MA’RUZANING O’QITISH TEXNOLOGIYASI
Talabalar soni:
59 ta
O’quv vaqti:
2 soat
Mashg’ulot shakli:
Avvaldan rejalashtirilgan xatolik ma’ruza
Mashg’ulot rejasi:
1.Kuz fasliga tavsifnoma
2. Qish fasliga tavsifnoma
Mashg’ulotning maqsadi:
Talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni yil fasllari bilan tanishtirish
bo’yicha ma’lumotlar berish.
Ma’ruza mazmuni:
1.Kuz fasliga tavsifnoma
1.1.Ob-havodagi o'zgarishlar.
Kuzda harorat astasekin pasayib boradi, buning natijasida
o'simlik va hayvonot dunyosi hayotida o'zgarish hamda susayish ro'y beradi (o'simlik barglari
sarg'ayadi, to'kiladi, ba'zi qushlar uchib ketib, boshqalari uchib keladi va hokazo).
Sentabr kuz faslining birinchi oyidir, biroq O'zbekistonda sentabr oyida ham yoz
faslidagidek issiq boiadi. Sentabr oyida havo issiq bo'lib, kechalari harorat +7 darajagacha tushib
ketadi. Kunduz kunlari esa +20+25 darajagacha ko'tariladi.
Oktabr odatdagidek kuz oyi hisoblanadi. Bu oyda oikamiz quvoshli, issiq va quruq bo'ladi,
kunning birinchi yarmida harorat +7+10 daraja bo'ladi, kunduz kunlari +15+23 darajaga, ba'zi
hollarda esa +27 darajagacha ko'tariladi.
Ana shunday juda issiq vaqtlarda o'simliklar, ayniqsa gunafsha, dastargul va boshqalar 2
marta gullaydi.
Hayvonlar dunyosida ham bahorgi hodisalarning takrorlanishini ko'rish mumkin:
g'urraklarg'urullay boshlaydi, to'rg'aylar sayraydi, qurbaqalar qurullaydi, ba'zi bir hasharotlarda
esa kuzgi urchish boshlanadi.
Oktabr oyining ikkinchi yarmida harorat odatda pasayadi, ertalab +3+5 daraja bo'lib,
kunduz kunlari esa +16+20 darajagacha ko'tariladi. Uzoq yillik tajriba shuni ko'rsatadiki,
o'simliklarning katta qismini va ayniqsa, qishloq xo'jalik o'simliklaridan paxta, kartoshka,
pomidor, bodring va boshqalarni sovuq uradigan ayozlar o'lkamizda taxminan 12—
18oktabrlarda boshlanadi.
Sovuq tushishi — bu haroratning qisqa vaqtli pasayishi bo'lib, yer qatlamlari va yer
yuzasining ustki qatlamlari nol darajadan pastroq bo'ladi. Ana shunday dastlabki ayozlar kuz
faslining boshlanganidan dalolat beradi. Shimoliy kenglikdan sovuq shamol esa boshlashi bilan
sovuqlar boshlanadi. Sovuq darajasi joyning relyefiga va tuproqning issiqligiga bog'liq bo'ladi.
Odatda, sovuq tushganining dastlabki kuni kunduzi, ba'zi hollarda esa tunda havoning
bulutli bo'lishi kutiladi. Agar, kechasi osmon bulutsiz boisa, yer ustki qatlamlarining parlanishi
natijasida yerning yuza qatlami muzlaydi. Bunday sovush yer qatlamlariga tegib, havoning
haroratini yanada ko'proq pasaytiradi. Sovuqning dastlabki to'lqinlari o'zi qoplagan barcha hududni
ozgina muzlatadi, u faqatgina past joylarga tarqaladi va birikki kun davom etadi. Agar havo
to'lqinining harorati nol darajadan past bo'lsagina muzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. Shunda
tuproq va o'simliklaming ustki qatlamlariga ertalabki shudring tushadi.
Ba'zi vaqtlarda oktabr oyida kuchli va sovuq shamollar aralash yomg'irlar ham yog'ib o'tadi.
Bunday paytlarda tarbiyachi bolalarning diqqat e'tiborini daraxtlarning katta shoxlari va ingichka
novdalarning tebranishiga jalb etadi.
Noyabr qishga o'tish oyi hisoblanadi. Odatda noyabr oyida o'lkamizda obhavo qulay
bo'lmaydi: goh yomg'ir, goh qor yog'adi, kun goho iliq, goho sovuq bo'lib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |