“Bolalarni maktabga tayyorlash” fani
6-variant
1-topshiriq
Maktabgacha yoshdagi bolalarning Til va nutq markazida bolalarni maktabga tayyorlash ishlari
bola hayotidagi eng kerakli bo‘lgan nutq rivojlanadi. O‘qish, yozish malakalari rivojlanadi. Bola harf tanimaydi. Lekin kitobni olib varaqlash orqali o‘zini o‘qiyotgandek xis qiladi va bir narsalarni gapiradi. Masalan tanish ertaklarni, yodlagan she’rlarini , do‘stlari bilan bo‘lgan muloqotlarni. Markazni shovqindan bir oz uzoqroqqa joylashtirsangi foydadan xoli bo‘limaydi. Chunki qachon biz kitob bilan muloqot qilsak, do‘stlarimiz bilan suhbatlashsak bizga sokinlik jimlik kerak bo‘ladi. Agar markazimiz shovqin joyda joylashsa, bolalar tez chalg‘iydilar, tanlagan markazlaridan boshqa markazga o‘tishga harakat qiladilar.
Markaz boshqa markazlarga nisbatan juda boy bo‘lishi kerak, chunki markazda qancha jihoz ko‘p bo‘lsa, bola ularni ko‘rish, ular haqida gapirish, do‘stlari bilan muloqotga kirishish orqali so‘z boyligi oshadi, nutqi rivojlanadi.
Markazda bo‘lishi lozim bo‘lgan jihozlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: she’rli, rasmli, ertakli kitoblar, hikoya tuzish uchun dastur asosidagi mazularga mos mazmunli rasmlar, bolaning diqqati, tasavvuri, xotirasini rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy o‘yinlar, stol, stul, bor bo‘lsa pufiklar, ko‘rpachalar, turli predmetlar (hikoya tuzish uchun). Katta xajmdagi harflar , xarfli kubiklar, bola yozishi uchun xarflar kassasi,turli topishmoqlar, rebuslar va boshqa dasturga asosan jihozlar.Markazdagi shkaflar bolalarning yoshiga mos bo‘lishi, qo‘li yetishi lozim.Qiynalmasdan kerakli jihozlarni olishiga imkoniyat yaratish. Ularni zararsizlantirish maqsadida artish mumkin bo‘lishi, yorqin ranglardan foydalanilgan bo‘lishi lozim. Markazga kirishdan oldin albatta tarbiyachi tomonidan markazdagi faoliyat albatta bolalarga yetkazilishi lozim. Markazdagi faoliyat jarayoniga aralashmaslik, bolalarning o‘z xollariga qo‘yish va kuzatish lozim.Ko‘zatish natijalarida Nutq o‘stirish mashguloti ya’ni umumiy gurux bo‘lib ishlash uchun mavzular topasiz. Iloji boricha bolalarni rivojlantirish markazlaridagi faoliyatlarini yozib boring, bu sizga bolalarni rivojlantirish xaritalaridagi indikatorlarni baholashingizda as qotadi.
2-topshiriq.
Mavzu yuzasidan test tuzing (ijodiy 10 ta)
3-topshiriq
“Kuz” mavzusida harakatli manzara tayyorlang
Do'stlaringiz bilan baham: |