Bolalarni hikoya tuzishga о‘rgatish


Bolalarni rasmga qarab hikoya tuzish va qayta hikoya qilishga



Download 63,25 Kb.
bet5/6
Sana27.05.2022
Hajmi63,25 Kb.
#611167
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hikoya qilish turlari va metodlari kurs ishi

Bolalarni rasmga qarab hikoya tuzish va qayta hikoya qilishga

o‘rgatish metodikasi.
1. Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o‘rgatishning vazifalari va uslubiyoti. Maktabgacha ta’lim muassa- salarining katta guruhlarida bolalarning nutqi qay darajada shakllan- ganligi aniqlanib, maxsus topshiriqlar ro‘yxatini ishlab chiqiladi, har bir bola bilan yakka tartibda mashg‘ulot olib boriladi. I-topshiriq bo aga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishi ii aniqlash. «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq», «Ikki echki», «U‘, to‘qmoq», «Echki bolalari», «Toshbaqa bilan cha- yon» kabi ertak va hikoyalardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, un^a shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi. Bolalar hikoy.isi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi: - hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz). - matn mazmunining to‘liqligi; - matnni bayon qilishda izchillik; - ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi; - nutqning ravonligi. Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin: - bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi; - matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi; - ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi; - bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi; - nutqda ifodalilik yetishmaydi: - bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;
- o‘zicha ba’zi so‘zlarni qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi; - kattalar yordami vositasida hikoya qiladi; - hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi; - mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi. Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi. Mazkur bog‘chalarda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi:
- tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yor- damisiz, mustaqil bayon eta olishi;
- matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi;
- matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;
- ifoda vositalaridan foydalana olishi;
- nutqning ravonligi, tezligi;
- jumlalarning grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi;
- nutq madaniyatiga rioya etishi.
Bolalar nutqini o‘rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo‘lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan birga, bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ularning tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzu: « Navro‘z bayrami» surati asosida hikoya tuzish Maqsad: Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan oldingi voqealarni mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rgatish. Vazifalar:
• Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rgatish.
• Grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalar bilan savol berish va ja- vob berish malakalarini faollashtirish.
• Sumalak, halim, palov, ko‘k somsani tayyorlash mavzulari bilan bolalar lug‘atini faollashtirish.
• Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
Kutilayotgan natijalar:
• Bolalarning bog‘langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi.
• «Navro‘z bayrami» mavzusida hikoya tuza oladilar.
• Navro‘z taomlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
• Hikoya to‘qishga qiziqish uyg‘onadi. Kerakli jihozlar: «Navro‘z bayrami» surati. Mashg‘ulotning borishi: «Navro‘z bayrami» surati ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. Tarbiyachi: Bolalar, qanday bayram bo‘lib o‘tdi? Biz avval Navro‘z bayramini bog‘chada o‘tkazdik. Navro‘z ertaligi juda qiziqarli bo‘ldi. Saxiy, quvnoq bahoroy bizga sovg‘a-salomlar berdi. Hammangiz Navo‘z bayramini uyingizda davom ettirdingiz. Mana bu suratga qarang.
• Suratda qaysi bayram tasvirlangan?
• Navro‘z bayrami qachon nishonlanadi? '
• Navro‘z bayramini odamlar qanday nishonlaydilar? >
• Suratda qanday urf-odatlar tasvirlangan? (Doshqozonda sumalak pishirilyapti, kishilar o‘z yaqinlari, mahalla, qo‘ni-qo‘shnilar bilan hamjihatlikda bayramni kutib olyaptilar, bolalar varrak uchiryaptilar, karnay-surnay navolari chalinyapti, bolalar raqs tushyaptilar)
• Navro‘zda tabiatda qanday o‘zgarishlarni ko‘ryapsiz?
• Sumalakni kimlar pishiryaptilar?
• Sumalak pishirishda kimlar yordam berishyapti?
Hozir biz «Navro‘z bayrami» mavzusidagi surat asosida hikoya tuzishni o‘rganamiz. Hikoya tuzishda hozir ishlatgan so‘zlardan foydalanishingiz mumkin. Tarbiyachining namunasi. Biz Navro‘z bayramini mahallarniz bilan birgalikda kutib oldik. Bog‘da katta dasturxon yozildi. Qo‘shnilar dasturxonga turli xil pishiriq- lar qo‘ydilar. Qo‘shni qiz Feruza uyidan lola terib chiqdi. Biz lolalarni idishga solib dasturxonga qo‘ydik. Buvimning juda shirin sumalak pishirishlarini hamma biladi. Bu yil ham buvim sumalak pishirdilar. Buvimga qo‘shni ayollar yordam berdilar. Biz o‘tin, suv tashib keldik. Mahallarniz qariyalariga akam choy damlab berdilar. Kamay-surnaylar chalindi. Nodir bilan Shahzoda raqsga tushdilar. Biz kattalarga yordam- lashib bo‘lgach, varrak uchirdik. Mening varragim eng balandda uchdi. Unga hamma o‘rtoqlarimning havasi keldi. Buvim sumalak pishgach qo‘shnilarga tarqatdilar. Biz hammamiz mazza qilib sumalak yedik. (So‘ngra 5-6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi va baholanadi). Tetiklashtiruvchi mashq: So‘z va harakatni uyg‘unlashtiruvchi mashqlar: «Chuchvara» Yakshanba kun ertalab, Chuchvara qilmoqchiydik. Tog‘oraga un solib, Ketidan suvni quydik. Tuxum chaqib xamirga, Yaxshilab mushtlab oldik. Koptokcha qilib uni, o’qlovda yoyib oldik. Go‘shtni qiyma qilarniz, Unga piyoz qo‘shamiz. Xamimi kes-b olib, Qiyma qo‘yib tugamiz. Tuzli suvni qaynatib, Chuchvaran; solarniz. Do‘stlar kelgach biz uni, Dasturxonga tortamiz. Barcha do‘stlar kelishdi, Chuchvarani yeyishdi. Bizga rahmat deyishib, Uylariga ketishdi Bolalarning bilgan tez aytishlarini takrorlash bilan mashg‘ulotni tugatish mumkin. Tez aytishni avval sekin sur’atda, keyin tez sur’atda aytadilar: Uy yasatasizmi, osh oshatasizmi? Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:.
• Navro‘z bayrami qachon nishonlanadi?
• Navro‘z bayramini odamlar qanday nishonlaydilar?
• Qanday navro‘z urf-odatlarini bilasiz?
Qayta hikoya qilishni o‘rgatish metodikasi qayta hikoya qilib berish va hikoya to‘qish monologga o‘qitish metodi hisoblanadi. Bolalar monologik matnlarni qayta hikoya qilib beradilar, real va xayoliy voqealar haqida hikoya qiladilar, hikoyalar to‘qiydilar. Monologik nutqni o‘qitish metodini o‘zlashtirib olish pedagog uchun quyidagilarni anglatadi: bolalarni tinglashni o‘rganish; hikoya qilish va qayta hikoya qilish, shuningdek, hikoya to‘qishda bolalarga yordamlashishni o‘rganish. Qayta hikoya qilish - eshitilgan badiiy asami ravon, ifodali aytib berish. Qayta hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki bola tayyor mazmunni qayta aytib beradi, bunda u muallifhing tayyor nutqiy shakllaridan (lug‘at, so‘z iboralari, tuzilish), uni o‘qiyotgan tarbiyachining nutq ifodaliligi usul laridan foydalanadi. Ammo bu mexanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungani holda erkin va emotsional aytib berishdir. Qayta hikoya qilib berishni o‘rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida ksta-sekin qiyinlashtirilib boriladi - yaxshi tanish ertaklar, hikoyalari aytib berish, yangi o‘qib chiqilgan asarlarni aytib berish, hikoyachi shaxsini o‘zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib berish, tarbiyachi rejasi asosida aytib berish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan reja asosida aytib berish, o‘xshashlik asosida (analogiya bo‘yicha) aytib berish (qah- ramonni, mavsumni o'zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib berish (o‘yinchoqlar siluetlar), bolalar tanlovi bo‘yicha aytib berish.
Qayta hikoya qilish — hikoya qilishning birinchi turi hisoblanadi. Qayta hikoya qilish tinglangan badiiy asarlarni m a'noli og‘zaki nutqda takroriy aytishdir. Qayta hikoya qilish bolalar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so‘zlami tanlashga o ‘rgatadi, jonli so‘zni cgallashga yordam bcradi, asarni tinglay bilish, uning mazmunini tushunish ko'nikmasini o‘stiradi, ularni bayon qilishdagi izchillikni, muallifning ifoda usulini eslab qolishga, asarni tushunib, jamoa oldida og'zaki aytib bera olish malakasini shakllantiradi.
Qayta hikoya qilishga o’rgatish samarali bo’lishi uchun, eng avvalo, qayta hikoya qilish uchun matnlarni to’g’ri tanlash lozim. Har bir asar bolalarda jamiyatimiz uchun zarur bo’lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak.
Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak: yuqori badiiy qimmatga, g’oyaviy -mantiqiy yo‘nalishga ega bo’lishi, jo’shqinligi, fikrning yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-ketliligi, mazmunining qiziqarliligi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning bola yoshiga mos kclishini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu talablarga xalq ertaklari, hajmi uncha katta bo'lmagan hikoyalar misol bo’la olishi mumkin. Shuningdek, dasturda bolalarning qayta hikoyalariga bir qancha talablar qo’yilgan:

  1. Ma’nosiga tushungan holda, ya’ni matnni to’liq tushunib hikoya qilish;

  2. Asarni to’liq bayon etish, ya’ni asardagi muhim joylarini tashlab ketmasdan bayon etish;

  3. izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish;

  4. muallif matnidagi lug‘atlardan va iboralardan foydalanish, ayrim so‘zlarni ularning sinonimlari bilan almashtirish;

  5. to‘g‘ri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalarning bo'lmasligi;

  6. og‘zaki nutq madaniyatiga e'tibor berish: qayta hikoya qilayotganda gavdani to’g‘ri tutish, tinch turish, tinglovchilarga murojaat qilish, nutqning intonatsion ma’nodorligidan (ifodaliligidan) foydalanish, yetarlicha baland ovozda tovushlarni aniq talaffuz etish.

Ushbu talablarning barchasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘liq bo'lib, bulardan birortasini ham e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Ma’lumki, qayta hikoya qilish monolog nutqni shakllantirishda eng birinchi bosqich hisoblanadi. Shuning uchun har bir bola qayta hikoya qilishni yaxshi egallab olishi shart. Buning uchun har xil usullardan foydalaniladi. Bular quyidagilar:
1. Tarbiyachining bola bilan birga qayta hikoya qilishi. Tarbiyachi bu usuldan qayta hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida, ayniqsa, hikoya qilib bera olmaydigan bolalar bilan ishlashda keng foydalanishi kerak. Qayta hikoya qilish jarayonida tarbiyachi bolalarga sezdirmagan holda gavdasini to‘g‘rilashi, imo-ishora, ko‘z qarashi bilan dalda bcrishi mumkin, mashg‘ulotning oxirida esa, albatta, bolani maqtash kerak: „Yasha, endi boshqa bolalarga hikoya qilish yengil bo’ladi. Faqat keyingi safar balandroq ovozda hikoya qilgin—.
2. Qayta hikoyani takrorlash. Bu usuldan ko'proq o‘rta va katta guruhlarda foydalaniladi. Bu bola uchun ancha murakkab bo’lgan usuldir, chunki u tarbiyachining hikoyasiga alohida luqma tashlash (gap qistirish) bilan birga, to'liq jum lalarni ham takrorlashiga to‘g'ri keladi.
3. So’z va jumlalarni aytib turish. Bu usul qayta hikoya qilishning ravonligini, izchilligini ta’minlaydi, uzoq pauza qilishga y o l qo'ymaydi. Bu usuldan ko‘proq bola asar matnining ayrim joylarini esdan chiqarganda foydalaniladi. Agar bola juda yaxshi hikoya qilsa-yu, biroq nutq sur'ati juda sekin bo‘lsa, tarbiyachi pauza vaqtida sabr-toqat bilan hikoyaning davomini kuzatishi: bolaning gavda holatiga c'tibor bilan qarashi, dalda berishi orqali bola diqqatini to ‘plashi kerak.Agar bola hikoya qilayotgan vaqtda tebranib (chayqalib) tursa, boshini egsa, qo’li bilan ortiqcha harakatlarni qilsa, uning hikoyasini bo‘lib tanbeh berish yaramaydi, balki bunday hollarda imo-ishora, ko‘z q arashi bilan lining xatosini, kamchiligini tuzatishi, hikoya qilib bergandan keyin esa hammaga eshitilarli qilib: „Hikoya qilayotganingda tinch turishing. boshingni pastga egmasdan, o‘rtoqlaringga qarab turishing kerak. Axir ular sening hikoyangni tinglashadi-ku“ , deb aytishi kerak. Tarbiyachi bolaning bu nuqsonlarini kundalikka belgilab qo’ysa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki keyingi qayta hikoya qilib berish mashg‘ulotidan oldin yana bir marta bolani ogohlantirishda bundan foydalanadi. Tarbiyachi aytib turish orqali, bolani qayta hikoya qilayotganida yo‘l qo’ygan grammatik xatolarni to'g'rilaydi. Bu usul qayta hikoya qilishga o ‘rgatishning keyingi bosqichlarida ham qollaniladi.
4. Savollar berish. Bu usul keng tarqalgan bo’lib, u muqaddima (kirish ) suhbatida va mashg‘ulot jarayonida qo’llaniladi. Qayta hikoya qilish mashg‘ulotida foydalaniladigan savollarni shartli ravishda ishlatilishiga va maqsadiga qarab bir qancha turkumga ajratish mumkin. Hikoya qilolmaydigan bolalarga qayta hikoya qilishni boshlagunga qadar yordamchi savollar berish mum in, bu hikoyani boshlashga yordam beradi, masalan: „Sen nima haqida hikoya qilasan, ola quyon to ‘g ‘risidami? Mayli, kel boshlaymiz. Kunlardan bir kuni jikkakkina ola quyon sheriklariga...“ . Yoki: „Turna Tulkini o ‘zi bilan olib, osmonga ko‘tarilibdi va unga nima debdi? Yerni k o ‘ryapsanmi? M a n a shu T u rnan in g aytgan gaplarini, Tulkining esa javobini aytib bering... Ha, mushtumday... “ Bu yog’ini o'zing davom ettir. Bola qayta hikoya qilib bergandan keyin, albatta, savol berishdan foydalanish mumkin. Bu asar mazmunini bola qay darajada tushunganini aniqlashga yordam beradi, matnni qayta hikoya qilayotgan vaqtda tashlab ketilgan joylarini tiklashga yordam beradi. Ayrim hollarda qayta hikoya qilishdan keyin qahramonlarning fe’I-atvori yoki ularning ifodali nutqi haqida savol berish mumkin. Qayta hikoya qilish o‘rtasida uncha katta bo'lmagan mashqlar o‘tkazish yoki ko‘rsatma berishdan foydalanish mumkin. Shuningdek, asar matnining ayrim joylarini yana bir marta takrorlash usulini qo’llash mumkin.
5. Rag‘batlantirish. Qayta hikoya qilish jarayonida tarbiyachi bolani jilmayish, boshini qimirlatish (tasdiqlash), qisqa so ‘z aytish („Yasha“, „Barakalla“) bilan rag'batlantiradi. Qayta hikoya qilib bergandan so ‘ng bolani maqtaydi. Bunda qayta hikoya qilishning biror ijobiy sifatini ta’kidlab o‘tadi.
6. Qismlar bo’yicha qayta hikoya qilish. Bu usul bolalar idrokining qimmatini yo'qotmaydi, chunki qayta hikoya qilish uchun bolalarga mazmuni tanish bo’lgan asar tanlanadi. Qismlar bo‘yicha qayta hikoya qilish usulidan foydalanib, mashg‘ulotni tashkil etish jarayoni bolalardan kun davomida so'rash imkonini yaratib beradi.
7. Rollarga bo'lib qayta hikoya qilish. Bu usul nutqning ma'nodorligini (ifodaliligini) shakllantirishga yordam beradi. Tarbiyachi tom onidan ishtirok etuvchi shaxslar haraktcrining izohlanishi bolalar nutqining oydinlashishiga, diqqatining faollashishiga katta ta'sir ctadi. Rollarga bo’lib qayta hikoya qilish o‘rta guruhdan boshlab qo’llaniladi. Bu usuldan m ashg‘ulotning oxirida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
8. O'yin usuli (dramalashtirilgan o’yin). Bu usulda personajlarning (ishtirok etuvchilarning) luqma tashlashlari harakatlar bilan boshqariladi: bolalar imo-ishoradan, hayvonlarning ovozlariga taqlid qilishdan va boshqalardan keng foydalanadilar, biroq o‘yin uchun hech qanday niqoblar, dekoratsiyalar talab etilmaydi. Tarbiyachi avval o’zi muallif nomidan gapiradi, so‘ngra bola gapiradi. Dastlab rolni ijro etish uchun nutqi bo‘sh rivojlangan bolalar chiqariladi. Dramalashtirilgan o’yin 5 daqiqa davom etadi. Turli yosh guruhlarida qayta hikoya qilib berishga o’rgatish mashg‘ulotining tuzilishi (o’tkazish uslubiyoti) har xil boladi. Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn bolalar uchun tushunarli bolishi kerak. Qayta hikoya qilish mashg‘ulotlari har bir yosh guruhining shaxsiy xususiyatlarini, ularning qayta hikoya qilish qobiliyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Bu yoshdagi bolalarni qayta hikoya qilishga o ‘rgatish ularga tanish bo’lgan ertaklarni („Bo‘g‘irsoq” „Sholg‘om“ , ,,Bo‘ri bilan echki“ , „Och ko’z it“) takrorlashdan boshlanadi. Tarbiyachi kichkintoy bolalarni qayta hikoya qilishga o ‘rgatishda quyidagi usuldan foydalanadi. Bolalar tarbiyachining takroriy hikoyasidagi bitta-ikkita so'zni yoki to'liq gapni takrorlaydilar:

  • Chol bilan kampir...

  • Yashashar ekan.

  • Bir kuni chol...

  • Sholg‘oni ekibdi.

So’ngra bolalar sekin-asta savollar yordamida qayta hikoya qilishga o‘rgana boshlaydilar. Savollar voqealar ketma-ketligini belgilashga, ishtirok etuvchilarning nomini aytishga qaratilgan bo’ladi:


Bo‘g‘irsoq kimni uchratdi?
Quyonni.
Agar boia ertakning boshlanishini yaxshi eslab qolgan bo’lsa, u holda uni mustaqil hikoya qilib bera oladi. So'ngra qayta hikoya qilish jarayonida bola qiynalsa, tarbiyachi yordamlashadi, ya'ni matnni esiga tushirishdan foydalaniladi, bu ertak mazmunini oson takrorlashga yordam beradi.Qisqa xalq ertaklarini qayta hikoya qilishdan so‘ng kichik hajmdagi hikoyalarni qayta hikoya qilishga o‘tishi mumkin (Mirmuhsin. „Olxo'ri“ , „Tosh“). Mashg‘ulotda asarga ishlangan illustratsiyalar ko’rsatiladi. Ko'rsatish savollar, ko’rsatmalar berish bilan birga qo'shib olib boriladi. Illustratsiyalarni asarni o‘qib berishdan avval yoki o‘qib bergandan keyin ko‘rsatgan ma'qul. Tarbiyachi shunday deydi: „Hozir men sizlarga rasmlami ko‘rsataman, so’ngra hikoya o’qib beraman“ yoki „Hozir hikoyani o‘qib beraman , so‘ng rasmlarni ko’rsataman“.
O‘rta guruhda bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda ancha murakkab bo’lgan vazifalar hal etiladi: bolalarni kichik hajmli va tanish bo’lgan ertak va hikoyalarni hikoya qilib berishga o'rgatib qolmasdan, balki asar qahramonlarining gaplarini ifodali qilib bayon etishga, boshqa bolalarning qayta hikoya qilishlarini diqqat bilan tinglashga va matnga taalluqli bo‘lmagan jumlalarni topishga o‘rgatadi. Ushbu guruhda bolalar butun yil davomida 8— 10 ta adabiy matnni (o'zbek ertaklaridan „Tulki bilan Turna “, „Maqtanchoq quyon“ , „Fil va xo’roz“ , „ lkki o ‘rtoq“, A.Oripovning „Bobo va nabira“ she’rining mazmunini qayta hikoya qiladilar.
O'rta guruh bolalariga qayta hikoya qilishlari uchun tavsiya etilgan asarlar mavzusi, mazmuni va shakli jihatdan katta farq qiladi. Shuning uchun olrta guruh bolalarini qayta hikoya qilishga o'rgatishdagi muhim vazifa — bu ularga asarning mantiqiy bog'lanishini, uning mazmunini tushunib olishga yordam berishdir. Bunga asarni dastlabki o lqishdan sokng o‘tkaziladigan suhbat orqali erishish mumkin. Bunday suhbatda tarbiyachining savollari asosiy metodik usul bo'lib hisoblanadi.
Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin:

  1. asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi;

  2. voqeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi.

Shuningdek, asar o'q ib berilgandan keyingi suhbat bola nutqidagi lug’at boyligini aniqlash va faollashtirish, qahramonlarning ovozlarini ifodali bayon etishga ta ’sir etish kabilarni amalga oshirishga yordam beradi. Adabiy matn o’qib berilgandan so‘ng, bolalar asar mazmunini tushunib olganlarini aniqlash maqsadida matn yuzasidan qisqa suhbat o‘tkaziladi.Tarbiyachi bolalarga shunday savollar beradi: „Ertak nima haqida ekan? Bu ertakdagi quyon qanday? (qo'rqoq, yolg'onchi, tarbiya ko‘rmagan.) Quyon sheriklariga nima deb maqtanibdi va u bilan qanday voqea ro‘y beribdi? Agar siz maqtanchoq quyonchani uchratib qolsangiz, unga nima degan bo’lar edingiz? (Uyalmaysanmi, maqtanchoqlik qilishga. Yolg‘onchi, qo’qoq sanku. Bundaylarni biz o’zimizga sherik, o’rtoq qilib olmaymiz, u bilan birga o‘ynamaymiz.) Asar matni yuzasidan suhbat o’kazilgach, u ikkinchi marta o’qib yoki hikoya qilib beriladi va bolalar tomonid an qayta hikoya qildiriladi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: „Endi diqqat bilan tinglanglar. Hozir men bu ertakni yana bir marta o‘qib (hikoya qilib) beraman. So‘ngra sizlar menga qayta hikoya qilib berasizlar“. O‘rta guruhda tarbiyachi va bolaning birgalikda (hamkorlikda) qayta hikoya qilishlaridan keng foydalaniladi. Bola qayta hikoya qilayotganda tarbiyachi jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan chiqargan so'zlarni aytib turadi. Bu qayta hikoya qilislining ravonligini ta'minlaydi, jumlalar uzilib qolishining oldini oladi. Sekin-astalik bilan bolaning qayta hikoya qilishiga talab orta boradi. Endi tarbiyachi boladan hikoyaning to ‘liq bo'lishini („Sen nima haqida hikoya qilib berishni esingdan chiqarding?“), asarni qayta hikoya qilib berayotganda bola diqqatini asardagi personajlarning so‘zlarini ifodali qilib aytib berishga jalb qilish kerak. Masalan: „Tulki xo'rozdan derazadan qarashini qanday so ‘raydi?“ — „Samimiy, ayyorona— ; „Maqtanchoq quyon o’rtoqlariga nima deb maqtandi?“ — „Ve-e. Yem bo‘lib bo‘pman. Boshiga chiqib bir tepdim, til tortmay o'lib qoldi“ — (Maqtanib, gerdayib.) Ushbu guruhda savollar bo‘yicha qayta hikoya qilishdan ham foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda bolalar asar mazm unini o ‘z so‘zlari bilan bayon etadilar. Bunday holda bola tomonidan tanlangan so'zlarni muallifning fikrini aniq va to‘g’ri ifodalashini nazorat qilib borishi kerak. Bolalarning qayta hikoya qilishlarini baholash muhim uslubiy (metodik) usullardan hisoblanadi. 0 ‘rta guruhda bolalarning hikoyasini tarbiyachi baholaydi. Bolalarning qayta hikoya qilishini baholashd a unin g yaxshi tomonlarini va kamchiliklarini, harakatchanligini aytib, qisqa tahlil qilish lozim. Bu bilan quyidagi dastur vazifasini bajarish zarur: bolalarda qayta hikoya qilishda matnga to‘g‘ri kelmaydigan joylami seza olish qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi bolalarni qayta hikoya qilishga o ‘rgatish orqali ularning nutq faolugini, mustaqilligini rivojlantirishga ta'sir ctadi. Katta guruhlarda adabiy asarlarni qayta hikoya qilishga o’rgatishda yangi vazifalarni ha! etish nazarda tutiladi: tarbiyachining yordamchi savollarisiz ertak va hikoyalarning mazmunini bir-biriga bog’lab, izchillik bilan, ifoda vositalaridan foydalanib, grammatik tomondan to‘g ‘ri bayon eta olishga o ‘rgatish. Endi bu guruhda ancha murakkab, hajmi kattaroq bo‘lgan asarlarni qayta hikoya qilish taklif etiladi. (Bu guruhlarda qayta hikoya qilish uchun tavsiya etilgan asarlar ro'yxati „Badiiy terma kitob“da ko'rsatilgan. Tuzuvchilar: S. G'oziyeva, D. Ochilova, L. Dolimova. T., ,,0 ‘qituvchi“ , 1993.)
Masalan:. ,,Bo‘ri bilan tulki“ (o'zbek xalq ertagi), „Chumchuq “ (o'zbek xalq ertagi), Gulxaniyning „Toshbaqa bilanchayon" masali, „Zumrad va Q im m at“ (o ‘zbek xalq ertagi ) va hokazolar.
Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish m ashg‘ulotida tarbiyachi o‘z oldiga bolalarning boglanishli nutqini rivojlantirish. matn mazmunini bir-biriga bog'lab, kctma-ketlik bilan, nutqning ifodali vositalaridan foydalanib, aniq, grammatik jih atd an to ‘g‘ri bayon etishga o‘rgatish vazifasini q o ‘yadi. Qayta hikoya qilib berishga o‘rgatish m ashg‘u!otini o‘tkazish uslubiyoti (metodi) ushbu guruh bolalari bog’lanishli nutqining rivojlanganlik darajasiga, tarbiyachining o 'z oldiga q o ‘ygan vazifasiga, shuningdek, qayta hikoya qilib berish uchun tavsiya etilgan adabiy asar matniga bog‘liq bo'iadi.
Qayta hikoya qilib berish mashg'uloti ushbu qismlardan iborat bo'lishi mumkin:

Kirish suhbati. Bu suhbat asar mazmunini idrok qilishga, bolalarning tasavvurlarini aniqlashga, kerakli emotsional holatni vujudga keltirishga va hokazolarga qaratilgandir.


Badiiy asarni o’qib berish. Asarni dastlabki o'qib berishda bolalarga uning mazmunini esda saqlab qolish kerakligini, so‘ng uni qayta hikoya qilib berish lozimligini ta’kidlamaslik kerak, aks holda, badiiy asarning g‘oyaviy tomonini idrok eta olmasligi mumkin. Asar matnini m a ’noli qilib, ishtirok etuvchilarning dialogini intonatsiya bilan ajratib o’qib berish (yoki hikoya qilib berish) juda muhimdir. Shunday qilinganda bolalarga asardagi qahramonlarga va voqealarga o ‘z munosabatlarini bildirishga yordam bergan bo’lamiz.
O’qib berilgan asarning mazmuni va shakli yuzasidan suhbat. O‘qib berilgan yoki hikoya qilib berilgan asar mazmuni yuzasidan beriladigan savollar old^ndan yaxshilab o’ylab qo’yilgan bo’lishi kerak. Mashg'ulotning bu qismi uncha uzoq bo’lmasligi, bolalarga 4 — 5 savol berish bilan kifoyalanish lozim.
Adabiy asar matnini ikkinchi marta o'qib berish (yoki hikoya qilib berish). O'qib berishdan avval tarbiyachi bolalarga asarni diqq at bilan tinglashni, uning mazmunini esda olib qolishni, keyin qayta hikoya qilib berishlarini ta’kidlaydi.
Bolalar tomonidan asarni qayta hikoya qilib berish. Misol tariqasida o‘zbek xalq ertaklaridan „Uch tulki“ ertagini qayta hikoya qilish mashg'ulotini keltiramiz.
Tarbiyachi ertakni o’qib berishdan (yoki hikoya qilib berishdan) avval bolalarga quyon, qo‘ng‘iroq, eshak va uning bolasi xo‘tikning, tulkining (ona tulki, ota tulki, bola tulki) rasmlarini ko‘rsatadi va bolalardan ularning nomini so'raydi. Tarbiyachi bolalardan tulki qanday hayvon ekanligini, eshak, uning bolasi x o ‘tik, quyon qanday hayvon ekanligini so’rab oladi. So‘ngra tarbiyachi bolalarga mana shu hayvonlar, „Uch tulki“ ertagida uchrashini aytadi va bolalarga bu ertakni hikoya qilib beradi (yoki o ‘qib beradi). Shundan so‘ng asar mazmuni yuzasidan savollar beradi: „Hozir men sizlarga qaysi ertakni hikoya qilib berdim? Bu ertak qaysi hiylagar hayvon haqida yozilgan? Ertakdagi tulkilar qanday? Rahmdilmi yoki hiylagarmi? Ular qanday qilib quyonni aldashdi? Ertak oxirida tulkining bolasi Qashqani (quyonni) qanday qilib aldaganini kim eslab qoldi? Tarbiyachi bolalarga savollarga hammalari to ‘g'ri va aniq javob bcrganlarini, asar mazmuniga yaxshi tushunib olganlarini aytib, „Hozir men bu ertakni yana bir marta hikoya qilib beraman, sizlar esa uni diqqat bilan tinglanglar, keyin uni menga qayta hikoya qilib berasizlar, — deydi. Asarni ikkinchi marta hikoya qilib bergach, 5 — 6 bolani ertakni qayta hikoya qilib berishga chiqaradi. Har bir bolaning qayta hikoya qilib bcrishlari baholanadi. Masalan: „Behzod ertakni juda qiziqarli, ifodali qilib aytib berdi, ammo uning hikoyasi to‘liq bo’lmadi. U ona tulki quyonni qanday aldaganini hikoya qilib bermadi“. Katta guruh bolalarini qayta hikoya qilishga o’rgatishda turli usullardan foydalaniladi:
tarbiyachi tomonidan tuzilgan reja asosida qayta hikoya qilish;
bolalarga tanish bo'lgan ikkita-uchta asarlardan birini o‘z xohish-istaklari bilan qayta hikoya qilish;
asarni sahnalashtirib, qayta hikoya qilish.
Katta guruh bolalari o‘rtoqlarining hikoyalarini baholashga jalb etiladi. Bunday muhokamani uyushtirish metodik jihatdan juda murakkab bo’lib, u tarbiyachidan katta mahoratn i, har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini bilishni talab etadi. Yana bu ishning murakkabligi s hundan iboratki, bolalar hamma hikoyalarni eslarida saqlashlari lozim bo'ladi, shuning uchun bolalarning hikoyasini yozib borgani ma'qul, so‘ngra ularning ba’zilarini muhokamadan avval o ‘qib berishi kerak. Muhokamani tashkil etish bolalarni qayta hikoya qilishdagi yaxshi va yomon tomonlarni seza olishga, o'rtoqlariga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bolishni tarbiyalashga yordam beradi.


Хulosa
Bolaga hikoyalar, ertaklar aytib berish, ularni mustaqil tarzda, turli ertak qahramonlari, rasmlarga qarab tuzishga o’rgatish, tasavvurida shakllantirish, hikoyalarni qayta hikoya qilish bolani har doim buyumlar, hodisalar orasida bo’lishiga, doimo biror narsa bilan tanishishga, nimanidir bilib olishga, ushlab ko’rishga, nimagadir quloq solishiga, shu tarzda dunyoni anglashiga yordam beradi. Tevarak-atrof buyum va narsalar bolalarining sezgi organlariga, analizatorlarga ta’sir etadi va sezgi hosil bo’ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga yordam beradi. Bolada aqliy malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, eng oddiy faoliyat usullari narsalarini tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo’lmagan belgilarni ajratib ko’rsatish boshqa narsalar bilan taqqoslash maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biri ekanligini anglatadi.
Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo’lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo’lishiga zaruriyat seziladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali bobolarimiz ibratini o’zlariga singdirib oladilar. Bobolarimiz qanchalar xalq, manfaatini ko’zlab tutishganliklari, ularga o’xshash inson bo’lishga harakat qilishlari kerakligini anglab yetadilar.Maktabgacha ta’lim muassasalari xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo’nalishini joriy qilishni taqozo qiladi. Milliy urf odatlar, g’urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik urf odatsi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o’z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo’lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo’lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o’z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o’zining ona tili, madaniyati, milliy urf-odatlari, an’analarini mukammal bilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo’lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo’ladi.



Download 63,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish