253
birikmaganligi, og‗riq bor yoki yo‗qligi aniqlanadi. Limfa tugunlari lokal yoki
tarqalgan, yagona yoki ko‗p miqdorda kattalashgan bo‗lishi mumkin. Limfa
tugunlari 6 darajada kattalashadi.
1. darajada-bug‗doy doni,2
-darajada-mosh,3
-
darajada no‗xat,4
–darajada loviya,5-darajada-grex yong‗og‗i,6 darajada-kaptar
tuxumi.1,2,3 darajasi 3 yerda (jag‗ osti, chov, qo‗ltik osti ) normada palpatsiya
qilinib, elastik og‗riqsiz bo‗ladi. 4,5,6 darajasi limfadenit, o‗smalarda,
limfagranulomatozda kuzatiladi. Limfa tugunlarning kapsulasi ,teri osti yog‗ qavati
yaxshi rivojlanmaganligi palpatsiyani qiyinlashtiradi. Limfa tugunlarining
kattalashishi simmetrik, tarqalgan yoki chegaralangan bo‗lishi mumkin, bunday
kattalashish oddiy ko‗z bilan ham ko‗rish mumkin. Limfa tugunlarning palpatsiya
qilayotganda uni harakatchanligi ham tashxis kuyishda muhim ahamiyatga ega
bo‗lib, og‗riq o‗tkir yalliqlanishdan dalolat beradi. Limfa tugunlarning
konsistensiyasi qachon zararlanganligiga bog‗lik bo‗lib, o‗tkir yalliqlanganda
uning konsistensiyasi yumshoq, surunkali yalliqlanishda –qattiq konsistensiyada
bo‗ladi. qonni morfologik xususiyatiga to‗g‗ri baho berish klinika uchun katta
ahamiyatga ega. Masalan, terini rangini oqarib ketishiga qarab kamqonlik deb
diagnoz qo‗yilmaydi, qachonki eritrotsit va gemoglobinni tekshirib, so‗ng
qo‗yiladi. Terini rangi oq bo‗lsayu, shilliq qavatlari rangi o‗zgarmagan qizg‗ish
bo‗lsa, demak kamqonlik xastaligi yuk demakdir.
Qonni qizil qismining o‗zgarishi mikdor va sifat tomonidan bo‗lishi
mumkin. Eritrotsitlarning ko‗payib ketishi – poliglobuliya deyilib, bu haqikiy va
soxta bo‗lishi mumkin. Haqikiysi fiziologik chaqaloqlarda, baland joylarda
yashaganlarda (tog‗ kasalligi) bo‗ladi; kasalliklardan har qanday nafas qisish
holatlarida, tug‗ma yurak nuksonlarida, politsitemiya kasalligida bo‗ladi. Asosan,
haqikiy politsitemiya 5000000 dan 10000000 gacha 4-5 yoshli bolalarda ham
uchraydi. Soxta poliglobuliya qisqa vaqtli bo‗lib, bola organizmi ko‗p suyuqlik
yo‗qotganda; kuchli ich ketishda, ich buruq kasalligida, ba‘zi bir zaharli mikroblar
bilan xastalanganda, ko‗p terlaganda, organizmga oz mikdorda suv yuborilganda
kuzatiladi. Eritrotsitlarni cho‗kish tezligi qonni kimyoviy va jismoniy xususiyatiga
bog‗liq bo‗lib, millimetr soat bilan aniqlanadi. Eritrotsitlar va gemoglobinni
kamayib ketishi anemiya deyiladi, bu esa haqikiy va soxta bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: