Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limining tekshiruv obyektlari haqida tushuncha



Download 13,89 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi13,89 Kb.
#641965
Bog'liq
KANSPEKT


Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limining tekshiruv obyektlari haqida tushuncha
Bizning respublikamizda bolalar va o‘smirlar kontingenti aholining asosiy qismini tashkil etadi. Masalan, O‘zbekistonning qishloq aholi yashash joylarida bolalar va o‘smirlar kontingenti butun aholining 37-40% ni tashkil qilsa, tug‘ilish darajasi har 1000 aholiga 34-37% ni tash-kil etadi. Aholining bu kategoriyasiga kiruvchilarining salomatlik holati va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini qoniqarli deb bo‘lmaydi, chunki ularning bu ko‘rsatkichlari boshqa davlatlardagi ko‘rsatkichlardan sezi-larli darajada yomonroqdir. Bundan tashqari, bolalar kattalarga qaragan-da yuqumsiz tabiatga ega bo‘lgan kasalliklar bilan deyarli 1,5 marta ko‘proq kasallanadi. Buning asosiy sabablaridan biri nomuvofiq ijti-moiy-gigiyenik sharoit hisoblanadi. Masalan, respublikamizda maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun xizmat ko‘rsatadaigan muassasalar 30% dan kamni tashkil qiladi, bor bo‘lganlari esa, qoida bo‘yicha sa-nitar-gigiyenik talablarga javob bermaydi. Agar boshqa regionlarda bo-lalar va o‘smirlar o‘rtasida uchraydigan kasalliklarning tarkibini asosan nafas olish organlari kasalliklari, turli tabiatga ega bo‘lgan jarohatla-nishlar, ovqat hazm qilish organlari kasalliklari tashkil etadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda esa, nafas olish organlaridan keyin ikkinchi o‘rinda yuqumli kasalliklar egallaydi, shu bilan birga buning asosiy sabablaridan biri aholi yashash joylaridagi kommunal obodonlashtirilganlikning past darajada ekanligi, shu jumladan maktabgacha va maktab muassasalari-dagi nomuvofiq gigiyenik sharoitlar hisoblanadi. Erta bolalikdagi o‘lim darajasi (1 yoshgacha bo‘lgan bolalar) respublikamizdagi bolalar o‘rtasi-da har 100 nafar tirik tug‘ilgan bolaga 33 nafarni tashkil qiladi (Sh.T. Iskandarova, 1996-y) va bu ko‘rsatkich eng yomon ko‘rsatkichdir (Belorusiya va Boltiq bo‘yi respublikalarida bu ko‘rsatkich 10-11 nafar-ni tashkil qiladi, Yaponiyada esa har 1000 nafar tug‘ilgan bolaga 4 na-farni tashkil etadi). Bu holatda ham eng muhim sabalardan biri qoniqar-siz ijtimoiy-gigiyenik sharoit hisoblanadi, shu jumladan, tibbiy xizmat ko‘rsatishning past darajada ekanligi, maktab va maktabgacha bolalar muassasalarining kamligi va gigiyenik talablarga muvofiq kelmasligi,
212
bolalar kasalxonalari, ayniqsa onalik va bolalikni muhofaza qilish muas-sasalari va uy-joy hamda yashash sharoitlarining gigiyenik talablar dara-jasida emasligi hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘suvchi bolalar organizmi-ning o‘ziga xos xususiyatlari, zararli ta’surotlarga juda tez beriluvchan-ligi va sezgirligi, turmush sharoitlarining gigiyenik talablarga yuqori da-rajada javob berishi lozimligini taqozo etadi. Ko‘rsatib o‘tilganlarning hammasini qo‘shib baholaganda bu talablarni ta’minlash bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilashda, kasal-lanish darajasini pasaytirish uchun zarur bo‘lgan muhim omillar hisob-lanadi. Bu muammolarni ijobiy hal qilish uchun bevosita faoliyat ko‘rsatadigan tibbiyot fanlaridan biri bolalar va o‘smirlar gigiyenasi fanidir. Gigiyena fanining bu bo‘limi o‘suvchi organizmga atrof-muhit-da bor bo‘lgan turli omillarning ta’sirini o‘rganish va olingan ma’lumotlar asosida bolalar va o‘smirlar organizmiga moslashtirilgan holda ilmiy asoslangan gigiyenik normativlarni, tavsiyalarni ishlab chi-qish va shunga muvofiq sog‘lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqib hayotga tatbiq qilish vazifasini bajarishi lozim. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi fanining asosiy vazifalari qatoriga:
1. O‘suvchi organizmning o‘ziga xos morfologik va funksional xu-susiyatlarini hisobga olib gigiyenik me’yorlar ishlab chiqish va bunda har bir yosh davrlarini inobatga olish vazifalari:
- bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash va o‘qitish sharoitlarini ratsional (oqilona) tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- bolalar va o‘smirlar faoliyatini reglamentlash;
- bolalar va o‘smirlarning ovqatlanishini takomillashtirish;
- bolalar va o‘smirlarning shaxsiy gigiyenasi;
2. Bolalar va o‘smirlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillash-tirish, jumladan:
- bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini sifatli nazorat qilishni ta’minlash;
- bolalar va o‘smirlarning salomatlik holatlarini nazorat qilish va dispanserizatsiyani amalga oshirish;
- sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish.


Manba MUTAXASISLIKGA KIRISH
Download 13,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish