3 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarning aminoqislotalarga bo‘lgan talabi
299
(Mazurin A. V., Voronsov I.N. dan olindi, 1986).
Aminoqislotalar g/kg
Ovqatlantirish turi
tabiiy
sun‘iy
valin
leysin
izoleysin
fenilalanin
metionin
treonin
leysin
triptofan
gistidin
0,078
0,270
0,088
0,092
0,034
0,074
0/P4
0,037
0,030
0,097
0,279
0,097
0,100
0,057
0,185
0,114
0,34
0,034
Ona suti tarkibidagi immunoglobulinlar va yana bir qator faktorlar borki, bu
faktorlar bolani yuqumli infeksion kasalliklarga chalinishini oldini oladi. Hozirgi
paytda ma‘lumki, ona organizmida infeksion antigen bilan oshqozon ichak
sistemasida, nafas yo‗llarida. terida va x.k. qontaktda bo‗lgan limfotsitlar sut
bezlari alveolalariga kirishi va buning natijasida hosil bo‗lgan immun
donachalarini, shu jumladan limfotsitlarni ham sut orqali bola organizmiga o‗tishi,
undagi immunitet jarayonini, sun‘iy ovqatlantirilayotgan bolalarga nisbatan yetuk
ekanligini bildiradi. Sut bilan bola oshqozon ichak sistemasiga tushgan aktiv
leykotsit va limfotsitlar ham o‗z himoya funksiyasini davom ettirish xususiyatini
saqlab koladi (5a-tablitsaga karang).
Ona suti tarkibidagi fermentativ faoliyatni bajaruvchi oqsillarining ham
biologik ahamiyati nihoyatda katta. Ko‗krak sutida asparagin, alanin
aminotransferazalar, degidrogenazalar va katalaza aktivligi nihoyatda baland.
Oqsilni parchalovchi gidrolitik fermentlarining ahamiyati esa nihoyatda katta,
chunki bola oshqozon va ichak sistemasidagi bu fermentlar aktivligi past, ayniqsa
hayotining dastlabki oylarida ayni paytda ko‗krak sutidagi pepsinogen, tripsin,
antitripsin aktivligi ayniqsa og‗iz sutida va laktatsiyaning dastlabki oylarida baland
bo‗lishi kuzatilgan. Bundan ko‗rinadiki, bola dastlabki oylaridagi oshqozon ichak
sistemasidagi fermentativ yetishmovchiliklar ona suti tarkibidagi fermentlar
hisobiga to‗ldiriladi, ya‘ni ona suti oqsili autolitik yo‗l bilan ham parchalanadi.
Ona suti tarkibida 19 dan ortiq fermentlar aniklangan. Bu fermentlar agar ona
sutiga termik ishlov berilsa parchalanadi. Ularning ayrimlarini fiziologik roli
quyida keltiriladi (5a-tablitsaga karang).
Ona suti va sigir suti tarkibidagi yog‗lar miqdori deyarli teng. Lekin ona
ko‗krak sutida to‗yinmagai essensial yog‗ kislotalarining (linol, linopen, araxidon)
miqdori sigir sutidagiga nisbatai yuqori (5-tablitsa).
Tablitsa 5.
Ona va sigir sutidagi yog‗ kislotalarining miqdori (%).
Kislotalar
Ona suti
Sigir suti
Essensial
11,0
2,0
To‗yinmagan yog‗lar
51,8
40,9
To‗yingan yog‗lar
37,2
57,1
300
Ona suti tarkibidagi to‗yinmagan yog‗ kislotalari biologik ahamiyati
shundaki, ular hujayra membranasining, mitoxondriyalar, nervlar mielin qobig‗i va
qo‗shuvchi to‗qima kabilar struktura tarkibiga kirib, bola organizmini o‗sishida,
oqsidlanish-qaytarilish jarayonida, holesterin almashinuvida, qon tomir devorlari
o‗tkazuvchanligiga, bola organizmini yuqumli kasalliklarga chidamligini
oshirishdagi ahamiyati nihoyatda katta. To‗yinmagan essensial yog‗ kislotalari
yetishmovchiligida bola jismoniy rivojlanishdan orqada qoladi, terisi quriydi,
holesterin va holin almashinuvi buzilib va bolada ekzema bilan og‗rishga moyillik
tug‗iladi (5a-tablitsaga ham karang).
Ona suti yog‗ining kimmatli sifati yana shundaki, uning tarkibida
fosfolipidlar miqdori ortiq va oshqozon ichak sistemasi shilliq qavatini kitiklash
xususiyatiga ega bo‗lgan to‗yinmagan yog‗ kislotalari (kapron, kapril, koprion va
boshqalar) miqdorini kamligidir. Sigir sutida esa bu yog‗ kislotalar miqdori ancha
baland ( 11,7%).
Ona sutidagi yog‗, sigir sutidagi yog‗dan yana o‗zining oson parchalanish,
so‗rilishi, o‗zlashtirilishi kabi xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Bu ona sutidagi
yog‗ kislotalarining qisqa uglerod zanjiriga ega bo‗lganligi, hamda bu sutning tar-
kibida lipaza fermentining mavjudligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari
essensial yog‗ kislotalari ichaklardan oqsilni so‗rilishiga ham ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadi Ona suti tarkibidagi bu yog‗ kislotalari (to‗yinmagan) MNS
tormozlanish jarayonini, araxidon kislotasi esa uni faoliyatini shakllanishida
alohida o‗rin tutadi
Ona suti tarkibidagi fosfatidlar, sigir sutidagi fosfatidlar miqdoriga nisbatan
laktatsiya jarayonining barcha bosqichlarida bir necha barobar katta. Bu
fosfatidlarning biologik ahamiyati shundaki, ular oshqozondan ichakka ovqat
massasini bir meyog‗da evakuatsiya kilinishini, yog‗ni ichakning proqsimal yuqori
qismida intensiv so‗rilishin ta‘minlaydi.
Ona sutidagi yog‗ bilan bola organizmiga uning talabini to‗la qondiradigan
mikdorda yog‗da eruvchi vitaminlar to‗shadi. Shuning uchun ham ayni paytda
tabiiy ovqatlantirilayotgan bolalarda raxitni oldini olish uchun beriladigai vitamin
D ning profilaktik dozalarini (agar bolaning onasi xaftada eng kami 2 soat-dan
ortiq insolyatsiya olsa) berish tavsiya etilmaydi. Agar onaning kuyosh nuri ostida
bo‗lishini haftalik muddati 2 soatdan kam bo‗lsa 200-300 xalkaro ta‘sir birligida
vitamin D tavsiya etiladi.
Bolaning vitamin A ga bo‗lgan talabini ham toki u 1 -2 yoshga to‗lgunga
qadar ona suti yetarli mikdorda qondira olishi aniklangan, ayniqsa dastlabki 4-6
oylar ichida, bunda faqat ona kundalik ratsioni to‗g‗ri tashqil kilinishi darkor
(vitamin
:
A, karotin tutuvchi ozukalarning yetarli mikdorda bo‗lishi). Agar bu
ozuqa mahsulotlarni ona ratsioniga kiritishni iloji bo‗lmasa, onaga vitamin A ni sof
holda kiritish ham tavsiya etilishi mumkin (V. Newman, 1993), ya‘ni onaning
kundalik maxsulotlari bilan oladigan vitamin A miqdori 660 ER/kuniga (III dunyo
mamlakatidagi emizikli ayollar uchun) dan 1540 ER/kun gacha (boy davlatlar
ayollari uchun) tavsiya kilinadi. Bolalar uchun esa bu ko‗rsatkichning eng quyi
chegarasi (VOZ/FAO bo‗yicha) 180 ER/kuniga belgilangan. Lekin bola
301
organizmida vitamin A ning yetarli mikdordagi zaxirasini shakllanishi uchun
hayotining birinchi yoshida kuniga 350 dan 370 ER/kungacha, 2-3 yoshida 400
ER/kun olish tavsiya etiladi. O‗sib kelayotgan mamlakatlar bolalarining dastlabki
13-24 oylari uchun esa bu ko‗rsatkich kuniga 140 ER/yoki 160 ER karotin
belgilangan (V. Newman, 1993).
Yuqorida keltirilgan 1-tablitsadan ma‘lumki mineral moddalarning miqdori
sigir sutida ko‗proq. Lekin ona suti tarkibidagi minerallar miqdori va sifati bola
organizmi o‗sish talablariga to‗la mos. Alohida minerallar o‗rtasidagi nisbatlar
optimal, ya‘ni oshqozon ichak sistemasidan so‗rilishiga moyilligi yuqori va
shuning uchun ham ular sigir sutidagi mineral moddalarga nisbatan osonroq
so‗riladi. Masalan, ona sutidagi Sa, R tuzlari nisbati bolaning qon plazmasidagi
nisbatiga ya‘ni 2 : 1 ga teng bo‗lsa - bu ko‗rsatkich sigir sutida 1,3 : 1. Ona suti
tarkibida temir. mis, rux kabi mikroelementlar miqdori esa sigir sutidagiga
nisbatan ko‗proq.
Do'stlaringiz bilan baham: |