Axloqiy tarbiya vazifalari. Bevosita jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning to‘rtta asosiy vazifalarini ko‘rsatish mumkin:
1. Umuminsoniy axloqiy normalarini tarbiyalash.
2. Do‘stlik, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam xislarini tarbiyalash.
3. Harakterning irodaviy xislatlarini tarbiyalash.
4. Vatanparvarlik xislarini tarbiyalash.
Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar bir-biriga mustaxkam bog‘liq tarzda hal qilinadi.
Axloqiy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan barcha vositalar jismoniy mashqlar tabiat omillari hamda gigienik talablar ahloqiy tarbiyaning vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular shug‘ullanuvchilar ongiga his tuyg‘ulariga, irodasi va ahloqiga har tomonlama ta’sir etadi. Ahloqiy kamolotga erishishda jismoniy harakatning roli katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |