Bolalar kasalliklari propedevtikasi


Teri  osti  yog‘  qavatini  tekshirish



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

Teri  osti  yog‘  qavatini  tekshirish.  Bolani  kuzatganda  teri  osti  yog‗ 
qavatining  hajmiga  va  taqsimlanishiga  ahamiyat  berish  zarur,  ammo  uni 
baholashda  faqat  paypaslab  ko‗rilgandan  so‗ng  xulosa  chiqariladi.  Bunda  teri  osti 
yog‗  qavatining  o‗g‗il  va  qiz  bolalarda  tanada  taqsimlanishiga  (ayniqsa  balog‗at 
yoshida)  alohida  ahamiyat  berish  kerak.  O‗ng  qo‗lni  bosh  va  ko‗rsatkich 
barmog‗i bilan-teri va teri osti yog‗ qavatini qo‗shib burma hosil qilib ushlanadi. 
Shu  tariqa  bir  yerda  emas,  bir  necha  yerda  teri  osti  yog‗  qavatining  qalinligi 
qonsistensiyasi,  shish  bor  yo‗qligi  aniqlanadi.  Teri  osti  yog‗  qavatining 
qalinligi  quyidagi  tartibda  aniqlanadi:  avval  qorinda  -kindik  atrofida  va  undan 
tashqarida,  so‗ngra  ko‗krakda  -  tush  suyagining  chekkasida  kuraklar 
orasida,  oyoq,  ko‗llarda-  sonnipg  ichki  yuzasida  va  yelkada,  yuzda-  lunj 
atrofida. 
3  yoshgacha  bo‗lgan  sog‗lom  bolalarda  teri  osti  yog‗  qavati 
qalinligi quyidagi ko‗rsatkichlarga ega bo‗ladi.Yuzda - lunj sohasida - 2-2,5 sm, 
qorinda  -  kindik  sohasida  -  1-2  sm,  tanada,  umrov  va  kurak  suyaklari  sohasi 
ostida 1-2 sm, qo‗l-oyoqlarda yelkaniig orqa-chetki sohasida 1-2 sm, sonning ichki 
sohasida - 3-4 sm. teng bo‗ladi. 
Teri  osti  yog‗  qavatining  qalinligi  5  yoshdan  katta  bolalarda  koliper 
yordamida  to‗rt  yerda  teri  burmasi:  bitseps  ustida,  tritseps  ustida,  kurak  suyagi 
uchida, yonbosh suyagi ustida o‗lchanib, ular yig‗indisiga qarab baholanadi. 
Yumshoq to‗qimalar turgorini aniqlashda o‗ng qo‗lning bosh va ko‗rsatkich 
barmoqlari  bilan  yelka  va  sonning  ichki  sohasida  yumshoq  to‗qimalar  qisib 
ko‗riladi.  Bunda  barmoqlarga  taranglik,  qarshilik  seziladi.  Agar  yumshoq 


 
114 
to‗qimalar  turgori  pasaygan  bo‗lsa,  siqib  ko‗rilganda  bo‗shashishlik, 
shalvirashlik seziladi. Bu o‗tkir va surunkali trog‗riqani buzilishida kuzatiladi. 
Paypaslab  tekshirilganda  teri  osti  yog‗  qavatining  ayrim  katta  bo‗lmagan 
joylari  -  sklerema  yoki  hamma  yerda  qattiqlashishi  sklerodermiya  bor  yo‗qligi 
aniqdanadi.  Skleredemada  teri  ostining  qattiqlanishi  bilan  birga  shish  ham 
bo‗ladiki,  barmoq  bilan  bosilganda  chuqurcha  hosil  bo‗ladi.  Ko‗pincha 
sklerema  va  skleredema  chala  tug‗ilgan  bolalarda,  sovuk  harorat  yoki  suv 
yo‗qotish ta‘sirida, og‗ir kasalliklarda (tug‗ma infeksiya, miyaga qon kuyulishida) 
kuzatiladi. 
 
 
 
 
 
Tekshirishda  shishlarning  borligi  va  uni  tarqalganligiga  ahamiyat 
berish  kerak.  Kuzatishda  bemorda  umumiy  shish  -  anasarka  yoki    chegaralangan 
shish  borligini  ko‗rish  mumkin.  Chegaralangan  shish  zardob  kasalligida, 
Kvinke  shishida  va  ba‘zi  infeksion  kasalliklarda  uchraydi.  Oyoqda 


 
115 
shishning  borligini  aniqlash  uchun  o‗ng  qo‗lning  ko‗psatkich  barmog‗i  bilan 
katta  boldir  suyagi  ustiga  bosiladi.  Sog‗lom  bolalarda  o‗yiqcha  hosil 
bo‗lmaydi. Agar bosganda o‗yiqcha hosil bo‗lsa va sekin asta yuqolsa, bu teri 
osti  to‗qimasida  shish  borligini  ko‗rsatadi.  Agar  chuqurcha  yo‗qolmasa  bu 
shilliq 
shish 
(miksidemada) 
hisoblanadi. 
Organizmda 
ko‗zga 
tashlanmaydigan  shish  bor  yo‗qligani  aniqlashda  Mak-Klyura-Oldricha  sinamasi 
o‗tkaziladi.  Buning  uchun  teri  ichiga  (ko‗pincha  bilakning  tepa  ichki  yarmi 
sohasita)  0,2  ml  0,85%  natriy  xlorid  eritmasini  yuboriladi.  Hosil  bo‗lgan 
teridagi  qavariq  normada  1  yoshgacha  bo‗lgan  bolalarda  10-15  minutda,  1 
yoshdan  5  yoshgacha  20-25  minutda,  5  yoshdan  kattalarda  40-60  minutda 
so‗rilib  ketadi.  Agar  organizmda  ko‗zga  ko‗rinmas  shish  bo‗lsa  kovariqni 
so‗rilish  vaqti  tezlashadi.  Degidratatsiyada  esa  sekinlashadi.  Tanadagi  shishlar 
buyrak,  yurak  kasalliklari  va  organizmda  oqsilni  kamayishi  (uzoq  vaqt  och 
qolish,  ich  ketish,  avitaminoz)  hisobiga  bo‗ladi.  Yuzdagi  o‗tkir  shish  saramasda, 
ekzemada,  quloq  osti  sohalarida  epidemik  parotitda  (tepki),  bo‗yin  umrov 
sohasida, toksik difteriyada kuzatiladi. 
Teri  osti  yog‗ining  haddan  tashqari  ko‗p  to‗planishi  -  bolani  tartibsiz 
ovqatlantirilganda,  kam  harakatchan  bolalarda  uchraydi.  Normadagi  bo‗y  uzunligi 
va  tana  vazni  ko‗rsatkichiga  nisbatan,  tana  vazni  20%  va  undan  ortiq  bo‗lsa, 
semirishlik  deyiladi.  Ba‘zi  bolalarda  semirishlikka  monand  ravishda  bo‗y 
uzunligi  ham  ortib  borishi  (makrosomiya)  mumkin.  sut  bezlarm  atrofiga, 
qorinda,  toz  sohasida  va  sonda  ko‗plab  yog‗ning  to‗planishi  gipofizar,  serebral 
yoki  adipoz  -  genital  distrofiya  kasalliklarda  uchraydi.  Yog‗ning  kam  to‗planishi 
(ozishlik) gipotrofiyada kuzatiladi. 
Gipotrofiyaning  birinchi  darajasi  tananing  og‗irligi  13-20%  kamanib, 
yog‗ qavati qorinda ko‗krakda kamayadi va tarangligi susayadi. 2 daraja-
tananing  og‗irligi  20-30%  kamayadi.  Yog‗  to‗qimasi  tanada  va  oyoq-qo‗llarda 
kamayadi  va  3  darajada  tananing  og‗irligi  30%  undan  ko‗proq  kamayadi,  yog‗ 
to‗qimasi  hamma  yerdan  shu  hisobda  qindan  va  qov  supachasidan  ham 
yo‗qoladi.Teri  osti  yog‗  qavatining  tanada  umuman  bo‗lmasligi  tug‗ma 
umumiy lipodistrofiyada kuzatiladi. 
 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish