Ichak sekretsiyasi. Ichakka ingichka ichak shilliq qavatida joylashgan juda
ko‗p mayda bezlar sekreti chiqadi: yo‗g‗on ichakda faqat shilliq ajraladi. Asosiy
ichakda hazm qiluvchi bezlar bo‗lib Liberkon bezlari hisoblanadi: duodenumga,
bundan tashqari Brunker bezlarining ham ozgina sekreti tushadi. Erta yoshdagi
bolalarning sof ichak shirasi nisbatan kam o‗rganilgan, ichak shirasining mikdori
anchagina ko‗p. Duodenumning boshlang‗ich qismida luqma katta bolalarda ham
kislotali, ichakning keyingi qismlarida ishqoriy. Ichak shirasi muhiti RN- 7,3-7.6.
ko‗p shilliqli 0.2 % atrofida natriy karbonat, 0.6% atrofida natriy xlor tutadi. Hatto
erta yoshdagi bolalarda ichak shirasi erepsin, lipaza, amilaza, maltaza, saxaroza,
226
laktoza, nukleaza, enteroqinaza, sekretin va boshqa fermentlar mavjud.