi.
Biz ularni bolalar bog'chasi bog'larida ham ko'ramiz. Ular bizga tog'lardan tushib uchib
kelishadi (bu qushlar bahor va yoz fasllarida tog'larda yashaydilar). Go'ngqarg'alar kunduz kunlari
dalalarga uchib ketishadi va hosili yig'ib olingan ekin maydonlaridan don va turli begona
o'tlarning urug'larini terib yeydilar. Qarg'a turli qoldiqlarni yeydi. Toshkentning chekka joylanda
sentabr oyining ikkinchi yarmida qizilto'shlar (o'rmon sayroqi qushi) paydo bo'ladi. Ba'zan ular
Toshkent bog'larida aprel oyining oxirigacha bo'lishadi. Odatda ular to'dato'da bo'lishib
O'zbekistonning havzalarida ko'chib yuradi. Sentabr oyida qorayaloqlar, chittaklar
mamlakatlarga uchib ketayotgan tilla rangli qushlarni ko'rish mumkin. Tog' o'rmonlaridan
vodiylarga tushib kelgan zag'chalarning (3 rasm, b) katta to'dasini ham ko'rish mumkin bo'ladi.
Zarg'aldoq, qaldirg'och, bulbul (3rasm d, e), chivinxo'r qushlar, moyqutlar, jiblajibon, ko'kqarg'a
va boshqa shu kabi qushlar janubdan issiq mamlakatlarga uchib ketadilar Qushlar uchib ketishga
odatlanib qolganliklari, shuningdek, hasharotlarning (kapalak, ninachi, qo'ng'izlarning) sekinasta
yo'qola borishi tufayli uchib ketishadi. Chunki bu hasharotlar ana shu qushlar uchun ozuqa bo'lib
xizmat qiladi.
Sentabr oyida laylaklar, g'ozlar, o'rdaklar va turnalar o'z inlariga yig'iladilar va uchib
ketishga tayyorlanadilar.
Tovuqlar tullay boshlaydi. Ularning deyarli barcha patlari to'kilib, yangidan chiqadi. Shu
bilan birga, ular qishki sovuqlarga tayyorlana boshlaydilar. Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarda
ham qish sharoitiga monand keladigan tuklar o'sa boshlaydi.
Sentabr oyida asalarilar ham qishga tayyorlana boshlaydilar. Ular o'zlarining asal
zahiralarini uyalarining bir tomoniga olib o'tadilar, o'z uyalarini isitadilar, keraksiz teshik va
yoriqlarni bekitadilar, o'z uyalaridan o'rgimchaklarni haydab chiqaradilar, chunki o'rgimchaklar
qish vaqtida asarlarilar uchun ortiqcha yuk bo'lib, asal zahiralarini yeb qo'yishlari mumkin.
O'rgimchaklarning asalalariniki kabi nishlari va jag'lari bo'lmaydi, shuning uchun ular o'zlarini
himoya qila olmaydilar, uyalarni tashlab chiqib ketib ochlikdan o'lib qoladilar. Asalarilar boshqa
hasharotlar singari uzoq uxlamaydilar. Dastlabki sovuqlar tushishi bilanoq turnalar va g'ozlar janub
tomonga galagala bo'lib uchib ketishadi. Qushlar to'dasining tuzilishi — uchib ketuvchi qush
laming xarakterli belgilaridandir. Turnalar odatda o'tkir burchak hosil qilib, g'ozlar esa uzun
qiyshiq qator, ba'zida esa burchak hosil qilib uchadilar. Yovvoyi qushlar va kakkulargina (4 rasm)
alohidaalohida uchib ketadilar. Qushlarning uchib ketishini bolalarni sayrga olib chiqqanda yo'li
bilan kuzatish mumkin. Oktabr oyining oxirlarida shaharlar va vodiylarda sa'valar paydo bo'ladi
va ular mart oyining oxirlarigacha shu yerlarda qoladi. Ular qariqiz, otquloq urug'larini yeb kun
kechiradilar. Sa'valar o'zlarining chiroyli patlari va ajoyib ovozlari bilan bolalarni o'zlariga jalb
qiladilar. Bolalar sa'valarni tabiat burchaklarida parvarish qilishni o'rganadilar: toza suv, so'k,
arpa, pista donlarini maydalab beradilar. Shuningdek, kuz faslida zarang va shumtol
daraxtlarining urug'laridan tayyorlangan ozuqalarni beradilar. Sa'valar qirilgan sabzini va bolalar
qo'li bilan tabiat burchagida o'stirilgan ko'k sulini zo'r ishtaha bilan yeydilar. Kechalari
dalalardan shaharlarga go'ngqarg'a, zag'cha (5rasm) va qarg'alar to'dato'da bo'lib uchib keladi.
Haroratning pasayishi bilan hasharotlar ham astasekin yo'qola boradi. Ularning ba'zilari
o'ladi, boshqalari esa (sassiq qo'ng'iz) daraxtlarning, (chivinlar, pashshalar) imoratlarning
kavaklariga kirib yashirinadilar. Ko'pgina chivinlar xazon boigan barglar ostiga yashirinadilar.
Ba'zi hasharotlar qish uchun tuxumlarini saqlab qo'yadilar (o'simlik biti, kapalak), boshqalar esa
lichinka holatida yerda qishlaydilar (tillaqo'ng'izlar). Bolalar ochiq havoga dam olgani
chiqqanlarida to'kilgan barglar tagida yotgan hasharotlarni topib oladilar.
Oltin kuz davomida uchib yurayotgan o'rgimchak uyasi ko'zga tashlanadi. Uning
kumushsimon uzun to'qimasida kichkina o'rgimchak uyachalari, shuningdek, ko'chmanchi
qo'ng'izlar bo'ladi.
Noyabr oyida shaharda ko'plab go'ngqarg'alar, olaqarg'alar, zag'chalar uchib yuradi.
Shaharga dala chumchuqlari uchib keladilar. Ular don izlab to'dato'da bo'lib uchib yuradilar.
Shuningdek, shaharga tog'lardan oqbosh sa'valar, shahar chetlaridan esa so'fito'rg'aylar uchib
keladilar.
Bog'larda ko'pgina qorayaloqlar va chittaklar paydo bo'ladi. Ular, asosan, togiardan uchib
keladi. Ko'k chumchuqlarning o'tkir ovozlari ham eshitilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |