Bolalar psixologiyasi muammolarining o‘rganilishi


Bolaning psixik taraqqiyotidagi qarama-qarshiliklar va rivojlanish qonuniyatlari



Download 30,24 Kb.
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi30,24 Kb.
#334760
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu Bolalar psixologiyasi muammolarining o'rganilishi

Bolaning psixik taraqqiyotidagi qarama-qarshiliklar va rivojlanish qonuniyatlari.

Bolaning psixik taraqqiyoti murakkab jarayondir. Buni xal etishda bolalar psixologiyasi, avvalo hayotda sinalgan, tajribalarda pishib yetilgan quyidagi asoslarga suyanadi:

1) Taraqqiyot, o‘sish, rivojlanish qarama-qarshiliklar kurashi va ziddiyatlardan iboratligi;

2) bolalar kamoloti haqidagi fanga xilof nazariyalarni, qarshiliklarni tanqidiy taxlil qilinganligi;

3) hozirgi kunga qadar bolalar psixologiyasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, tajribalarning natijalari;

4) komil insonni tarbiyalashda erishilgan amaliyot natijalari.

Bularga asoslanib bolaning psixik taraqqiyoti qanday rivojlanadi, unga ta’sir etuvchi omillar nimadan iborat, unda biz nimalarga e’tibor berishimiz lozim degan murakkab masalalarni xal qilishimiz mumkin.

Ma’lumki bola psixikasining taraqqiyoti (o‘sish-miqdoriy jihatdan ortish; taraqqiyot ham miqdor, ham sifat jihatidan o‘zgarishdir . bola jismonan o‘sadi, psixik jixatdan taraqqiy qilishi) haqida 2 xil qarashlar mavjud.

1-qarashlarga muvofiq, taraqqiyot avvalgi narsaning oddiy takrorlanishidan, organizmida mavjud bo‘lgan muayyan sifatlarning shunchaki ko‘payishi yoki kamayishidan iborat. Bunday yo‘nalish tarafdorlari o‘z-o‘zidan shaxs taraqqiyotining tub sabablarini ochib bera olmaydilar.

2- qarashlarga muvofiq, taraqqiyot ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar kurashidan iboratdir. Bu ilmiy yo‘nalish bo‘lib, bola taraqqiyotini organizmning xususiyatlari bilan tashqi muhit sharoiti organizmga tobora yangi talablar qo‘yadi; organizm yangi sharoitga moslashar ekan, yangi sifatlar hosil qila boshlaydi va taraqqiy qiladi.

Demak, psixik taraqqiyot ham qarama-qarshiliklar kurashidan iboratdir. Bu qarama-qarshiliklar:

1-dan bolaning shu choqqacha erishgan taraqqiyot darajasi, imkoniyatlari bilan yangi extiyojlariga orasidagi qarama-qarshiliklar, unda extiyoj oldin paydo bo‘ladi, lekin imkoniyat yetarli bo‘lmaydi. Misol: xali yurishga o‘rganmagan bola yurib ketishiga extiyoj sezadi, lekin bola o‘z muvozanatini saqlay olmagani, oyoqda tik tura olmagani uchun u yura olmaydi.

2-dan bolaning eski xulq –atvor shakllari bilan yangi hatti-harakatlari, yangi tashabbuslari orasidagi qarama-qarshilk (taqlid-tashabbus). YA’ni bunda tashabbus oldin paydo bo‘ladi va boladan mustaqillikni talab qiladi, lekin mustaqil harakat qilish uchun bola kattalarga taqlid qilishdan voz kechishi va mustaqil harakatlanishi kerak.

3-dan, bolaning hayot mazmuni bilan uning shakli o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Hayot mazmuni ilgari, hayot shakli esa keyin shakllanadi. Misol: maktab hayotini mazmuni hammaga tanish. 1- sinfga qadam qo‘ygan bola maktab qoidalarini xali yaxshi tushunmaydi. Lekin maktabda tizimli ta’lim jarayoni bolani o‘z talablariga ko‘niktira boshlaydi, bunda bolada ko‘pgina psixologik qiyinchiliklar ro‘y beradi. Bola esa avvalo qiynalib, keyinchalik unga o‘rganib, yangi hayot shakliga o‘rganadi.

Bolalar hayotida uchraydigan turli qiyinchliklar, qarama-qarshilik va ziddiyatlar bolani psixologik tomondan rivojlanib, shakllanib borishiga sabab bo‘ladi.

Bolani psixik taraqqiyoti qanday shakllanishidan qat’iy nazar, u mo‘ayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Lekin muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar (keng ma’noda olganda) ikkilamchidir. Chunki bu qonuniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatiga va tarbiyaga bog‘liqdir.

Psixik taraqqiyot qonuniyatlariga notekistlik qonuni, psixika integratsiyasi qonuni, plastiklik va kompensatsiya qonuni kiradi.

1. Psixik rivojlanishning notekisligi shundan iboratki, har qanday sharoitda, xatto ta’lim tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, psixik funksiyalari va psixik xususiyatlari rivojlanishining bitta darajasida to‘xtab turmaydi. Bolalarga bir xil tarbiya berilsa ham bolalar uni turlicha qabul qiladilar. Chunki ularning o‘ziga xos individual xususiyatlar mavjud, nerv tizimining xususiyatlari, tiplari turlicha, yashasha sharoiti tarbiyaviy ta’sirlar turlicha bo‘lgani uchun ham psixik taraqqiyot yo tezlashib, yo sekinlashib ba’zan to‘xtab tutilib qolishi mumkin. Shu sababli psixik taraqqiyotni notekis rivojlanishi mumkin deb e’tirof etiladi.

2. Integratsiya qonuni – inson psixikasini o‘z taraqqiyoti davomida tobora ko‘proq yaxlitlik, birlik, mustaqillik va doimiylik xususiyatlarini kasb eta borishidir. Bunda yoshlikda hosil bo‘lgan psixik xususiyatlar taraqqiyot davomida bora -bora kishining asosiy xususiyatiga, yoki xarakter xislatiga aylanadi va bu xislat shu kishining hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoladi. Bu qonunga binoan psixik rivojlanish psixik xolatlarning asta-sekin o‘sib, shaxs xislarlariga aylanishdan iborat bo‘lgan qonundir.

3. Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati qonuni. Bu qonun asab tizimining plastiklik xususiyati bilan bog‘liqdir. Yosh bola ijtimoiy munosabatlarga kirishar ekan u albatta ularni o‘ziga o‘zlashtiradi, tahlid qiladi. Natijada u ham aqliy tomondan shakllanadi. Ta’lim–tarbiya sharoitida bolani, maktab o‘quvchisining psixikasini maqsadga muvofiq o‘zlashtirishning boy imkoniyati asab tizimining ana shu plastikligiga asoslanadi. Plastiklik kompensatsiya (to‘ldiruvchanlik, tovon, badal) uchun ham yo‘l ochib beradi: bir xil psixik funksiyaning rivojlanishi zaif yoki nuqsonli bo‘lsa, uning faoliyatini zo‘r uyushganligi va aniqligi bilan kompensatsiya qilish mumkin, ko‘rishdagi nuqsonlar, qisman, eshitish analizatorining o‘tkir darajada rivojlanishi bilan kompensatsiya qilinadi(to‘ldiriladi). Tarbiyachi va o‘qituvchilar bolaga ta’lim–tarbiya berish jarayonida psixik taraqqiyotning qonunlariga amal qilishlari va bolaning taraqqiyot xususiyatlarini bilgan holda ularga ta’lim va tarbiya berishlari maqsadga muvofiqdir.




Download 30,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish