2.3 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak atrofni o‘rganish.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribalardan shuni ko‘rish mumkin-ki bolalar tevarak atrofii orientirovka qilishga o‘rganayotganlaridayoq oddiy terminlardan murakkabroqda, tevarak atrof terminlariga o‘ta boshlaydilar. Ularning nutqdaridagi «shu yerda», «u yerda», «mana» kabi so‘zlari (biror predmetni ko‘rsatib, aytib) «yonida», «yaqinda», «yonma-yon» kabi yangi terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo‘la oladi.
Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig‘ini aniqlay bilishi boshlang‘ich bilimlarning rivojlanishidir.
Bolaning yanada o‘rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u «oldinda», «oldin», «orasida», «orqada» va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning bulardan foydalanishining hammasi «yonida», «yaqinida», «yonma-yon» kabi tushunchalarni yaxshi egallanishining natijasidir.
Predmetlarning «birin-ketin», «ketma — ket» ko‘shilishi bolalarda bir gruppa predmetlarning joylashuvini aniqlashga yordam beradi.
Masalan hamma o‘yinchoqlar ketma — ket turibdi, lekin quyon oldinda, matryoshkalar o‘rtada, qo‘g‘irchoq esa oxirgi orqasida turibdi.
Bola orientirovka qilishga o‘rganayotganida «yonma-yon» so‘zining ma’nosiga keyinroq tushunadi, yoki «o‘rtada», «orasida» kabilarni o‘rganib bo‘lgach, keyinroq «atrofida», «chetida», yoki «yonidan», yana keyinroq borib bola bu so‘zlarni atroflicha tushuna boshlaydi va chap tarafdami? Yoki o‘ng tarafdami? farqlay boshlaydi. Lekin bolalarga tevarak atrofni orientirovka qilishga o‘rgatish ishini turli yo‘llar va yo‘llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak.
Pedagogik masala № 1.
Katta tarbiyachi bitta gruppada faqat 2 ta tarbiyachi o‘tkazgan matematika mashg‘ulotini kuzatdi. Mana bu yozuvlarni analiz qiling: «Zahpo Voxidovnada» mashg‘ulot uchun hamma narsa oldindan tayyorlangan. Bolalar mashg‘ulotga kirishdilar. Tarbiyachi bolalarga hulqlari haqida eslatishni yodidan chiqarmadi. Mashg‘ulot davomida bolalar aktiv qatnashdilar, o‘rtoqlariga yordam berdilar, aniq bo‘lmagan narsalarni to‘g‘riladilar. Sanash ko‘nikmasi mustahkam, ko‘z bilan chamalashlari rivojlangan, lekin fizkult daqiqa jarayonida bolalar engashganlarida yo‘nalishni adashtiradilar. Naima Hoshimovna bolalarni mashg‘ulotga 10 minut kechga qolib taklif qildi, ya’ni navbatchilar stolga tarqatma materiallarni tarqatib chiqishga ulgurmadilar. Mashg‘ulot jarayonida bolalarning diqqatlari bo‘lindi, o‘tirgan joylarida shovqin qildilar. Harakat vaqtida orietirovka qilishda xatolar ko‘p bo‘ldi, bolalar o‘ng va chap yo‘nalishda ko‘p adashdilar. Tarbiyachi bolalarni shoshiltirdi., mashg‘ulotta yakun yasamadi, lekin bolalarning xulqiga ob’ektiv baho berdi.
«Kunduzi kim qaerda ishlaydi?» o‘yinini boshlagach, tarbiyachi kunduz — shunday vaqtki, bunda hamma kishilar ishlamaydi. Ba’zilar chiroyli buyumlar qiladilar, uy quradilar, meva va sabzavot yetishtiradilar, fabrika va zavodlarda ishlaydilar. Yaxshi mehnat kishini bezatadi va xursand qiladi. Mana biz ham shahar ko‘chalariga boramiz, kim qanday ishlayotganini ko‘ramiz. Kunduzi ko‘chalarda odamlar, mashinalar ko‘p, ko‘cha harakati qoidalariga rioya qilish kerak. Qani eslab ko‘ringlar, ko‘chadan o‘tayogganda qanday qoidalarga rioya qilish kerak. Ko‘chada o‘zini qanday tutish kerak. SHahar ko‘chalari bo‘ylab sayohatdan so‘ng tarbiyachi illyustratsiyadan foydalanib, bolalar olgan bilimlari va tasavvurlarini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |