223
Chaqaloqlarda va ko‗krak yoshidagi bolalarda og‗iz bo‗shlig‗i kichkina. alveolyar
o‗siqlar va katta tanglay bir oz shakllangan. Og‗iz bo‗shlig‗ining shilliq qavati
yumshoq va qon-tomirlariga boy, tiniq rangli va quruq. Til katta, kalta, keng
yo‗g‗on va kichik og‗iz bo‗shlig‗ini to‗ldirib turadi.Til limfatik follikulalarga boy
va co‗rg‗ichlarning hamma turiga ega. So‗lak bezlari o‗z funksiyasini bola
tug‗ilishi bilan boshlaydi, bir oyligida so‗lak miqdori oz bo‗ladi, bu bezlar
o‗lchovining kichikligi va markaziy nerv sistemasi rivojlanishining
tugallanmaganligi bilan bog‗liq. Shuning uchun bola xayotining bir oylarida og‗iz
bo‗shlig‗ining shillig‗ida quruqlik bo‗ladi. Bolalarda 4-6 oydan boshlab so‗lak
ajralishi ko‗payadi. Bu paytda bola so‗lakni yutib ulgurmaydi va so‗lak og‗zidan
oqib chiqadi. Bu jarayon fiziologik so‗lak ajralishi deyiladi. Fiziologik so‗lak
ajralishi uchlik nervni chiqayotgan tishlar qo‗zg‗atish bilan bog‗liq. So‗lak quyuq
ovqatga ko‗p, suyuk ovqatga kam ajraladi. Bu sutga nisbatan mustasno.
QIZILO‘NGACh. Erta yoshdagi bolalarda qizilo‗ngach voronkasimon,
shilliq qavati nozik. qon tomirlarga boy mushak qavati elastik to‗qima va shilliq
bezlari yetarli rivojlanmagan bo‗lib. qizilo‗ngach uzunligi chaqaloqlarda 10 sm., 1
yoshni oxirida 12 sm., 5yoshda 16 sm., 10-18 sm., 15 yosh-19 sm., kattalarda-25
sm gacha bo‗ladi. Bundan ko‗rinadiki bolalarda qizilo‗ngach nisbatan kattalapra
qaraganda uzun, chaqaloqlarda u taxminai tana uzunligining yarmiga teng
kattalarda uning 1/4 qismini tashkil kilash. Taxminan tishlardan oshqozonning
kardial qismigacha quyidagicha
hisob
lash mumkin: tana uzundigiiing 1/5 qismi (sm)
ga 6.3 sm qo‗shish kerak. Bir yoshda qizilo‗ngach kattalarga qaragan
2 ta umurtqa
yuqoridan boshlanadi.
Oshqozon chap qovurg‗a octida, kardial qismi
X- ko‗krak umurtqasining
chap tomonida joylashgan, oshqozonning chiqish qismi o‗rta chiziqka yaqin. XII
ko‗krak umurtqasi qarshisida, kindik bilan xanjarsimon usik orasida joylashgan.
Bu holat bola yoshi va oshqozon sh aqliga qarab o‗zgaradi. Ko‗krak yoshidagi
bolalarda oshqozon gorizontal holda, bola tik turishi va yurishi boshlangandan
keyin vertikal holatga o‗tadi Rengenologik tekshirishlarda oshqozon retortga
o‗xshash. noqsimon koramol shoxiga o‗xshash boshqa sh aqli ko‗rinishida bo‗ladi.
Erta yoshdagi bolalar oshqozonining shilliq pardasi qalin, qon-tomirlarga boy,
elastik to‗qima kam. Oshqozon devorining muskullari kuchsiz rivojlangan.
Ko‗krak yoshidagi bolalarda kardial qismi kuchsiz rivojlangan, pilorik qismi esa
aksincha kuchli rivojlangan. Shuning uchun oshqozonni tulishi qusishga olib
keladi. Kattalarda ovqat oshqozonga tushganda uning devorlari reflektor
bo‗shashadi, chaqaloq oshqozoni esa bunday xususiyatga ega emas. Erta yoshdagi
bolalar oshqozoni tarang tonusli. shuning uchun uning sig‗imi 30-60 ml gacha, 1
yosh oxirida oshqozon sig‗imi 250 ml, 8 yoshda-1000 ml.
12 yoshda-800-1500 ml
gacha yetadi. Oshqozonni pilorik qismi cho‗zilish xususiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: