Kurs ishning tuzilishi va hajmi:Kirish, nazariy qism, 1-bob 2 paragrafdan, 2-bob, 2 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxari, ilovalardan iborat.
Xulosa
Bola kuzatish va nutq orqali dunyoni, borliqni bilib oladi: tevarak-atrofdagi narsa va buyumlarning, voqea va hodisalarning nomini, sifatlari va belgilarini, xususiyatlarini, o’xshash va farqli tomonlarini aytishga o’rganadi.
Nutqning monolog shakli bolalarga ko’rgan narsalari haqida batafsil va izchil so’zlab berishga, o’z fikrlarini to’g’ri tuzilgan jumlalar orqali bayon qilishga imkon beradi.
Monolog nutq bolada boshqalarning hikoyasini tinglashga va uni tushunishga, qisqa, o’zlariga tanish bo’lgan voqeani qayta hikoya qilib berishga, ertakda ishtirok etuvchi qahramonlarning gaplarini ifodali aytib bera olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi (katta guruh) bolalar rasmda tasvirlangan narsalar, o’z hayotiga doir voqealar haqida oddiy hikoyalar tuzishga, ko’rgazmali qurolsiz, mustaqil tarzda hikoya to’qishga o’rgatiladi. Bolalarni hikoya qilishga o’rgatish ularning aqliy rivojlanishiga yordam beradi, fikr yuritish doirasi kengayadi, diqqat, tafakkur kabi psixologik jarayonlar rivojlanadi, nutqi ifodali bo ‘lib boradi, bolada o’zini tutish va jamoa oldida so‘zlay olish malakasi hosil bo’ladi.
Bola hikoya, ertak tinglayotganida quvonadi, huzurlanadi. Bu emotsional ta’sirlanish bolada badiiy adabiyotni estetik idrok yetish, ya’ni uni san’at asari sifatida his etish qobiliyatining paydo bo’lishiga, unda axloqiy sifatlarning shakllanishiga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarni badiiy asar bilan tanishtirar yekan, liar bir bolada kitobga nisbatan qiziqish va muhabbatni tarbiyalashi kerak. Tarbiyachining she’r, ertak va hikoyalar o’qib berayotganda ushbu vositalardan o’rinli foydalanishi bolalar asar mazmunini yaxshi tushunib olishlari va ona tilining go’zalligini his etishlariga yordam beradi.
SHunday qilib, qayta hikoya qilish maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ruhiy jihatdan rivojlantirishda, ularning madaniy saviyasini oshirilishida, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib olishlarida, maktabda muvaffaqiyatli o’qishlari uchun zamin yaratishda, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o’rgatishda, aqliy va axloqiy tarbiyani amalga oshirishda, dunyoni, borliqni bilib olishda, xalqimiz madaniy merosini o’rganishlarida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.
Tavsiyalar:
- Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari qayta hikoya qilishni shakllantirishda tavsiya etilayotgan usullari, yo’llari va vositalaridan to’g’ri foydalana olishlari kerak;
- O’tkazilgan mashg’ulotlar bolalarni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda suhbatlar, mashg’ulotlar, bahs-munozaralar uyushtirish orqali olib borilishi lozim;
- Bolalarnimaktabgatayyorlashdaularningo’zonatiliniyaxshi, puxtao’rganishlariga, ya’niso’zboyligiorttirishlarigato’g’ritalaffuzqilishlariga, to’lahamdato’g’rijumlatuzaolishlarigaalohidaahamiyatberishkerak;
- Maktabgacha ta’lim muassasalari ota-onalar bilan doimo hamkorlikda bo’lishlari zarur;
- O’quvmashg’ulotidanutqmadaniyatitarbiyachihamdatarbiyalanuvchilaradabiytildaso’zlashizarur;
- Tarbiyachi nutqining ifodali, jozibali, mazmunan boy bo’lishi lozim;
- Tarbiyachi o’z nutqida xalq og’zaki ijodidan (maqol, matal, tez aytish, topishmoq va h.k.) o’rinti foydalanishi kerak.
SHunday qilib, tarbiyachi nutqidagi so’zlar aniq tanlansa, jumlalar grammatik tomondan to’g’ri bolsa, undagi fikrlar oddiy, aniq, ravshan bo’lsa, izchil ketma-ketlikda bayon yetilsa, bolalarning yoshi va psixik xususiyatlari hisobga olinsa, bunday nutq bolalar tomonidan osonlik bilan idrok qilinadi va ular uchun tushunarli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |