Bolalar kasalliklari propedevtikasi


Sеzgi a’zolarining rivojlanishi



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

Sеzgi a’zolarining rivojlanishi. 
 Ko‘rish.  Ko‗z  homilalikning  3-  haftasida  bosh  miya  naychasining 
ohirgi  qismidan  ko‗z  tur  nardasi  xujayralarini  ajralishi  bilan  paydo  bo‗ladi. 
Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarda  ko‗z  olmasi  va  ko‗ruv  analizatorlarini 
rivojlanishi  juda  ham  past  darajada  bo‗ladi.  Ko‗z  olmasi  chaqaloqlarda  va  12 
yoshgacha  bo‗lgan  bolalarda  kattalarga  qaraganda  nisbatan  kattaligi  bilan 
farq  qiladi.  Chaqaloqlarda  ko‗z  olmasi  og‗irligi  2.29  g.  bo‗lib,  bolani 
bo‗tun o‗sish davrida uni og‗irligi 2 marotaba ortadi. Ko‗z olmasini hajmi va 
vaznini  ortishi  3-5  yosh.gacha  jadal  suratda  kechib,  keyin  sekinlashadi  va 
pubertat yoshiga kelib to‗xtaydi.  Ko‗zning  oq  pardasi  bola  tug‗ilganda  tiniq 
bo‗lmay,  xira bo‗ladi, emadigan  bolalarda  esa  xavo  rangda  bo‗ladi.  Muguz 
parda  chaqaloqdarda  ancha  qalin  bo‗lib,  oq  pardadan  yaqqol  ajralib  bir  oz 
oldinga  chiqib  turadi.  Katta  bo‗lgan  sari  muguz  parda  yupqalashadi  va  oq 
parda  bilan  chegarasi  yo‗qola  boshlaydi.  Chaqaloqlarning  ko‗z  gavhari 
dumaloq  shaklda  bo‗lib,  nisbatan  katta,  shuning  natijasida  bolalar  ko‗zining 


 
69 
oldingi  qismi  bo‗shlig‗i  juda  kichik  bo‗ladi.  Ko‗z  gavharining  vazni 
chaqaloqdarda  66  mg.,  bir  yoshda  124  mg.,  kattalarda  170  mg.  bo‗ladi. 
Bolani yoshi kattalashgan sari gavhar uzuniga o‗sib, yasmiqga o‗xshab qoladi. 
Chaqaloqlarning ko‗z qorachig‗i diametri juda kichik, bir yoshli bolalarda 1.5 
mm.  dan  oshmaydi,  bir  yoshdan  keyin  2.5  mm.,  6-12  yoshda  3.2  mm. 
bo‗ladi. Chaqaloqlarda shishasimon modda tiniqqa yaqin, ko‗ruv nervi va to‗r 
parda  yaxshi  rivojlanmagan  bo‗ladi.  ko‗rish  nervining  aylanasi  -  0.8  mm., 
20  yoshga  borganda  bu  o‗lcham  2  barovarga  ortadi.  ko‗rish  nervining  tolalari 
bola  tug‗ilganda  mielin  bilan  yaxshi  qoplanmagan,  mielin  bilan  qoplanish 
jarayoni  3-4  oylik  davrigacha  davom  etadi.  Chaqaloqlarda  ko‗z  kosasi 
nisbatan  keng,  gorizontal  o‗lchami  tik  o‗lchamidan  ko‗p,  ko‗rinishi  3  qirrali 
piramidaga  o‗xshash  bo‗ladi.  Chaqaloqlarda  va  ko‗krak  yoshidagi  bolalarda 
ko‗z  kosasining  bunday  tuzilishi  bosh  suyagining  yaxshi  rivojlanmaganligi 
hisobiga  bo‗ladi.Chaqaloqlarda  ko‗z  yoshi  kanali  nisbatan  keng  va  kalta, 
tashqi  teshigi  qovoq  burchagida  joylashgan  bo‗lib,  koptokchalari  yaxshi 
rivojlanmagan  bo‗ladi.  Bu  holat  mikroblarni,  changlarni  burun  kanallari 
orqali  tez-  tez  qovoq  oralariga  o‗tib,  uni  yallig‗lanishiga,  qon‘yuktivit 
xastaligiga olib kelishi mumkip. 
Ko‗z olmasi chaqaloqlarda va 10-12 yoshgacha bo‗lgan bolalarda kattalarga 
nisbatan  kattaligi  bilan  farq  qiladi  va  bolani  bo‗tun  o‗sish  davrida  uni  og‗irligi  2 
marotaba oshadi. ko‗rish asabini ko‗z sezuvchi xujayralarini bo‗tunlay shakllanishi 
bir yoshda tugaydi. 
Chaqaloqlarda  yosh  bezlari  nisbatan  kichik,  bez  pufakchalari  yaxshi 
rivojlanmagan,  chiqaruvchi  naylari  tor.  Yosh  ajralishi  (yig‗laganda  ajraladigan 
yosh)  bolalarda  2  oyligida  ba‘zan  esa  4-5  oyligida  paydo  bo‗ladi.  Yosh 
ajralmasligi,  yosh  ajratuvchi  markazga  bog‗liq  bo‗lib,  yosh  ishlovchi  bezlar  esa 
normal holda ishlashi mumkin. 
Bola  birinchi  kundan  boshlab  ko‗radi,  lekin  markaziy  chuqurchani 
gistologik  tuzilishining  o‗ziga  xosligidan  aniq  ko‗rish  qobiliyatini  yo‗qotadi. 
Chaqaloq  bolalarda  ko‗z  harakati  takomillashmagan,  shuning  uchun  6-10  hafta 
ichida  fiziologik  g‗ilaylik  kuzatilishi  mumkin.  Ko‗z  olmasini  qimirlab  turishi 
(nistagm) ham kuzatiladi. 
Chaqaloq,  bolalarda  ko‗z  harakati  takomillashmagan,  shuning  uchun 
6-10  hafta  ichida  fiziologik  g‗ilaylik,  hamda  ko‗z  olmasini  qimirlab  turishi 
(nistagm)  kuzatilishi  mumkin.  Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarda  yillarida 
meyorida  fotofobiya  kuzatilib,  ko‗zi  deyarli  doimo  yumuq  bo‗ladi, 
ko‗rish  o‗tkirligi  20/300  atrofida  bo‗ladi.  2  haftalik  davrida  ranglik 
buyumga  o‗tkinchi,  3  haftadan  barqaror  nigoh  tashlay  oladi.  6  oylik  davrda 
ko‗rish  o‗tkirligi  20/200  atrofida  bo‗ladi.  Yorug‗  qizil  va  sariq,  rangdagi 
buyumlarga tez nigoh tashlaydi, ko‗z harakati muvofiqlashgan bo‗ladi. Bola 1-
2  yoshida  ko‗rish o‗tkirligi  maksimal  darajaga  yetadi.  Chaqaloq,  bolada  ko‗rish 
qobiliyatini  ko‗ziga  yorug‗lik  manbaini  yaqinlashtirib  tekshirish  mumkin. 
Bunda  bola  o‗ygoq  bo‗lsa  ko‗zini  qisib,  yuzini  yorug‗lik  tomonga 
burishga  harakat  qiladi.  Agar  bola  uxlayotgan  bo‗lsa,  ko‗z  qovoqlarini 
yanada  ko‗proq  qisib  oladi.  Kagga  yoshdagi  bolalar  ko‗rish  qobiliyati  maxsus 


 
70 
tablitsalar vositasida tekshiriladi. 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish