BOLALARGA MO’LJAL OLISHNI O’RGATISHI
Insonning fazoda mo’ljal olish tushunchasi keng va ko’p
qirrali so’z hisoblanadi. Fazoni farqlash va fazoni idrok etish,
fazoviy tasavvurlar va har hil fazoviy munosabatlarni, masalan,
ob’ektlarning shakli , o’lchami , fazoviy yo’nalishlari, fazoda
joylashgan o’rni, hajmi, bo’yi, eni, balandliklari kabi masofalarining
hammasi har hil kategoriyalardir. Ularni idrok qilish va ular
haqidagi tasavvurlar fazoviy idrok-tasavvur qilishdir.
Professor B.S.Sverdlovning tavsifi bo’yicha, fazoda mo’ljal
olish “fazoviy idrok va tasavvurlarning amaliy ifodasi” dir. Fazoda
mo’ljal olish bevosita fazoni idrok qilish va aytib o’tilgan
kategoriyalarni bilish asosida amalga oshadi. Bunda diqqat, xotira
va tafakkurning qatnashishi majburiydir. Shuning uchun ham
“fazoda mo’ljal olish” tushunchasi mazmunini ba’zi olimlar u
tevarak - atrofdagi narsa va buyumlarning holati, o’zaro masofalari,
kattaliklari, shakllari, o’zaro joylashuvlari va ularning mo’ljal
olinayotgan jismga nisbatan vaziyatlarini o’z ichiga oladi.
Bola “o’ziga “ va “o’zidan” ga nisbatan mo’jal olishda
dastlab o’ng va chapni farqllashi kerak bo’adi . Shuning
uchun ham bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rganishi kerak
bo’ladi. Bolalar bizning ovqat yeydigan qo’limiz deyishimiz yoki
o’ng qo’limiz bilan rasm chizamiz deb o’rgatamiz.
Biz bolalarga mo’ljal olishni o’rgatishda dastavval ularning
“oziga” nisbatan mo’ljal olishni o’rgatishimiz kerak bo’ladi.
Bolalarning “o’ziga” nisbatan mo’jal olishida bola o’ziga nisbatan
uni o’rab turgan narsa va buyumlar o’ng yoki chap, yuqorida
bo’ishi yoki oldi yoki orqa tomonida bo’ishini bilishi kerak.
Bunda biz quyidagi rasm orqali o’rgatishimiz mumkin
Bu rasm orqali bolalarning “o’ziga” va predmetlarga nisbatan
mo’ljal olishga o’rgatish mumkin.
Bolaga fazo, odamlar, narsa va buyumlarga nisbatan
mo’ljal olishga o’rgatiladi. Bunda bolaning fazoda mo’ljal
olishida “o’ziga” nisbatan har xil paramatrlarni jumladan,
“oldida”, “orqasida” kabi tushunchalar beriladi. Tarbiyachi bolaga
Maktab bolaning qaysi tomonida “ deb sacol berishi kerak.
Tarbiyachi bolalarga turli xil yo’llar bilan tushuntirishi
mumkin bo’adi . Masalan, “bolaning oldida sariq bino bor “
yoki “binoning oldida turgan bola” deb aytishi mumkin .
Keyinchalik esa bolalarga “o’ng” yoki “chap” tomoni kabi
parametrlar ham o’rgatilib boriladi. Bunda tarbiyachi bolaning
tomonida supermarket, chap yon tarafining orqasida esa maktab bor
deb aytish mumkin/
Bolaga tushuntirish jarayonida tarbiyachi tomonidan turli xil
savollar berib, ularning bilimini mustahkamlab boradi. “Maktab
bolaning chap tomonida joylashgan , supermarket esa orqa
tomonida joylashgan” deb tushuntirishi mumkin
Keyinchalik bolalarga boshqa odamlar yoki predmetlarga
va qarama- qarshi tomonga nisbatan mo’ljal olish o’rgatiladi.
Tarbiyachi “bolaning qarama-qarshi tomomida supermarket bor”
deyishi “ bolaning qarama-qarsgi tomonida nima joylashgan” deb
bolalarning o’ziga murojaat qilishi mumkin.
Kichik yoshdan boshlab bolalarga mo’ljal olishga o’rgatish
muhim ahamiyatga ega. Chunki bolalarning harakatlanishida
(arientr) olishida , ularning psixologik jihatdan rivojlanishi ya’ni
idrok qilish , xotira , xayol va tasavvurning kengayishida
asosiy omil hisoblanadi. Bundan tashqari bolalarda mantiqiy
tafakkurning ham kengayishida muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Tarbiyachi bolalarga bu jarayonlarni tushuntirish jarayonida
bolalarga turli xil savollar berib borishi ham ularda bu
bilim va ko’nikmalarning shakllanib borishiga yordam beradi.