Qaddi-qomatning nuqsonlarini davolash
Bola qomatidagi nuqsonlarni bartaraf etish shifokor-ortopedlar, bolalar shifokori, pedagoglar, tarbiyachilar oldidagi muhim vazifalardan biridir.
Bunday paytda muhim rejalar ishlab chiqiladi:
— Krovatdagi ko‘rpacha tagiga fanerdan yasalgan taxtacha qo‘yish va unda bolani orqasi yoki qorni bilan yotishga o‘rgatish;
— o‘z vaqtida ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish;
— sumkani orqaga osib yuradigani bilan almashtirish;
— bolaning ko‘rish va eshitish holatini shifokorga tekshirtirish;
— kunlik rejimni nazorat qilish, sayrga chiqish, yetarli uyqu har doim bir xil vaqtda bo‘lishini ta’minlash;
— maktabda sinf rahbari va shifokor bilan tez-tez muloqotda bo‘lish;
— bolaning sinf partasida o‘tirishini nazorat qilish;
— bolaga og‘irroq narsalarni ko‘tartirmaslik;
— ertalabki badantarbiyaga odatlantirish;
— shifokor-ortoped ko‘rsatmasiga binoan davolash gimnastikasi bilan shug‘ullanishini tashkil etish;
— suv sporti, chang‘i uchish foydali ekanligini tushuntirish kabi bir qator tartiblarga amal qildirish lozim.
Yuqoridagi zikr etilgan barcha tavsiyalar hayotga tatbiq etilgandagina bolalarning faol rivojlanishini, o‘sishini ta’minlaydi. Bu mavjud nuqsonlarni ma’lum bosqichda to‘xtatadi yoki butunlay oldini oladi.
Prezidentmiz Islom Karimov O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi homiylik kengashining yig‘ilishlaridan birida yurtimizda sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish borasida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida bolalarimizning o‘rtacha bo‘yi, vazni va ko‘krak qafaslarining sezilarli darajada ijobiy tomonga o‘zgarib borayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tgandi. Tahlillarga ko‘ra, ayni paytga kelib 13-14 yoshli o‘g‘il bolalarning o‘rtacha bo‘yi 2004 yilga nisbatan 1,9 santimetrga, qizlarniki esa 1,2 santimetrga o‘sgan. Ushbu yoshdagi o‘g‘il bolalarning o‘rtacha vazni 3,3 kilogrammga, qizlarniki esa 2 kilogrammga oshgan. Shuningdek, 2007 yil "O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tgan o‘quv jihozlari ko‘rgazmasida ham Yurtboshimiz barcha o‘quv jihozlari o‘quvchi salomatligi o‘ylangan holda tayyorlanishi lozimligi, o‘quvchi partasi, sumkasini ishlab chiqarishda bola qaddi-qomatining to‘g‘ri shakllanishini hisobga olish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tgandi. Prezidentimizning ko‘rsatmalariga asosan bu yo‘nalishda salmoqli ishlar amalga oshirildiki, umumta’lim muassasalarida o‘quvchining psixologik, jismoniy va fiziologik holatlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlanayotganligi, maktablarda salomatlik saboqlari kabi darslarning o‘tilayotganligi ham ana shu e’tiborning bir ko‘rinishidir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
http://library.ziyonet.uz/ru/book/85393
https://avitsenna.uz/skolioz/#gsc.tab=0
https://uz.denemetr.com/docs/768/index-97356-1.html?page=5
Deti s zaderjkoy psixicheskogo razvitiya. T.A.Vlasova, N.A.Sipina tahriri ostida. M., 1984
K.S.Lebedinskaya, G.P.Bartыn, M.T.Dunayeva. Aktualniye problemi diagnostiki zaderjki psixicheskogo razvitiya detey. M., Pedagogika, 1982
S.D.Zabramnaya. Otbor umtvenno otstalix detey v spetsialniye uchrejdeniya. M., Prosvesheniye, 1988
Do'stlaringiz bilan baham: |