Bolalarda xalq o’yinlari orqali jismoniy barkamolikni tarbiyalash


Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o’yinlar tasnifi va ularni



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana16.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#373094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bolalarda xalq oyinlari orqali jismoniy barkamolikni tarbiyalash tayyori nigor

2.2Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o’yinlar tasnifi va ularni 

o’rgatish yo`llari 

Xalq milliy o’yinlarini o’rgatish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar xalqona 

an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya ko’radi, o’rgangan narsalarini puxta eslab 

qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) 

ning,  Shuningdek,  fikirlash  faoliyatlari  (kuzatish,  taqqoslash,  tahlil  qilish, 

sintezlash,  umumlashtirish  va  hakozolar)  ning,  barchasi  rivojlana  boshlaydi.

 

Milliy o’yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish 



layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga 

bolalar  o’zlaridagi  ishchanlik,  mustaqillik,  ziyraklik,  topqirlik,  hozirjavoblik  kabi 

ezgu  fazilatlari  tufayli  erishadilar.  Bolalarda  ijobiy  hissiyotlarni,  odamlar  bilan 



25 

 

samimiy va quvnoq munosabatda bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash, Shuningdek, yuz 



bergan  salbiy  ruhiy  holatlarni  tez  bartaraf  qila  olish  layoqatini  rivojlantirish 

nihoyatda muhim ahamiyatga ega.Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi 

barcha  a’zolarga  foydali  ta’sir  ko’rsatishida,  harakat  malakalarining  jadal  va 

mustahkam  shakllanishini  ta’minlashida  ko’rinadi.Milliy  xalq  o’yinlariga 

asoslangan  jismoniy  madaniyat  estetik  tarbiyani  amalga  oshirishga  ijobiy  ta’sir 

ko’rsatadi. Xalq o’yinlarini bajarish jarayonida estetik zavqni idrok qilish va o’ziga 

singdirishni,  go’zallik,  nafosat,  ma’nodorlik, qad-qomat,  liboslar  bejirimligi,  o’z 

atrofidagi barcha narsalarni tuShunish, to’g’ri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga 

va  o’z  xulq-atvoriga  gard  yuqtirmaslikka  bo’lgan  moillikni,  qilayotgan  ishi, 

aytayotgan  gapi  va  barcha  hatti-harakatida  qo’rslik,  dag’allikka  aslo  yo’l 

qo’yilmaslikni rivojlantirish lozim bo’ladi.  O’zbek 

milliy 


xalq 

harakatli 

o’yinlarining  bolalarning  ruhiy  jihatdan  kamol  toptirishda  ahamiyati  ulkan. 

Umuman,  o’yinlarning  ahamiyati  haqida  ko’pchilik  ruhshunoslar  va  pedagoklar 

qimmatli fikrlarni aytib  ta’kidlab  o’tishgani ma’lum (15,16,17,21,46,67,68,69,70). 

Eng  sodda  ruhiy  jarayonda  eng  murakkab  ruhiy  jarayongacha  hammasining  eng 

muhim  jihatlarini  shakllantirishda  o’yinlar  katta  rol  o’ynashini  jahon  psixologlari 

ham 


turli 

davrlarda 

turlicha 

yo’llar 


bilan 

isbotlab 

berishgan 

(15,16,17,21,46,67,68,69,70).O’yinlar  bolalar  uchun  voqe’likni  aks  ettirish 

vositasidir.  Bu  voqe’lik  bolani  qurshab  turgan  voqe’likdan  ancha  qiziqarlidir. 

O’yinning  qiziqarliligi,  uni  anglab  yetishning  osonligidadir.  Kattalar  hayotida 

faoliyat,  xizmat,  yumush  qanday  ahamiyatga  ega  bo’lsa,  bolalar  hayotida  ham 

o’yin  xuddi  Shunday  ulkan  ahamiyat  kasb  etishi  mumkin.    O’yin  mazmunining 

rivojlanishi  bolaning  kattalar  hayoti  va  faoliyatining  mohiyatiga  chuqurroq  kirib 

borishida,  atrofdagi  voqea-xodisalarga  mknosabatining  o’zgarishida,  Shuningdek, 

o’yin  mazmuni  ham  syujeti  shart-sharoit  va  jamiyat  a’zolari  turmushining  tobora 

to’g’ri  aks  ettirishida  ko’rinadi.  Shuning  uchun  bolalarda  o’yin  qobiliyatining 

o’sishi  o’z-o’zicha  yuzaga  kelmaydi,  balki  kattalarning,  tarbiyachilarning  ta’siri 

natijasi 

atrof 

muhit 


bilan 

tanishish, sayrlar 

uyushtirish, 

shaxslar 

aro 

munosabatlarning  mohiyatini  tuShuntirish  va  hokazolar  natijasida  amalga 




26 

 

oshadi.Katta  kishilar  hayoti  va  faoliyatining  o’rnini  bosuvchi  narsalar  ularni 



harakatini umulashgan holda ifodalashning moddiy tayanchi hisoblanadi. Shunday 

ekan,  o’yin  faoliyatida  bola  harakatini  rivojlanishi  o’yin  mazmuniga  ko’proq 

bog’liqdir.  CHunki  bolaning  hatti-harakati  qanchalik  ixcham  va  umulashgan 

bo’lsa,  ular  kattalarning  faoliyati  mazmunini  aks  ettirishda  Shunchalik 

yiroqlashadi.  Binobarin,  u  odamlarning  narsalarga  va  bir-birlariga  munosabatini 

amalda  bajarishaga  o’tadi  va  Shuning  uchun  narsalar  bilan  harakat  qilishda 

kattalarning munosabatlarini to’g’ri ifodalashga intiladi.  

 

Har 



qanday 

o’yinning  va  o’yin  faoliyatining  diqqat  markazida  bola  kattalarning  faoliyati  va 

o’zaro  munosabatini,  muomalasini  o’ziga  xos  tarzda  aks  ettirishi,  takrorlashi 

imkoniyati turadi. Shunga ko’ra o’yin ijtimoiy axamiyat kasb etib, bolada insoniyat 

tomonidan  asrlar  davomida  yaratilagan  qimmatli  bilimlar,  amaliy  ko’nikmalar, 

malakalar  va  odatlarni,  xalqning  ijodiy  boyliklarini  o’rganishga  imkoniyat 

yaratiladi,  oqibatda  uni  shaxslar  aro  muloqotlarning  mohiyatiga  olib  kiradi.O’yin 

faqat  bilish  jarayonlarini  takomillashtirib  qolmay,  bolaning  hulq-atvoriga  ham 

ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  ham,  maktabgacha 

yoshdagi  bolalaryoshdagi  bolalarda  ham,  yuqori  sinf  maktabgacha  yoshdagi 

bolalarida  ham  o’z  xulqini  boshqarish  ko’nikmalarini  o’yinlar  orqali  ham  tarkib 

toptirish  munkin.  CHunki  biror  maqsadga  yo’naltirilgan  mashg’ulotga  nisbatan 

milliy xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni oldinroq va osonroq egallash mumkin.  

 

  Ayniqsa,  bu  omil  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  yosh  davrining 



xususiyati  sifatida  o’zining  yorqin  ifodasini  topadi.  Katta  maktabgacha  yoshdagi 

bolalarda  o’z  xulqini  o’zi  boshqarish  ko’nikmasi  o’yin  faoliyatida  ham  boshqa 

sharoitlarda  ham  qariyb  baravarlashadi.  Ba’zan  ular  ayrim  vaziyatlarda,  masalan; 

musobaqa paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq ko’rsatkichga erishishlari ham 

mumkin. 

O’yin va o’yin faoliyati bolada o’z hulqini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish 

uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.Halq  o’yinlari  faoliyatida  mazkur  jismlar 

qandaydir  alomatlarni  aks  ettiruvi  sifatida  emas,  balki  ana  Shu  tayanch  narsalar 




27 

 

to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, Shuningdek, tayanch nuqtasi harakatining 



yaqqol narsalar bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o’yin harakatlarining 

takomillaShuvi  harakat  shakli,  xususiyati,  bosqichi,  u  kabilarni  qisqartirish  va 

umumlashtirish  xisobiga  amalga  oshiriladi.  O’yin  harakatlarining  qisqarishi  va 

umumlaShuvi  ularning  aqliy  ko’rinishidagi  mantiqan  izchil,  shaklga  o’tishning 

asosini tashkil 

qiladi.  

 

Yoshlarni  har  tomonlama  jismoniy  baquvvat  qilib  tarbiyalashga  imkon 



beradigan,  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  jismoniy  sifatlarini  rivojlantirishga 

qaratilgan  bu  muammoni  umumta’lim  maktab  maktabgacha  yoshdagi  bolalari 

jismoniy  madaniyatini  tashkiliy  va  pedagogik  jarayonlar  bilan  birga  bir-biriga 

bog’lab  kelgan  uzviylikda  ko’rib  chiqish  lozimligini  keltirib  chiqaradi,  bunda 

milliy  xalq  o’yinlarining  roli katta  ekanligini qayta-qayta  ta’kidlab  o’tmoqchimiz. 

Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga  o’tib kelayotgan  milliy o’yinlarini 

avaylab-asrab  keyingi  avlodga  yetkazish  yo’llarini  izlash,  ishlab  chiqish  va 

hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.Milliy xalq o’yinlarini xalqimzning bir 

necha  yillik  madaniy  boyliklari  haqidagi  tasavvurlarini  ma’lum  darajada 

kengaytiradi,  hozirgi  hayotga  singdirish  yo’llarini  boyitishga  yordam  beradi.

 

Milliy  harakatli  o’yinlar  jismoniy  tarbiyaning  eng  ta’sirchan  usullaridan 



bo’lib,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  aqliy,  ahloqiy  va  nafosat  tarbiyasini 

birgalikda  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishda  muhim  vositadir.  Shuning  uchun 

bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi 

jihatlariga  ham  e’tibor  berish  zarur.Maktabgacha  yoshdagi  bolalaryoshdagi  

jismoniy  madaniyatini  qiziqarli  va  foydali  o’tkazish  uchun  biz  tavsiya  etayotgan 

ba’zi milliy o’yinlardan foydalanishda ham xuddi Shu xususiyatlarga e’tibor berish 

kerak.Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  qadriyatlarga    muhabbat  uyg’otish,  xalq 

an’analarini  avaylab-asrashga  o’rgatish  ko’p  jihatdn  o’zbek  xalq  milliy 

o’yinlpridan unumli foydalanib bilishga bog’liq. CHunki milliy o’yinlar orqali bola 

bir  tomondan  jismoniy  bilimlarni  egallasa,  ikkinchi  tomondan,  jismoniy 

madaniyaga  qiziqtirish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.Maktabgacha  yoshdagi 

bolalarning  jismoniy  tayyorgarlik  va  jismoniy  rivojlanish  masalalari  ko’pgina 




28 

 

olimlar 



tomonidan 

o’rganilgan. 

(20,34,36,54,61,69,70) 

kabi 


olimlarning 

tadqiqotlarida  bolalarning  jismoniy  rivojlanishi  va  jismoniy  tayyorgarligi,  harakat 

faolligi 

sustligi 

aniqlangan.Xalq 

milliy 


o’yinlarining 

ijtimoiy-pedagogik 

xususiyatlarini  o’rganish  borasida  talay  ishlar  qilindi..  Bir  qancha  olimlar 

(20,34,36,54)  o’z  tadqiqotlarida  xalq  milliy  harakatli  o’yinlarida  foydalanish 

haqida  u  yoki  bu  darajada  fikr  yuritganlar.Bolalar  va  o’smirlarning  harakat 

faolligini  oshirishga  yordam  beradigan  omillar:  milliy  harakatli  o’yinlar,  milliy 

mashqlar elementlari, bellaShuvlar va sport turlari, jismoniy tarbiyaning an’anaviy 

vositalaridan foydalanish yo’llari ko’rsatilgan. 

 

 

 



 

 

Milliy  o’yinlar  bilan  shug’ullanish  jarayonida  mehnat  tarbiyasi  amalga 



oshiriladi.  Bolalarning  salomatligi  yaxshilanadi,  ularda  harakat  malakalari 

shakllanadi,  mehnat  faoliyati  uchun  zarur  bo’lgan  jismoniy  fazilatlar  rivojlanadi. 

Bolalarni  mehnatga  tayyorlashda  jismoniy  madaniyatning,  jumladan,  xalq  milliy 

o’yinlarining tutgan o’rnini ularga tuShuntirish va bu tuShunchani ularning ongida 

shakllantirish  g’oyat  muhim  ahamiyatga  ega.Maktabgacha  yoshdagi  bolalar 

jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan, milliy xalq o’yinlarini o’rganish 

va o’rgatish jarayonida ham uyg’un holda hal etiladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 


29 

 

Xulosa 



        Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  milliy  xalq  o’yinlaridan  foydalanishda,  ularni 

qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan 

mayda  harakatlarga  qaraganda  keng,  kuchli  harakatlarga  ancha  moyil  bo’ladilar. 

Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham 

o’z  vaqtida  ta’kidlagan  edi.Umuman  bu  yoshda  bolalar  juda  ham  harakatchanligi 

bilan ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga 

soluvchi yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi. 

 

 



Bolalarning  bu  yoshida  tormozlanish  va  qo’zg’alish  jarayonlarini 

muvozanatligini  yuzaga  keltirishda  kattalar  talabining  tizimliligi  va  o’zini  tuta 

bilishga  odatlantirish  katta  rol  o’ynaydi.Milliy  o’zbek  o’yinlarini  yoshlar,  ayniqsa 

maktab maktabgacha yoshdagi bolalari sevib, maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday 

o’yinlar  jismoniy  tarbiya  darslaridagina  emas,  balki  hovlilar  va  bog’,  parklarda 

dam  olish  soatlarida  o’ynaladi.  Muhim  sifatlarni  rivojlantirishga  mo’ljallangan 

umumiy  rivojlantiruvchi  va  maxsus  mashqlarga  doir  bayon  qilingan  material 

ko’proq  o’yin  tarzida  beriladi,  lekin  mashqlarni  tuShuntirish  va  faol  dam  olish 

uchun  qisqacha  pauzalar  bo’lgan  kichik  dozada  uzluksiz  bajariladi.  O’yin 

mashqlaridan keyin bo’shashtiradigan, ohista yuriladigan mashqlarni yoki diqqat-

e’tiborini o’stiradigan mashqlarni berish lozim.   

 

 



 

Xalqning 

sog’lig’ini 

mustahkamlash 

O’zbekistondagi 

jismoniy 

madaniyatning  asosiy  vazifasidan  biridir.  Istiklol  davrida,  ayniqsa,  sport  va 

jismoniy  tarbiyaga  e’tibor  kundan-kunga  kuchayib  bormoqda.  Jismoniy  tarbiya 

oldida  jismoniy  madaniyat  va  sportni  xalqimizning  hayotiga  ko’proq  singdirish; 

yoshlarni  mustaqillik  ruhida  tarbiyalashda  jimoniy  tarbiya  va  sportning  barcha 

turli-tuman  shakllaridan,  jumladan,  xalq  an’analaridan  keng  foydalani, 

insonlarning sog’ligini  yaxshilash  vaularni Ona Vatan mudofaasiga tayyorlash  va 

Shu  singari  katta  vazifalar  turibdi.  Xalqimizning  milliy  o’yinlari  esa  ana  Shu 

maqsadda  keng  qo’llanib  kelinayotgan  muhim  jismoniy  va  sport  vositalaridan 

biridir.  Shuning  uchun  xalq  milliy  harakatli  o’yinlariga  e’tiborni  kuchaytirish 



30 

 

zaruriyati  yanada  yaqqol  ko’rinmoqda.Qadriyatlarga  e’tibor  qaratish  SHarq 



xalqlari  madaniyatining  juda  ko’p  unsurlari  (elementlari)  ni  saqlab  qolishga  va 

ulardn  amaliy  foliyatda  foydalanishga  imkoniyat  yaratiladi.  qadimgi  mahalliy 

xalqlarimiz  uchun  an’anaviy  milliy  o’yinlar  va  milliy  bellaShuvlar  qachonlardir 

ular  hayotining  ajralmas  bir  qismi  bo’lgan, ular  xalq  marosimlarida,  rasm-

rusumlarda  va  urf-odatlarda  mustaqil  bir  soha  sifatida  faoliyat  ko’rsatib  kelgan, 

mustahkam o’rin olgan jismoniy madaniyatning, rasm-rusumlarida va mustaqil bir 

soha  sifatida  faoliyat  ko’rsatib  kelgan,  mutahkam  o’rin  olgan.  Jismoniy 

madaniyatning  bunday  o’ziga  vositalar  yordamida  bobolarimiz  o’sib  kelayotgan 

avlodda  chaqqonlik,  epchillik,  kuchlilik  va  sabr-toqat  kabi  xususiyatlarni 

shakllantirganlar. 

Farzandlarini 

hayot 


qiyinchiliklariga 

vatabiatning 

qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar.   

 

Yosh  avlodning  jismoniy  jihatdan  to’kis  sog’lom  mehnatga  va  Vatanni 



himoya  qiluvchi  tarzida  o’sishidan  xalq  ham,  jamiyat  ham  manfaatdor.  Buning 

uchun  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  jismoniy  madaniyat  bilan  chuqur 

Shug’ullanishlari, turli milliy o’yinlardan foydalanish mahoratini egallashlari kerak 

bo’ladi.  Bu  esa  yosh  avlod  tarbiyasini  yanada  kuchaytirish,  ularni  o’z  xalqi, 

mustaqil davlati vajamiyati oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g’oyat 

muhim vazifalar bilan bog’liqdir. 

 

 

 



 

 

 



 

 



31 

 


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish