VOZ / YuNISEF taklif etgan tabiiy ovqatlantirishning 10 eng muhim
prinsiplari.
1. Tabiiy ovqatlantirishning barcha qoidalariga rioya qilish va bu qoidalarni
hamma meditsina xodimlari dikkatiga yetkazish.
2. Barcha meditsina xodimlarini tabiiy ovqatlantirish qoidalari bilan
tanishtirish va ularni o‗z faoliyatida qo‗llash uchun amaliy o‗rgatish.
3. Barcha homilador ayollarni ko‗krakdan boqish afzalliklari bilan
tanishtirish.
4. Ko‗zi yog‗gan barcha onalarga chaqaloq tug‗ilgandan keyingi yarim soat
vaqt ichida bolani ona ko‗krakidan boqishga yog‗damlashish.
5. Barcha onalarni ko‗krakdan to‗g‗ri boqish texnikasini va laktatsiya
jarayonini uzoq saqlab kolish usullarini o‗rgatish, hatto ona va bola alohida
bo‗lgan hollarda ham.
6. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarga ona sutidan bo‗lak hech qanday ovqat yoki
suyuklik bermaslik. Bundan tibbiy sabablarga ko‗ra kiritiladigan maxsulotlar
mustasno.
7 Ona va bolani sutka davomida birga bo‗lishini ta‘minlash.
8 Ona suti bilan boqilayotgan barcha yangi tug‗ilgan chaqaloqlarni ona
ko‗krakini immitatsiya kiluvchi yoki tinchlantiruvchi sun‘iy maxsulotlarni
bermaslik.
9 Bolani ona ko‗krakidan, uning talabiga mos boqish, ya‘ni ko‗krakdan
boqilayotganda boqishlar o‗rtasidagi interval, boqish soni va sut miqdorini
bolaninig o‗zi belgilaydi.
10. Ko‗krakdan boqishni targ‗ib qiluvchi guruxlarni tashqil kilishni keng
yo‗lga qo‗yish va bu guruxlarga homilador ayollarni, ko‗krakdan boqayotgan
onalarni yo‗llash.
316
Shunday qilib yuqorida keltirilgan dalillardan quyidagi xulosalar kelib
chikadi:
1. Bola 4 - b oylik bo‗lgunga qadar ona suti uni barcha ozuqa
mahsulotlariga, energiyaga, vitamin, tuzlarga, suyuqlikka bo‗lgan talabni to‗liq
qondira oladi. Shuning uchun ham bolani yuqorida keltirilgan yoshgacha, unga
korreksiyalovchi mahsulotlarni (sharbatlar, vitaminlar, tuzlar, suyuqlik va x.k.o.)
berish tavsiya etilmaydi.
2. Yangi tug‗ilgan chaqaloqni erta (dastlabki 0,5 soat) ko‗krakdan boqish,
bolaning kelgusida faqat ona suti bilai boqishga asosiy zamin bo‗la oladi.
3. Bolani ko‗krakdan boqishda hech qanday kun tartibiga rioya kilmasdan,
balki yangi tug‗ilgan chaqaloqlik davridan uni signallariga rioya qilib boqish.
4. Xar doim ona va bolani birga bo‗lishini ta‘minlash (tug‗ruqxonadagi davr
nazarda tutulgan).
5. Sutkadagi ko‗krakdan emizishlar soni 8-10 marta, yangi tug‗ilgan
chaqaloq tug‗ilgandagi og‗irlikni tiklab olgunga qadar boqishlar o‗rtasidagi
interval esa 3-soatdan ortmasligi kerak.
6. Xar bir ko‗krakdan boqish vaqti 10 - 20 minutgacha, lekin individual
variantlarni albatta nazarda tutish va bunda soatga emas balki emish va yutinish
aktivligiga e‘tiborni karatish kerak.
7. Bola emayotgan sutning uning talabini qondirayotganligini quyidagicha
baholash tavsiya etiladi:
Birinchi xaftani oxiriga kelib chaqaloqning najasini sutkada eng kamida 4-
marta bo‗lishi, hamda sutkada bola xo‗l kilayotgan pelyonkalar soni 15-20 taga
yetishi. Emib bo‗lgaidan keyin bolaning kayfiyatini qonikarli bo‗lishi. Bolani
og‗irligi kuniga 15- grammdan 30- grammgacha ortib borishi va ikkinchi xaftada
tug‗ilgandagi massasiga kaytishi (birlamchi fiziologik massani yo‗qotish davridan
keyin)
Ona ko‗kragidagi sut hosil bo‗layotganligi belgilari esa 6u xar bir
emizishdan oldin ona ko‗kragini sut bilan to‗lishini xis qilishi, sutni oqishi, emizib
bo‗lgandan keyin esa sutni ko‗krak bezlarida qolishi va chaqaloq og‗zida sutni
ko‗rinishi kabilardir.
Yuqorida biz bolani ko‗krakdan boqishning texnikasi va x.k. bilan tanishib
chikdik. Lekin xurmatli o‗kuvchimizda bolani o‗sishi, rivojlanishi uchun kerak
bo‗lgan sut miqdorini aniklash, hamda bolani ozuqa ingredientlariga bo‗lgan talabi
qanday bo‗lishi kiziktirishi mukarrar.
Shuning uchun ham biz emizikli bolalar sutkada olish kerak bo‗lgan sut
miqdorini aniklashda xozirgacha keng qo‗llaniladi, o‗zini amaliyotda oqlagan
ayrim hisoblash usullarini keltirib o‗tishni lozim deb topdik. Bola emayotgan
sutning uning talabini qondirayotganligini ob‘ektiv baholashni ayrim belgilarini
yuqorida ham ko‗rsatib o‗tgan edik. (35- betga karang).
Emizikli bolalarni sutkada olish kerak bo‗lgan sut miqdorini aniklashda
yaqingacha "xajm" usulidan keng foydalanib kelindi. Bu usul bo‗yicha kerak
bo‗lgan sut miqdori bolaning yoshi va massasiga qarab aniklanadi ya‘ni, agar
bolaning yoshi 2- xaftadan 6- xaftagacha bo‗lsa u massasining 1/5 qismiga teng
mikdordagi, 6-xaftadan- 4- oygacha massasining 1/6 qismiga, 4- oydan-6- oygacha
317
esa 1/7 qismiga va nixoyat 6- oydan-9- oygacha massasining 1/8 qismiga teng
mikdordagi sutni emishi kerak bo‗ladi. Masalan:
2 oylik, massasi 4800 bo‗lgan chaqaloq sutkada massasining 1/6 qismiga
teng mikdordagi ya‘ni 800 ml sutni emish kerak (4800 : 1/6 = 800 ml).
Do'stlaringiz bilan baham: |