BOLALAR PSIXOLOGIYASI HOZIRGI DAVRDAGI AHAMIYATI
Rеja:
Kirish
1. Fanning asosiy katеgoriyalari
2. Bolalar psixologiyasi fanining prеdmеti va vazifalari
3. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar ilanaloqasi.
4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot
Xulosa
Foydanalilgan adabiyotlar
KIRISH
Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog’i bo’lib, u turli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdеk, bir yosh bosqichidan bosqasiga o’tish qonuniyatlarini o’rganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e'tibori tug’ilgandan yyеtuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin yozganidеk, bola jamiyat a'zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobiliyati go’daklikdan yеtuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayonning o’ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.
bolalar psixologik rivojlanishining umumiy va aloxida xususiyatlarini, turli yosh bosqichlarida bu jarayon qanday kechishi, uni harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi. Shu sababli Bolalar psixologiyasi ni koʻpincha yosh psixologiyasi deb ataydilar. Bolalar psixologiyasi bolalarda psixik jarayonlar (maʼrifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va h. k.) paydo boʻlishi va rivojlanishini, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilmaxil faoliyatning (oʻyinlar, oʻqish, mehnat) rivojlanishini, bolaning shaxs sifatida shakllanishini oʻrganadi. Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari bor. Bola shaxsi yosh xususiyatlarini oʻrganishda koʻndalang kesma va longityud deb nomlangan tadqiqotlar oʻtkaziladi.
Birinchi holatda birgina psixik jarayonning oʻzi bir vaqtda turli yosh guruhlariga taalluqli boʻlgan bolalarda tadqiq qilinadi. Ikkinchi holat (longityud) da esa maʼlum bir (alohida tanlab olingan) bolalarning psixik xususiyatlari koʻp yillar davomida tadqiq qilinadi. Bu esa oʻz navbatida ular psixikasi rivojlanishining umumiy kechishini kuzatish imkoniyatini beradi. Bolalar psixologiyasi 19-asr oʻrtalarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi. U pedagogika psixologiyasi, ped., oliy asab faoliyati fiziologiyasi bilan chambarchas bogʻlangandir. Uning maʼlumot va xulosalari yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti uchun, umumiy psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda Bolalar psixologiyasi masalalari boʻyicha i. t.lar olib borilmoqda (M. G. Davletshin, M. M. Vohidov, S. A. Oxunjonova, F. B. Shoumarov va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |