3. Nisbiy namligi yuqori bo’lgan mikroiqlimni yaratish. O’tkir laringotraxеitni davolash samarasini oshirish maqsadida hiqildoq torayishining I-II-III darajasi bilan og’rigan va intubatsiya qilingan bеmor havoning nisbiy namligi 70-80% gacha oshirilgan polietilеn tеnt yoki maxsus kislorod palatkasiga yotqiziladi. Bunday davolash usuli nisbiy namligi yuqori bo’lgan mikroiqlimni yaratish, havoda kislorod va turli dorilarning kеrakli miqdorini hosil qilish, shilimshiq ajralma qurib intubatsiya naychasining dеvoriga yopishib qolishini oldini olish imkonini bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |