Arkavin simptomi - bunda oldingi qo‗ltik oldi chizig‗idan pastdan
yuqoriga qo‗ltiq ostiga qarab perkussiya qilinsa, normada bu sohada bo‗g‗iq
perkussiya tovushi eshitilmaydi. Agar eshitilsa bu bronxopulmonal limfa
bezlarining kattalashganidan dalolat beradi. Bunda paravertebral chizig‗ida
o‗pka ildizi sohasida ham perkussiya tovushi bo‗g‗iklashgan bo‗ladi.
Dombrovskaya simptomi. Bunda fonendoskop yordamida yurakning
birinchi eshitish nuqtasidan yurak tonlarini eshitamiz, endi fonendoskopni
qarama qarshi tomonga (ya‘ni o‗ng tomonga) qo‗yib eshitamiz.Normada hech
qanday
yurak
tonlari
eshitilmaydi,
agar
eshitilsa
o‗pka to‗qimasi
zichlashganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |