Polixromofiliya – regenerativ yosh formadagi eritrotsitlar (binafsha rangga
bo‗yalgan). Qon ishlab chiqarish jarayoni kuchaysa, bunday elementlar qonda
ko‗payadi.
Makrotsitlar – katta eritrotsitlar bo‗lib, gemoglobinga boy bo‗ladi va
sog‗lom qon ishlab chiqilishini ko‗rsatadi.
Giperxromiya – gemoglobinga boy bo‗lgan katta eritrotsitlarni paydo
bo‗lishiga aytiladi; rang ko‗rsatkichi bir yoki undan ko‗p bo‗ladi. Normada
chaqaloqlarda bo‗ladi. Xastalikda suyak ko‗migida qon ishlab chiqarish jarayoni
buzilib ish qobiliyati oshib ketsa paydo bo‗ladi.
Gipoxromiya – gemoglobinni kamayib ketishi, rangli darajani 1 dan past
bo‗lishi. Normada bu emadigan bolalarda fiziologik anemiyada bo‗lishi mumkin.
Xastalikda esa hamma gipoxrom anemiyada, qizlarda xloroz kasalligida, jinsiy
bezlar ishlashi buzilganda bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |