225
davrida, maksimal darajada bo‗ladi chaqaloqlarda mushak epiteliysi tabaqalanish,
nerv chigallari shakllanishi tugallanmagan va 3-5 yoshgacha davom etadi. Doimiy
ravishda Bruner, Liber qon bezlar va Peer pilikchalari ko‗payadi. Yo‗g‗on ichak
ingichka ichakni davom ettirib, ileosekal burchakdan orqa teshikkacha davom
etadi. Yo‗g‗on ichak dastlab bo‗rtiq ko‗richak bilan appendiks, so‗ng chiquvchi va
ko‗ndalang tushuvchi sigmasimon chambar ichak hamda to‗g‗ri ichaklarni hosil
qiladi. Chaqaloqlarda yo‗g‗on ichak uzunligi 35-66 sm, u har qanday yoshdagi
bolalarda tana uzunligiga teng. Ko‗richak erta yoshdagi bolarda konus shaklida, 5
yoshdan katta bolalarda qop shaklida kattalarga nisbatan yuqori siljiydi. Bolalarda
chuvalchangsimon o‗simta kattalarga nisbatan uzunroq. Ko‗krak yoshidagi
bolalarda appendiks uzunligi turlicha bo‗lishi mumkin. U kichik tozda, jigar,
buyrak atrofida, siydik kanali ustida yoki ko‗richak orqasida joylashishi mumkin. 2
yoshgacha bo‗lgan bolalarda
appendiks keng, voronkasimon shaklli va burmalari shakllanmagan. Bu
ko‗richakdagi narsalarni appendiksga erkin tushishi va chiqishini ta‘minlaydi.
Shuning uchun erta yoshdagi bolalarda, deyarli appendiks uchramaydi. Erta
yoshdagi bolalarda chiquvchi chambar ichak katta yoshdagi bolalarnikiga
qaraganda qisqa, ichak to‗tkichi qisqa bo‗lganligi uchun kam harakatlanadi.
Ko‗ndalang chambar ichak ko‗krak yoshidagi bolalarda jigar bilan koplangan va
takasimon shaklda, harakatchan. Tushuvchi chambar ichak va sigmasimon ichak
yo‗g‗on ichakning boshqa qismlariga qaraganda uzunroq. Yosh bolalarda
sigmasimon ichak nisbatan uzun to‗tqichga ega shuning uchun oson chigallashadi.
Sigmasimon ichak halqasi uzun, bu bolalarda ko‗p uchraydigan odatdagi
qabziyatga sabab bo‗ladi.
To‗g‗ri ichak ko‗krak yoshida sust rivojlangan bo‗lib, shakli ampulasimon.
To‗g‗ri ichakning shilliq va shilliq osti qavati kuchsiz yopishgan. Toz kletchatkasi
yumshoq va ichak shillig‗ining sust yopishganligi shilliq qavatining va bo‗tun
to‗g‗ri ichakning oson «tushishiga» sabab bo‗ladi. Bolalarda ichak to‗tkichi uzun
va mustaxkam emas. Shu xususiyatlari tufayli ichak buralishlari va
invaginatsiyalari bolalarda ko‗p uchraydi. Chaqaloqlarda yog‗ klechatkasi deyarli
yo‗q, 2-3 yoshgacha u faqat ingichka ichakni qoplaydi deyarli yog‗ to‗tmaydi. 7-8
yoshda qorin yog‗i ko‗rinishiga ega bo‗ladi, ko‗p yog‗ tutadi, ichak halqalari
orasida va qorin oldingi dsvorida joylashadi. Chaqaloqlarda yo‗g‗on va ingichka
ichak o‗rtacha 3.5 metr. 10 yoshda 5.5 metr. Ichak uzunligi bola bo‗yi uzunligiga
nisbatan kattalarga qaraganda uzun. Ko‗krak yoshida ichak bo‗ydan 6.5 marta,
kattalarda esa 4.5 marta uzun.
Do'stlaringiz bilan baham: