Bolalar psixologiyasi predmetini aniqlash


Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi



Download 25,53 Kb.
bet7/10
Sana18.01.2022
Hajmi25,53 Kb.
#390148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOLALAR PSIXOLOGIYASI PREDMETINI ANIQLASH

Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.

Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlarni, psixolo­giyaning nazariy tamoyillarini, asosiy katеgoriyalarini, mеtodlarini upganuvchi nazariy na zkspеrimеntal tadqiqotlardir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatining xususiyatlari, tafakkur turlari va opеratsiyalari haqida umumiy tasavvurni xosil kiladi. Bolalar psixo­logiyasi esa turli yosh bosqichlarida tafakkurning qanday xususiyatlar kasb ztishini, tafakkurning qanday rivojlanishini o’rganadi. Bundan albatta, umumiy psixologiyadagi tasavnurlarga tayanadi, uning mеtod­lari va katеgoriyalaridan foydalanadi. Ota-onaning oʻqish-yozishga layoqatli bu oʻgʻildan umidlari katta edi. Shuning uchun ham uning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor berishdi. Natijada, Zigmund 9 yoshidayoq gimnaziyaga oʻqishga kiradi. Bu paytda oiladagi farzandlar 8 nafar boʻlib (ularning ikki nafari avvalgi nikohdan edi), Zigmundning oʻqishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgandi. U, ayniqsa, adabiyot va falsafaga boshqacha qiziqish bilan qarar, Shekspir, Kant, Gegel, Shopengauer, Nitsshe asarlari mutolaasi bilan “ilm tishi” chiqqandi. Oʻspirin Freyd nemis tilini mukammal bilishi barobarida grek va lotinchani ham oʻrgangan, fransuz, ingliz, ispan, italyan tillarida esa bemalol gaplasha olgan. Shu bois u 17 yoshida gimnaziyani muvaffaqiyatli bitiradi va 1873 yilda Vena universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kiradi…

Freydning tarjimai holi, ilmiy izlanishlari, hamkasblari bilan munosabatlariga oid qiziqarli maʼlumot va tafsilotlar shu qadar koʻpki, ularning hammasiga batafsil toʻxtalib oʻtishning imkoni yoʻq. Shuning uchun ham biz eʼtiborni olim ilmiy-falsafiy merosining ayrim muhim jihatlariga qaratishni maʼqul topdik.

Freyd oʻzining 83 yillik umri davomida 24 jildga jo boʻlgan ilmiy asarlar yaratdi, u tibbiyot fanlari doktori, professor boʻlish bilan birga, dunyoning bir qancha nufuzli ilmiy jamiyatlari, akademiyalari, assotsiatsiyalarining faxriy aʼzosi etib saylangandi.

Zigmund Freyd jahon fanida psixoanaliz yoʻnalishiga asos solgan alloma sifatida tanilgan boʻlib, uning bu kashfiyoti XX asr psixologiyasi, tibbiyoti, sotsiologiyasi, antropologiyasi, adabiyoti va sanʼati rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. U tadqiq etib erishgan muhim ilmiy yangiliklar, yaʼni: inson psixikasining “U”, “Men” va “Yuksak Men” boʻlimlardan iborat uch tarkibli tuzilmani ishlab chiqqani; shaxs psixoseksual takomilining alohida bosqichlarini tahlil etib bergani; inson gʻayrishuurida makon topgan “Edip kompleksi” nazariyasini batafsil tahlil qilgani; inson psixikasidagi himoyaviy mexanizmlar muntazam ishlab turishini kashf etgani; “gʻayrishuur” (“bessoznatelnoye”) tushunchasini psixologik jihatdan talqin etgani; inson ruhiy kechinmalari transferi (bir odamdan boshqa odamga “koʻchib oʻtishi”)ning muhim tibbiy ahamiyatini koʻrsatib bergani, shuningdek, terapevtik davolashning erkin muloqot va tushlarga asoslangan usullarini joriy etgani, ayniqsa, mashhurdir.

Aytilganidek, olimning ilmiy-falsafiy merosi ham hajman, ham mazmunan juda boy boʻlishi barobarida, uning shaxsi, xarakteri, ilmiy gʻoya va qarashlari haqidagi kitoblar, tadqiqotlar, bahslar salmogʻi ham chakana emas. Uning hayotligidayoq boshlangan bu munozara-mubohasalar hozirga qadar ham qizgʻin davom etmoqda. Zero, bahslashuvchilarning bir qismi, Freyd – soʻnggi asrlar ilmining buyuk dahosi sifatida eʼzozlanishi lozimligini taʼkidlashsa, boshqa bir qismi (ular orasida olim bilan birga ishlagan va, hatto, uning qoʻlida taʼlim olgan Vilgelm Fliss, Alfred Adler, Karl Gustav Yunglar ham bor) uni – XX asr fanining mohir fokuschisi sifatida istehzo bilan baholashga moyillik bildirishadi. Nima boʻlganda ham bir narsa aniqki, Freyd davri va undan keyingi palla faylasuflarining aksariyati olim qarashlarini chetlab oʻtolmaydi, uning kashfiyotlariga u yoxud bu sabab tayanishadi. Hatto Freydning ashaddiy tanqidchilaridan hisoblangan amerikalik faylasuf Erix Fromm ham uning koʻplab fundamental gʻoyalaridan kelib chiqib, ayrim biryoqlamaliklar (jumladan, inson xatti-harakatlari markaziga seksual moyillikni qoʻyish)ni inkor etgani holda, ularni yangi nuqtai nazar bilan boyitish yoʻlidan boradiki, bu holni freydizmning inkori emas, balki ilmiy-tanqidiy, ijodiy takomili, deb atash toʻgʻriroq boʻlur edi.

Freyd va u asos solgan freydizm taʼlimoti inson ongini uch qismdan tarkib topgan nihoyatda murakkab qurilma sifatida tushuntiradi, bular: ONG, ONGOSTI, GʻAYRISHUUR. Bu tamoyil boʻyicha, inson hayoti davomida duch keladigan jamiki voqelik mana shu uch “qavat”ning birida, albatta, makon topadi. Odamning koʻrgani, eshitgani, kuzatgani, oʻylagani, his qilgani – hech bir narsa izsiz yoʻq boʻlib ketmaydi. Uning oʻzi “esimdan chiqardim”, “unutdim”, “xotiramdan koʻtarilibdi”, deb oʻylagani barcha narsalar uning yo ongi ostida yoxud gʻayrishuuri puchmoqlarida, albatta, saqlanadi.

Maʼlumki, Freyd uzoq yillar davomida ruhiy kasallarni kuzatish, davolash bilan shugʻullangan. Bu kuzatishlar esa olimni juda qiziq, aksariyat holda asosli xulosalarga olib kelgan. Masalan, u tugʻma boʻlmagan, yaʼni keyinchalik turli jarohatlar natijasida orttirilgan emas, balki ruhiy qiynoqlar sabab paydo boʻlgan asab kasalliklarining tub zamirida oʻz vaqtida izhor qilinmagan kayfiyat, nafrat, muhabbat, his-hayajon faktorlari, turfa tuygʻular, olinmagan oʻch, qolib ketgan alam asoratlari yotishini aytadi. Darhaqiqat, “kechagina tuppa-tuzuk yurgan odam”ning bir kunda telba boʻlib qolishiga dabdurustdan izoh topish oson emas. Freydizm esa buning oʻsha “tuppa-tuzuk yurgan odam” hayotida qachonlardir yuz bergan oʻta muhim voqea-hodisa bilan bogʻliqligini, garchi oʻsha hodisani odamning oʻzi unutganman, deb hisoblasa-da, uning ongosti yoxud gʻayrishuuri unutmaganini, unuta olmasligini isbotlaydi.



Shu joyda olim biografiyasiga qaytib, u 1885 yildan boshlab Parijning mashhur psixiatri Jan Sharko klinikasida ishlaganini eslashimizga toʻgʻri keladi. J. Sharko oʻzining ruhiy xasta bemorlarini, jumladan, gipnoz yordamida ham davolar edi. Avvaliga bu usulni qoʻllab-quvvatlagan Freyd, keyinchalik davolashni gipnozsiz ham undan-da samaraliroq amalga oshirish mumkinligini aniqladi. Freyd bemorlar bilan erinmay, muntazam soʻzlashish, bunda ularni oʻz holiga toʻla qoʻyib berish, erkin muloqotga kirishish yoʻlini tanlaydi. Bu borada olimning shogirdlaridan biri, keyinchalik fanda oʻz yoʻlini yaratishga muvaffaq boʻlgan Frits Vittels oʻzining “Freyd. Uning shaxsi, taʼlimoti va maktabi” kitobida qiziqarli epizodlarni keltiradi. Masalan, Freyd oʻz bemorlari bilan kerak boʻlsa oylab va yillab suhbatlashishdan erinmas ekan. Avvaliga oʻzini boʻlganidan ham battarroq jinni qilib koʻrsatishga harakat qiladigan bemorlar kun oʻtgan sayin bundan maʼno yoʻqligini istar-istamas tan olar, bitta gapni uch kun, besh kun qaytaraverishdan charchab, boshqa tafsilotlarga oʻtar, nihoyat, ajoyib kunlarning birida hayotida qachondir yuz bergan nedir bir muhim hodisa esloviga yetib borar, mana shu kundan eʼtiboran u ongi ostida yoki gʻayrishuurida oʻrnashib olgʻib uni qiynayotgan darddan forigʻ boʻla boshlardi. Vittels tili bilan aytganda: “bemorlar oʻzining qarshisida oq xalatli iblislar oʻtirganidan bexabar holda, butun dardu dunyosini ularga toʻkib solish orqali tuzalish yoʻliga yetib kelishardi”. Demak, yuqorida eslatilganidek, vaqtida, “issigʻida” izhorini topmagan kuchli, emotsional tuygʻular, kun kelib oʻz egasining aqldan ozishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlsa, mohir psixiatr tomonidan oʻtkazilgan xolis, samimiy, erkin muloqot – darddoshlik seanslari uni bu ogʻir xastalikdan xalos qilishi mumkinligi oʻz isbotini topadi. Shu munosabat bilan oʻzimizning oʻzbekona turmush tarzimiz, tajribalarimiz toʻgʻrisida ham ozgina toʻxtab oʻtsak, bizningcha, zarar qilmaydi. Masalan, xalqimizda “Elakka chiqqan xotinning ellik ogʻiz gapi bor” degan beozorgina ibora mavjud. Ayrim erkaklar uni iztehzo bilan aytishni xush koʻrishadi. Holbuki, oʻsha erkaklar oʻzini bir marobata ayoli oʻrniga qoʻyib koʻrganida edi, balki istehzo oʻrnini achinish, koʻngilni anglash, dardi bilan qiziqish singari insoniy amallar egallagan boʻlarmidi. Gap shundaki, qoʻshninikiga elakka chiqqan oʻsha xotin uyida ishi boshidan oshib yotganini yaxshi biladi. Qolaversa, elak egasining ham yumushi yetarli. Xoʻsh, unda bu ikkov nechun bu qadar – dunyoni unutar darajada suhbatga (ayrimlar tilida – “gʻiybatga”) berilib ketishadi? Bu jumboqning javobi aniq: ular qaynona-qaynotasiga, ota-onasiga, opa-singlisi-yu, aka-ukasiga (birda qoʻrquv, birda istihola, birda hayiqish, birda uyat va h. k. va h. k. sabab-omillarga koʻra!) ayta olmaydigan, aytishni xayoliga-da keltira olmaydigan oʻylari, tuygʻulari, hislari, kechinmalarini… qisqa qilib aytganda, dardu dunyosining bir qismini (shunda ham, Xudo saqlasin, hammasini emas!) oʻzidek inson oldida toʻkib soladi. Shu bilan yengillashadi – jismi emas, ruhi yengil tortadi. U ayni yoʻl bilan boʻlgʻusi ogʻir dardlardan oʻzini forigʻ qilishga gʻayrishuuriy tarzda urinadi. Axir, oʻzingiz ayting, uni eshitadigan, u bilan dardlashishni istaydigan boshqa kim bor? Burni oqib turgan bolasimi yoki kun boʻyi ishlab, “togʻni talqon qilib” horigan, “qulogʻiga xotinlarning

Yana bir gap shundan iboratki, 1930 yilning yozida Z. Freyd nemis xalqining buyuk mutafakkiri Gyote nomidagi mukofot bilan taqdirlanadi. Oradan uch yil oʻtib esa Germaniya taxtiga millatchi-sotsialistlar yetakchisi Adolf Gitler oʻtiradi. Uning amalga oshirgan eng tuban ishlaridan biri – Henrix Heyne, Tomas Mann, Frans Kafka, Albert Eynshteyn singari yuzlab tafakkur daholari yaratgan asarlarni, shu jumladan Zigmund Freyd kitoblarini ham quvgʻin qilgani, barcha yahudiylar qatori olimni ham jismonan mahv etish payiga tushgani boʻldi. Shogirdlari olimni mamlakatni tark etishga har qancha daʼvat qilishmasin, u bunga koʻnmaydi. Biroq 1938 yilda Avstriya Germaniyaga qoʻshib olinganidan soʻng boyagi quvgʻinlar oʻta xatarli tus oladi: qizi Anna hibsga olinadi, Freydning oʻzi gestapoga soʻroqqa chaqiriladi. Nihoyat, Angliyaga ketmoqdan oʻzga chorasi qolmagan Zigmund Freyd, AQSH Prezidenti Franklin Ruzvelt aralashuvi, Gretsiya va Daniya qirolichasi Mari Bonapartning (olim uni davolagan, ilm oʻrgatgan edi) moliyaviy koʻmagi bilan (Uchinchi reyx koʻchmoqni istagan yahudiylardan “german hukumati oldidagi qarzni undirish” bahonasi bilan juda katta pul talab qilgan!) tugʻilgan yurtini tark etadi. Zigmund Freyd umrining soʻnggi oylarini Angliyada oʻtkazadi. Boʻqoq saratoni kasaliga chalingan olimning ahvoli tobora ogʻirlashib, 1939 yilning sentyabrida 83 yoshida olamdan oʻtadi.



Download 25,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish