227
parchalangan
mahsulotlarni so‗rilishiga yordam beradi.
1 yoshdan katta bolalarda tripsin faolligi 4000 shartli birliklarda bo‗ladi.
Bola xayotining dastlabki oylarida amilaza faolligi 100, kattaroq ko‗krak yoshidagi
bolalarda 500, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda 5000-8000 shartli
birliklarda
bo‗ladi. Ko‗krak yoshidagi bolalarni duodenal shirasidagi lipaza faolligi
28-30 shartli birliklarda bo‗ladi. Shunday qilib ovqat
oqsiliga pepsin, katepsin,
eripsin tripsin ta‘sir qiladi. Oshqozonda hazm bo‗lmagan qismi ichakning yuqori
qismlarida
tripsin ta‘sirida aminoqislotalargacha parchalanadi. Kolgan ba‘zi
polipeptitlarga ichak eripsini ta‘sir qiladi. Uglevodlar qisman so‗lak amilazasi va
maltaza ta‘sirida. asosan oshqozon osti bezining uglevod fermentlari (maltaza,
amilaza va boshqalar) ta‘sirida parchalanadi. Uglevodlar parchalanishnini oxirgi
mahsuloti monosaxaridlar. Sog‗lom ko‗krak yoshidagi bolalar ichagida chirish
jarayoni sodir bo‗lmaydi, indol, skatol va boshqalar hosil bo‗lmaydi. Turli aralash
ovqatlar qabul qiladigan kattaroq sog‗lom bolalarda achish va chirish jarayonlari
bir paytda davom etadi, ularning samaradorligini va o‗zaro munosabati ovqatga
hamda ichak bakterial florasi xususiyatlariga bog‗liq. Xomilaning hazm yo‗li
xomiladorlik davrida toza. Tug‗ilgandan 10-20 soat keyin bola ichagi
bakteriyalardan deyarli holi, bu aseptik toza holat deyiladi. Lekin bolaning ona
tug‗ish yo‗llaridan o‗tishi va atrofidagilar bilan aloqasi bu tozalikni buzadi,
bakteriyalar og‗iz va anal teshigidan kira boshlaydi. Dastlab og‗iz bo‗shlig‗ida
odatda
stafilakoqklar,streptoqoqklar.
pnevmoqoqklar.
ichak
va
atsedofil
tayokchalari hamda boshqa tasodifiy mikroblar tushadi. Ko‗krak yoshidagi bola
ichagining florasi qabul qilayotgan ovqat xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi. Sog‗lom
bola oshqozoni to‗g‗ri tabiiy ovqatlantirish sharoitlarida oz miqdorda ichak
tayokchalari ko‗p mikdorda enterakoqklar, vorsinalar, stafilakoqklar, achitqilar,
zamburug‗lar va boshqa ba‘zi saprofitlar mavjud. Oshqozonda kislotali muhit
kamayganda ichakning turli qismlarida anchagina mikdorda ichak tayokchasini
uchratish mumkin. Bunday manzarani sun‘iy, aralash ovqatlangan hamda hazm
qilishi o‗tkir buzilgan bolalarda kuzatilishi mumkin.
Normal ichak florasi oqsil
gidrolizi va fermentativ jarayonlarini kuchaytiradi, Uglevodli achishni yuzaga
keltiradi aminoqislotalar, V gurux vitaminlar hosil bo‗lishida
qatnashadi va ichak
patogen mikroblari rivojlanishiga qarshilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: