Paroksizmal taxikardiya - yurak urishining birdaniga tezlashish xuruji (1 minutda 160-180dan ortiq). Supraventrikulyar va qorinchalar paroksizmal taxikardiyasi ajratiladi. Kelib chiqishiga ko’ra, paroksizmal taxikardiyaqo’shimcha o’tkazuvchanlik yo’li mavjudligi bilan bog’langan qaytalanuvchi qo’zgalishga bog’liq.
Paroksizmal taxikardiya xurujlari tosatdan boshlanadi. Bolalar yurak sohasida yogumsiz his, kokragida qisilish, epigastral sohada og;riqdan shikoyat qiladi. Ba'zida xurujlar bosh aylanishi, hushdan ketish, qayd qilish bilan kechadi. Korikda teri rangining oharishi, hansirash, oysimon venalar pulsasiyasi, qon aylanish buzilishi belgilari kuzatilishi mumkin. Yurak chegaralari odatda ozgarmaydi, tonlari aniq. Yaqqol taxikardiya fonida yurak ritmining tebranuvchanligi - tonlar o’rtasitdagi interval bir xildaligi (embriokardiya) xarakterlidir. Puls kichik toliqlikda, arterial bosim pasaygan. Xurujlar davomiyligi bir necha sekund, kun va oygacha davom etadi.
Paroksizmal taxikardiyaning topik diagnozi faqatgina EKG tekshiruv o;tkazilgandan keyin mumkin. Ba'zida bunday bemorlarda Volf-Parkinson-Uayt sindromi aniqlanadi (bolalarda bu fenomenni aniqlanishi yurak patologiyasi hisoblanmaydi.).
Paroksizmal taxikardiyaning kelib chiqishini aniqlash murakkab masala hisoblanadi. Funksional xarakterda xurujlar qisqa muddatli, qon aylanish belgilarisiz, emosional omillar bilan bog’liqlik aniqlanadi. Funksional paroksizmal taxikardiya kelib chiqishiga ko'ra supraventrikulyar deb yuritiladi.
Paroksizmal taxikardiya xurujlarini bartaraf qilish uchun birinchi navbatda adashgan nerv qo’zgalishiga mexanik ta'sir
o’tkaziladi: karotid sinus (o’ngda) yoki ko’z olmasiga bosish kerak. Ba'zida Valsalva sinamasi samaralidir: bola chuqur nafas olib, yo’piq ovoz yorugida va burnini qisib, bola kuchanadi.
Medikamentoz dorilardan beta-adrenoblokatorlar (obzidan) yaxshi samara beradi. Izoptin chaqaloqlarga vena ichiga
0,3-0,4 ml, 1 yoshgacha-0,4-0,8 ml, 1 yoshdan 5 yoshgacha-0,8-1,2 ml, 5 yoshdan 10 yoshgacha- 1,2-1,6 ml va 10 yoshdan 18 yoshgacha-1,6-2,0 mldan tavsiya etiladi. Xurujlarni bartaraf qilish uchun novokainamid yo’ki izonikamid qollaniladi.
Shosqilinch terapiya maqsadida 1 % ATF (2 mlgacha)ni bir martalik vena ichiga yuborish tavsiya qilinadi, 10%li glyukoza bilan pararlel ravishda sedativ dorilar buyuriladi.
O’tkazuvchanlik funksiyasining buzilishi - blokadalar, aritmiyaga olib kelmaydi va ko’pincha EKG da aniqlanadi.
Klinik jihatdan faqat to'liq atrioventrikulyar blokada Morgani-Edems-Stoks xurujlarini diagnostika qilish mumkin. Bu sindrom asosida miyaning o’tkir ishemiyasi, yurak urishining to'satdan pasayishi yotadi. Bunday bemorlarda tosatdan yuzaga kelgan bradikardiya e'tiborni jalb qiladi. Morgani-Edems-Stoks klinik xuruji to’satdan oharish, keyinchalik sianozga aylanuvchi, hushdan ketish va talvasa bilan xarakterlanadi. Ba'zida najas va peshobni ixtiyorsiz kelishi kuzatiladi. Pulsni aniqlab bo’lmaydi. hurujlar bir necha sekunddan 1-2 minutgacha davom etadi, uzoq davom etganda olim holati kuzatiladi.
O’tkazuvchanlik funksiyasining buzilishi yurak patologiyasida kuzatiladi yo’ki funksional xarakterga ega bo’ladi. Terapiyasi asosiy kasallikni davolashga haratilgan. Tez-tez takrorlanuvchi Morgani- Edems- Stoks xurujli atrioventrikulyar blokada sindromida elektrostimulyatorni qollash bilan xirurgik davo korsatilgan.
Titrovchi (tebranuvchi) aritmiya - bu ritmning murakkab buzilishi bo’lib, bo’lmachalarning togri faoliyatining o’zgarishi bilan bog’liq. Bolalik davrida titrovchi aritmiya kam uchraydi, miokardning og’ir zararlanishi revmatizm, YuTN, idiopatik miokarditda uchraydi.
Tebranuvchi aritmiyalarda bolaning umumiy ahvoli birdan yomonlashadi, ba'zida qo'rquv, vahima yuzaga keladi. Yurakni eshitib korganda tonlarning turli xil jarangdorligi, qisqa va pauzalarning tartibsiz almashinuvi aniqlanadi. Puls tanqisligi, yurakni qisharish soni puls sonidan ustunlik qiladi. Odatda qon aylanish buzilish belgilari turli darajada bo’ladi. EKGda ritmning bu buzilishida R tishi ornida olchami va shakli bo’yicha turli xil alohida to’lqinlar aniqlanadi.
Asosiy terapiya, tebranuvchi aritmiyani chaqirgan kasallikni davolashga yonaltirilgan. Taxiaritmik shaklida yurak glikozidlari tavsiya etiladi. Bradiaritmik shaklida yurak glikozidlarini ehtiyotkorlik bilan qo’llash zarur. Ba'zida novokainamid, xinidin, aymalin samara beradi. Medikament davo samarasizligida elektr defibrillyasiya ko’rsatilgan.
Bolalarda tebranuvchi aritmiya oqibati juda jiddiy, asosan taxiaritmik shakli yo’mon oqibat bilan tugaydi.
Sinusli tugunning zaifligi sindromi - taxibradikardiya sindromi ritmning murakkab buzilishi hisoblanadi. Ba'zida u YuTN bo’lmasa ham kuzatiladi, ammo ko’p qo’llarda YuTN yoki yurak operasiyalaridan keyin kuzatiladi. Yaqqol bradikardiyada bosh aylanishi yoki hushdan ketish aniqlanadi.
Bradikardiyaning taxikardiya bilan almashinishini bemorlar yurak tez urib ketishi yo’ki jismoniy yuklamani yomon qabul qilish bilan sezadi. Taxiaritmiyani davolashdagi dorilar qollaniladi. Digitalis dorilarini qollash mumkin emas. Og’ir holatlarda qayta bog’lam usuli bo’yicha ishlovchi, sun'iy ritm boshharuvchisi implantasiyasi o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |