Bolalarda sezgining rivojlanishi



Download 0,7 Mb.
Sana16.03.2022
Hajmi0,7 Mb.
#494472
Bog'liq
BOLALARDA SEZGINING


BOLALARDA SEZGINING RIVOJLANISHI

REJA:
1. Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi va idrokning rivojlanishi


2. Bolalarda sezgining rivojlanishi
3. Bolalarda idrokning rivojlanishi

Sensor taraqqiyot bosqichlari va ularning bola faoliyati bilan aloqasi. Bolaning bog‘cha yoshidagi davri sezgi a’zolari va idrokining intensiv rivojlanish davri hisoblanadi. Bolalar sezgi va idroklarining yordami bilan tevarak-atrofdagi narsalarning shaklan katta-kichikligini va ranglarini bilib oladilar. Ularning sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m-teri, taktil) va idroklari dunyoni bilish qurolidir. Shuning uchun bolalarning psixik taraqqiyotlari asosan ana shu yuqoridagi sezgi a’zolari va idroklarining taraqqiyotiga bog‘liq.


Ana shuning uchun ham hozirgi kunda bog‘chada bolalarga beriladigan sensor tarbiyaning roli nihoyat darajada ortib bormoqda. Bu yerda shunday bir savol tug‘iladi. Sensor tarbiya deganda nimani tushunamiz? Sensor tarbiya aqliy tarbiyaning bir bo‘lagi bo‘lib, biz bunda sezgi a’zolari va idrokni maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish va mukammallashtirishni tushunamiz. Bolalar tarbiyachining rahbarligi ostida turli mashg‘ulotlarda narsalarning har xil xususiyatlarini, qattiq-yumshoqligini, rangini, shaklini qayta-qayta idrok qilar ekanlar, ularning ongida narsalarning turli xususiyatlariga doir etalonlar (andaza, obrazlar) yuzaga keladi.
Keyinchalik bolalar narsalarning xususiyatlarini, belgilarini idrok qilganlarida o‘z tasavvurlaridagi etalonlarga taqqoslab, solishtirib ko‘radilar. Shuning uchun bog‘chada bolalarga sensor tarbiya berish orqali ularda etalon tasavvurlarni hosil qilish katta ahamiyatga egadir. Sezgi a’zolari hissiy yo‘l bilan egallanadi. Ana shuning uchun sezgi a’zolarini yoshlik davridan boshlab o‘tkirlashtirish, ya’ni sensor tarbiya nihoyatda zarurdir.
Odamlargagina xos bo‘lgan musiqa tovushlariga nisbatan sezgirlik, tovushlarning nozik tomonlarini anglay bilish sezgirligi, biron narsaning tekkanini seza bilish kabi nihoyatda muhim xususiyatlar bog‘chada amalga oshiriladigan sensor tarbiya orqali rivojlantiriladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar narsalarni o‘z qo‘llari bilan bevosita ushlamasalar ham, ko‘rish va eshitish bilan qanoatlanadigan bo‘ladilar. Bolaning ko‘rish sezgisi bog‘cha yoshigacha bo‘lgan davrda juda tez takomillashadi. Shuning uchun bolaning ko‘zi katta yoshdagi odamlar ko‘ziga nisbatan uzoqni ko‘ra oladi. Agarda bolaning ko‘zi biron kasallikka uchramay, normal va sog‘lom taraqqiy etsa, ko‘rish o‘tkirligi katta yoshdagi odamlarnikiga nisbatan ikki-uch barobar ortiq bo‘ladi.
Butun bog‘cha yosh davri mobaynida ko‘z sezgirligining o‘tkirligi ortadi. Shuningdek, ko‘z o‘tkirligi darajasi faoliyat sharoitiga bog‘liqligi ham aniqlangan - o‘rinda o‘tirgan vaziyatida tadqiqot o‘tkazilganda ko‘zning o‘tkirligi sezilarli darajada ortadi. Bog‘cha yosh davrida ranglarni farqlashda ham ancha o‘sish kuzatiladi: aniq va tiniqligi ortadi. Z.M.Istominaning tadqiqotari bo‘yicha bola xayotining ikkinchi yilida ixtiyorsiz tarzda to‘rt asosiy rangni farqlaydi: qizil, sariq, yashil, ko‘k. Oraliq ranglarni differensirovka qilishda, ya’ni qovoq rang, xavo rang va siyox ranglarni ajratishda biroz qiynaladi. Eshitish sezgirligi ham bog‘cha yoshidagilarda o‘ziga xos tarzdagi xususiyatlarga ega. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, eshitishning nozikligi 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kattalarnikiga nisbatan ancha past bo‘ladi va bu yosh ortishi bilan o‘sib boradi. Bog‘cha yosh davrida, shuningdek, tovushlarning balandligini farqlash qobiliyati ham rivojlanadi.
Biroq, fonematik (og‘zaki) va musiqani eshitish parallel tarzda shakllanmaydi. Fonetik eshitish birinchi yilning oxirlariga borib rivojlanib boradi va bola bog‘cha yosh davrining dastlabki bosqichlarida o‘z ona tilining deyarli barcha tovushlarini amaliy farqlay oladi, passiv nutq bilan bir qatorda faol nutqni ham egallaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning psixik jihatdan taraqqiy etishlarida eshitish sezgisining ham roli juda kattadir. Bola eshitish orqali nutqni egallaydi. Nutq esa inson taraqqiyotining eng muhim manbalaridan biridir. Eshitish sezgisi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, bolalarda yildan yilga tez rivojlanadi.
Agar bog‘cha yoshidagi bolaning eshitish a’zosi (qulog‘i) biron kasallikka uchramay, normal rivojlanib borsa, tez orada kamolotga erishadi va natijada eshitish sezgirligi kuchayadi. Bolalarning eshitish a’zolari anatomik jihatdan katta oda mlarnikiga nisbatan birmuncha nozik va zaif bo‘ladi.
Ayrim bolalarning ko‘rish sezgilari zaifroq bo‘lgani singari boshqa bir bolalarning eshitish sezgilari zaifroq bo‘lishi mumkin. Tarbiyachi bog‘cha yoshidagi bolalar eshitish sezgilari sezgirligini tekshirib ko‘rishi kerak.
Yaxshi eshitmaydigan bolalar odatda anqov va hadiksiraydigan bo‘ladilar. Bunday bolalar «kar», «karquloq», «anqov» degan laqab olishdan qo‘rqib, o‘zlarining ayblarini hech kimga, hatto tarbiyachiga ham bildirmaslikka tirishadilar. Eshitish sezgisi zaif bo‘lgan bolalar nutqi o‘zlashtirishdan orqada qoladi. Bu esa ularning umuman psixik taraqqiyotdan orqada qolishlariga olib kelishi mumkin. Tarbiyachi eshitish sezgisi zaif bo‘lgan bolalarni aniqlab olgandan so‘ng ularga nisbatan individual munosabatda bo‘lishi kerak.
Bunday bolalarni hikoya o‘qib berish yoki suhbatlashish kabi mashg‘ulotlarda eng oldingi qatorga o‘tkazish lozim. Bundan tashqari, eshitish sezgisi zaif bolalar ayrim narsalarni qaytaqayta so‘raganlarida ularni jerkib tashlamay, osoyishtalik bilan aniq javob berish lozim. Ba’zi bir ota-onalar va tarbiyachilar bunday bolalarning qayta-qayta so‘roqlariga osoyishtalik bilan javob berish o‘rniga «Ha, nima, karquloqmisan eshitib o‘tir, ovsar!» deb urishib beradilar.
Natijada bola o‘z tengdoshlari o‘rtasida mulzam bo‘lib, ikkinchi marta so‘rashga yuragi bezillaydigan bo‘lib qoladi. Mana shunday g‘ayripedagogik munosabatda bo‘lish bolaning umumiy psixik taraqqiyotiga juda salbiy ta’sir etadi. Chunki bola eshita olmagan va, binobarin, tushuna olmagan narsalarni kattalardan so‘rab olish o‘rniga, o‘zi bilganicha talqin qilishga odatlanib qoladi. Ana shularni nazarda tutib, bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy bilish qurollari bo‘lgan ko‘rish va eshitish sezgilarini normal rivojlantirish ishiga zo‘r mas’uliyat bilan qarash lozim. Bu davrda hid bilish sezgisi ham rivojlanadi. Katta guruh bolalari hidlarni farqlashda kam xatoliklarga yo‘l qo‘yadi, aniqrog‘i ularni aniq ayta oladi. Teri orqali tuyish hamda og‘irlikni seza olish xususiyati ham rivojlanadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarda bu qobiliyat taxminan ikki barobarga ortadi, A.Ya.Xolodnayaning tadqiqotlari ko‘rsatishicha, fazoda mo‘ljal olishning rivojlanishi bolaning o‘z tana a’zolari fazoviy munosabatlarini differensirovka qilishdan (o‘ng va chap qolni, juft tana qismlarini ajratib nomlashdan) boshlanadi.
Idrok jarayoniga so‘zning qo‘shilishi, mustaqil nutqning o‘zlashtirilishi sezilarli darajada fazoviy munosabatlar, yo‘nalishlar haqidagi bilimlarning mustahkamlanishiga yordam beradi (D.A.Lyublinskaya, A.Ya.Xolodnaya, Ye.F.Ribalko va b.q.). Ba’zi chet el psixologlari 5 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalar shaklni farqlashga juda ojiz va ular predmetni idrok qilishda odatda rangiga tayanadilar, deyishadi. A.A.Lyublinskaya va N.X.Shvachkinning olib borgan tadqiqotlari hatto kichik bog‘cha yosh davridagi bolalar ham tanish predmetlarni idrok qilishda shaklga — predmetning mazmun va mohiyatidan ajralmas bo‘lgan biror-bir belgisiga asoslanadilar, deya xulosa chiqarish, imkoniyatini berdi. Biroq shaklni ajratib, mavhumlashtirishni bunchalik tez bajara olmaydi.
Kichik bog‘cha yosh davridagi bola geometrik shaklni idrok qila turib odatda uni biror bir predmet bilan o‘xshatadi (kvadratni ko‘pincha "deraza", "kubik" va b. deb; aylanani - "koptok", "g‘ildirak" kabi nomlaydi). O‘rta va katta bog‘cha yoshidagilar duch kelgan shaklni farqlashga ehtiyoj sezadilar. Ular ko‘pincha predmet nimaga o‘xshashi va ularda mavjud tushunchalar orasidagi boshqa turli shakllardan nimasi bilan farqlanishini aniqlashga urinishadi. Bola uch yoshga to‘lib bog‘chaga qatnay boshlagach, birinchidan, bolaning faoliyat darajasi juda kengayib ketadi, ikkinchidan, nutqi g‘oyat zudlik bilan o‘sa boradi. Buning natijasida bola juda ko‘p narsalar bilan mustaqil hamda bevosita munosabatda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bola hayotidagi bu o‘zgarish o‘z navbatida uning idrokiga ta’sir etmay qolmaydi. Ular kundalik faoliyatlari davomida juda ko‘p narsalar bilan to‘qnashadilar. Shunday bo‘lishiga qaramay katta yoshdagi bog‘cha bolalari ham o‘zlari idrok etayotgan narsalarning nima ekanligini har doim kattalarning yordamisiz bilavermaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasi (nutq)ning roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki, tevarak-atrofdagi narsalarni anglab idrok qilishda faqat narsaning o‘zigina emas, balki uning nomi ham birga qatnashadi. Bolalar idrokini takomillashtirish maqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalarda (hayvonlar va o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirishda) bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasining rolini oshirishga intilish kerak. Chunki qo‘zg‘atuvchilarning (ya’ni ekskursiya paytida ko‘rsatilayotgan narsalarning) ayni bir paytda har ikkala signallarsistemasiga barobar ta’sir etishi idrok qilinayotgan narsalarning butun va to‘la-to‘kis aks etishini ta’minlaydi. qo‘zg‘atuvchilarning (ya’ni ekskursiya paytida ko‘rsatilayotgan narsalarning) ayni bir paytda har ikkala signallar sistemasiga barobar ta’sir etishi idrok qilinayotgan narsalarning butun va to‘la-to‘kis aks etishini ta’minlaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli tomonlaridan biri shundaki, ular turli narsalarni idrok qilishda bu narsalarning ko‘zga tashlanib turadigan belgilariga asoslanadilar.
Biroq tajribalari hali yetarli bo‘lmagani, ya’ni ko‘p narsalarning mohiyatiga mutlaqo tushuna olmasliklari tufayli narsalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va umumiy belgilarni aks ettira olmaydilar. Ular narsalarni idrok qilishda faqat aniq tasavvurlarga asoslanadilar. Shu sababli bog‘cha yoshidagi (xususan kichik bog‘cha yoshidagi) bolalar uchun narsalarning eng asosiy va muhim belgilari ularning rangi va shaklidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar shuning uchun ham o‘xshash narsalarning shaklini bir-biridan bemalol ajrata oladilar. Lekin, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar (kichkina guruh bolalari) narsalarning shaklini farqlashda biroz qiynaladilar. Chunonchi, kichik yoshdagi bog‘cha bolalariga mavhum geometrik shakllar yoki ularning rasmi ko‘rsatilsa, ular bu shakllarni o‘zlariga ma’lum bo‘lgan aniq narsalar bilan bog‘lab, ya’ni predmetlashtirib idrok qilishga intiladilar.
Masalan, ular aylanani «g‘ildirak», to‘rtburchakni «deraza» yoki «eshik» deb ataydilar. Rus psixologlaridan S.L. Rubinshteyn, S.N. Shabalin va M.N. Volokitinalar tajribalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalar aniq narsalarning shaklinigina emas, balki bunarsalarning qora rang bilan qilgan siluetlariga (andazalariga) qarab ham ularni bir-biridan farqlay oladilar. Bolalar siluetga qarab (ya’ni qora rangda ishlangan quruq shaklga qarab) bu narsalarning nima ekanligini yanglishmay aytib bera oladilar.
Bunda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bog‘cha yoshidagi bolalar narsalarning shakllarini ularning mazmuni bilan bog‘liq ravishda idrok qila boshlaydilar. Demak, bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi turli-tuman narsalarni idrok qilishda shu narsalarning mazmuni, mohiyati bilan organik bog‘liq bo‘lgan shaklga ham asoslanadilar.
Kichik guruh bolalari turli geometrik shakllardan qilingan mozaikalar bilan o‘ynaganlarida ularni shakliga qarab, ya’ni to‘rtburchakni to‘rtburchaklar guruhiga, uchburchakni uchburchaklar guruhiga, aylanani aylanalar guruhiga yanglishmay ajratadilar.
Bu o‘rinda shu narsaxarakterliki, mozaikadagi geometrik shakllar har xil rangda bo‘lishiga qaramay, ular rangni emas, balki shaklni asos qilib olib guruhlarga ajratadilar. Bu o‘rinda shu narsa xarakterliki, mozaikadagi geometrik shakllar har xil rangda bo‘lishiga qaramay, ular rangni emas, balki shaklni asos qilib olib guruhlarga ajratadilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsalarni chuqur analiz qila olmaydilar. B olalar idrokidagi bu yetishmovchilik turli rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Bolalar (xususan kichik yoshdagi bog‘cha bolalari) rasmda tasvirlangan narsalarning holatiga va fazoviy munosabatlariga tamomila befarq bo‘ladilar. Ular rasmlarni teskari ushlab ham zavq bilan tomosha qilaveradilar. Buning asosiy sababi rasmni idrok qilishga nisbatan bolalarning analitik munosabatda bo‘lolmasliklaridir.
Bolalar rasmda tasvirlangan narsalarni birbiri bilan ma’lum munosabatda emas, balki tasvirlangan narsalarning hammasini butunligicha idrok qilishga intiladilar. Ularda hali analiz qilish xususiyatlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun rasmlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarga yo‘naltiruvchi savollar berib, ularni analiz qilishga o‘rgatib borishi lozim.
Ana shunday mashg‘ulotlarda bolalar diqqatini, birinchidan, ko‘rsatilayotgan rasmning mazmunini to‘g‘ri idrok qilishga, ikkinchidan rasmning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsaning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga, ya’ni rasmdagi narsalarni bir-biridan keskin farq qila bilishga, uchinchidan esa, rasmda tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak.
Rasmlarni idrok qilish ana shunday tarzda yo‘lga qo‘yilgandagina bolalarning analitik idrok qilish qobiliyatini hamda kuzatuvchanlik xususiyatini rivojlantirish mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yin faoliyatidir. Ular o‘zlarining kundalik o‘yin faoliyatlarida juda ko‘p narsalarga to‘qnash keladilar. Bu narsalarni bilganlaricha idrok qilib, bir-birlariga tushuntiradilar. Umuman o‘yin faoliyatida ularning idroki to‘xtovsiz rivojlanib boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining yetarli emasligi ba’zan ular idrokining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Bu murakkab idrok jarayonida, ya’ni fazo hamda vaqtni idrok qilishda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, ular narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni, fazo hamda vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok eta olmaydilar. Narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni hamda vaqtni bolalar asosan bog‘cha yoshidagi davrda o‘zlashtira boshlaydi. Bolalar o‘zidan uzoq va yaqin, baland va past joylashgan narsalar bilan bevosita munosabatda bo‘lish jarayonida fazoviy tushunchalarni to‘g‘ri idrok qila boshlaydilar.
Bunda tarbiyachilarning narsalar o‘rtasidagi har xil fazoviy munosabatlarni so‘z bilan ifoda etishlari bolalar idrokining rivojlanishiga katta yordam beradi. Uzoq-yaqin, baland-past, chuqur-yuza, katta-kichik, keng-tor kabi fazoviy tushunchalarni hamda narsalar o‘rtasidagi bunday fazoviy munosabatlarni bolalar o‘z faoliyatlarida, ya’ni o‘yin va mashg‘ulotlarda ma’lum darajada o‘zlashtirib boradilar. Lekin, chap va o‘ng kabi tushunchalarni bolalarga o‘z vaqtida o‘rgatish zarur, chunki bola chap va o‘ng qo‘lning farqiga bormay ko‘p ishlarni chap qo‘lida bajaradigan bo‘lib qolishi mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda fazoviy tasavvurlarning yetarli darajada aniq emasligini ularning chizgan rasmlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Masalan, kichik va o‘rta guruh bolalari rasm chizganlarida narsalarning hajm munosabatlariga unchalik e’tibor bermaydilar. Ularning chizgan rasmlarida uyning balandligi avtomashinaning balandligi bilan, odamning bo‘yi esa terakning bo‘yi bilan barobar bo‘lishi mumkin.
Bu bog‘cha bolalarini mutlaqo hayron qoldirmaydi. Fazoviy munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilish va fazoviy munosabatlar haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish asta-sekinlik bilan bolalarning turmush tajribalari orta borishi davomida o‘sib boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning vaqtni idrok qilishlari fazoni idrok qilishlari kabi mukammal xarakterga ega emas. Bolalarda vaqtni to‘g‘ri va anglab idrok qilish fazoni idrok qilishdan ham qiyinroq desak yanglishmaymiz.
Bolalar uchun vaqtni idrok qilishda qiyin tomonlaridan biri shuki, ular vaqtning uzluksiz o‘tuvchanligini (ya’ni vaqtning beto‘xtov harakatini) anglay olmaydilar va, binobarin, idrok ham qila olmaydilar. Bu narsani ularga ko‘rgazma asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi.
Natijada bolalar vaqt o‘lchovlarini ma’lum narsalar va hodisalar orqali aniqlashtirib idrok qilishga intiladilar. Odatda so‘zlar bilan ifodalanadigan quyidagi asosiy vaqt o‘lchovlari bordir: «soniya», «daqiqa», «soat», «kun», «hafta», «oy», «yil», «asr», «kecha», «bugun», «ertaga» «indinga», «ertalab », «peshin», «kechqurun», «kechasi», «avval», «keyin» kabilar. Ana shu vaqt o‘lchovlaridan bog‘cha yoshidagi bolalar erkin foydalana bilmaydilar.
Chunki bu vaqt o‘lchovlari (vaqt tushunchalari) nisbiy hamda mavhum xarakterga egadir. Bolalar ertaning bugunga, bugunning kechaga, kechaning o‘tgan kunga tabiiy ravishda aylanib qolishini hech bir tasavvur eta olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalarning ayrim vaqt o‘lchovlarini idrok qilishlarida kun tartibining roli juda kattadir.
Bolalarning kundalik hayotlarida doimiy ravishda takrorlanib turadigan rejim (kun tartibi) ayrim vaqt o‘lchovlarini birin-ketin ajratib olishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular ayrim vaqt o‘lchovlarini vaqtning asosiy belgilariga qarab ham farqlay oladigan bo‘ladilar. Masalan, «Kun (quyosh) chiqqanda – ertalab bo‘ladi», «Kun botganda – kechqurun bo‘ladi», «Qorong‘i bo‘lib hamma uxlaganda – kechasi bo‘ladi» deb aniqlaydilar.
Vaqt tushunchalarini idrok qilish qiyin bo‘lgani uchun bog‘cha yoshidagi bolalar (xususan kichik guruh bolalari) asosan hozirgi zamon (shu bugungi) tushunchasi asosida yashaydilar. Ana shu sababli ular kelasi va o‘tgan zamon tushunchalariga nisbatan hozirgi zamonga oid vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok qila oladigan bo‘ladilar.
Shuning uchun bolalar dastavval «ertalab », «peshin», «kechqurun», «kechasi», «bugun» kabi vaqt tushunchalaridan to‘g‘ri foydalanadigan bo‘ladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalarning uzoq zamonga oid narsalarni tushuntirishlari o‘ziga xos xarakterga egadir. Ular bunday narsalarni vaqt tushunchalari orqali emas, balki qalblarida chuqur iz qoldirgan taassurotlar orqali tushuntirishga intiladilar. Masalan, qachonlardir bir bo‘lgan hodisani yoki qachonlardir ko‘rgan narsalarini «Hov bir marta bayramda...», «Hov bir marta to‘y bo‘lganda...» kabi. Ular xotiralarida qolgan ayrim hodisalarning qaysi yil va qaysi oyga tegishli ekanini aniqvaqt o‘lchovida (vaqt tushunchasida) aytib bera olmaydilar. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining vaqtni idrok qilishlarida shu narsa ko‘zga tashlanib turadiki, ular bir-biri bilan tez almashib turadigan vaqt o‘lchovlarini qiyinlik bilan o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ular bunday vaqt o‘lchovlarini ko‘pincha bir-biri bilan almashtirib yuboradilar. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari: «Kecha bugunmi?» «Bugun ertagami?» «Qachon ertaga bo‘ladi?» «Bugun ham kechasi bo‘ladimi?» degan savollarni berishlari mumkin. Vaqtni to‘g‘ri idrok qilish ham xuddi fazoni idrok qilish kabi bolalarning amaliy faoliyatlari, ya’ni turmush tajribalari bilan bog‘liqdir.
Bog‘cha bolalari o‘zlarining har kungi xilma-xil faoliyatlari davomida vaqt munosabatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar va sekin-asta o‘zlashtirib boradilar. Lekin vaqt bolalarga bevosita ko‘rinmaydi. Shuning uchun vaqtni to‘g‘ri idrok qilishni bolalarga yoshlikdan boshlab o‘rgatish kerak. Bolalar eng sodda, ya’ni bo‘linmaydigan vaqt o‘lchovlarini osonroq o‘zlashtiradilar. Bunday sodda o‘lchovlardan «hozir», «oldin », «keyin» kabi tushunchalarni ko‘rsatish mumkin. Shundan so‘ng bir qadar murakkab, ya’ni bir necha qismlarga ajratish mumkin bo‘lgan vaqt o‘lchovlarini (ya’ni «bug‘un», «kecha», «ertaga», «indinga» kabi) o‘zlashtirishlari mumkin.
Katta guruh bolalari ana shu yuqoridagi vaqt tushunchalaridan tashqari kunlarning nomlarini (ya’ni yakshanba, dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba) ham yaxshi o‘zlashtirib, «hafta», «oy» va hatto ba’zan «yil» kabi murakkab vaqt tushunchalaridan ham foydalana oladigan bo‘ladilar. Tevarak-atrofdagi narsalar o‘rtasida mavjud bo‘lgan fazoviy munosabatlarni (baland, past, katta, kichik kabi) to‘g‘ri idrok qilishda bolalarning atrofdagi turli-tuman narsalar bilan bevosita munosabatda bo‘lishlari katta rol o‘ynasa, vaqt munosabatlarini to‘g‘ri idrok qilishda vaqt o‘lchovlarini (tushunchalarini) ifodalovchi so‘zlarnig ko‘proq ishlatilishi katta rol o‘ynaydi.
Shuning uchun bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda, suhbatlarda, hikoyalar o‘qib berishda bolalar so‘z boyligida hozirgacha yo‘q bo‘lgan vaqt o‘lchovlariga oid tushunchalarni kiritish kerak. Umuman bolalarga bog‘chada vaqt o‘lchovlarini (ya’ni hozir soat 2 bo‘lib, tush payti bo‘lib qolganligini, soat 5 dan oshib kech kirib qolganligini) muntazam ravishda eslatib turish kerak.
Bu bolalarda vaqt hissini rivojlantirishga yordam beradi. Vaqt hissi esa vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok qilishni ta’minlaydi
. Bolalar vaqt tushunchalarini to‘g‘ri o‘zlashtirayotganlarini aniqlash uchun ularga «qachon», «qaysi kuni», «qancha vaqtdan so‘ng», «qaysi biri oldin», «qaysi haftada», «qaysi oyda» kabi savollarni berib turish lozim. Bog‘chada idrokni rivojlantira borish asosida uzatuvchanlikni ham tarbiyalash kerak. Kuzatuvchanlik odamning butun hayoti, butun o‘qish va mehnat faoliyati davomida juda zarur bo‘lgan fazilatdir.
Bog‘chada turli didaktik mashg‘ulotlar o‘tkazish, ekskursiyalar tashkil qilish orqali bolalarda kuzatuvchanlikni tarbiyalab boriladi. Bu jihatdan yil fasllari (bahor, yoz, kuz, qish) bo‘yicha o‘tkaziladigan ekskursiyalar, rasmga qarab so‘zlatish (kim ko‘proq narsani ko‘radi) yaxshi natija beradi.
Albatta, ekskursiya va mashg‘ulotlar paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan o‘ylab olingan, ya’ni rejali asosda bo‘lishi kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining normal o‘sishi hamda ularda kuzatuvchanlikning kamol topishi ko‘p jihatdan tarbiyachilarga, ularning pedagoglik mahoratiga bog‘liqdir.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish