358
Bola kattalashgan sari umumiy lipidlardan tashqari, uning fraksiyalari ham
ko‗payadi, ya‘ni betta lipoproteidlar, fosfolipidlar, holesteri va x.k.yog‗
kislotalarining parchalanishi natijasida hujayra yog‗ tanachalari hosil bo‗ladi,
bularga bette oqsimoy kislota atsetoatsetat kislota va kiradi. Jigar keton tanachalari
hosil bo‗ladigan asosiy organdir. Jigardan qonga tushgan keton tanachalari Krebs
siklida oqsidlanadi., bu oksidlanish muskul , o‗pka va buyraklarda yuz beradi.
Shuning uchun normada ularni qonda va siydikda kam mikdorda aniklanadi. Lekin
keton tanachalarining miqdori ovqatda ketogen moddalarning ko‗p tushishi
natijasida ko‗payishi mumkin. Ketogen moddalarga ko‗pchilik kism yog‗lar va
oqsillar, aminoqislotalar kiradi. Agar ovqat asosan yog‗ va oqsillardan tashqil
topgan bo‗lsa, ketoz rivojlanadi va buning natijasida atsetonomik qusish deb
nomlanadigan kasallik uchraydi, bunda kusukda, nafas olganda va
siyganda atseton
xidi keladi. Qusish 1-2 kun davom etishi mumkin va to‗satdan to‗xtashi mumkin.
Yog‗ almashinuvining tug‗ma buzilishida quyidagi kasalliklar kelib chiqishi
mumkin:
Plazmatik lipoidoz holati – bu irsiy kasallik. Bunda qonda neytral yog‗lar
ko‗payadi. Giperlipedemiya, terida ksantomalar aniklanadi. Jigar va taloq
kattalashadi. Bunday bemorlar hayvon yog‗ini kam iste‘mol qilishlari kerak.
Niman Pik kasalligi – irsiy kasallik. Bunda sfingomielin almashinuvi
buziladi. Bunda moddalar miyada, jigarda, retikuloendotelial sistemalarda
to‗planadi. Kasallik yomon kechadi, gepatosplenomegaliya, gipotrofiya,
gipotoniya, ruxiy rivojlanishni buzilishi., ko‗r va kar bo‗lish kuzatiladi. Kasallik
davolanmaydi.
Goshe kasalligi, tug‗ma irsiy kasallik. Bunda serebrolizin nerv va
retikuloendotelial sistemada to‗planadi. Kasallik o‗tkir va surunkali kechadi.
Klinikada bolaning jismonan v ruxan o‗sishining sustligi aniklanadi. Qorin
kattalashadi, gepatosplenomegaliya, terining sarg‗ayishi, qon kuyilishlar
kuzatiladi. Kasallikni effektiv davolash metodi yo‗q.
Amavratik idiotiya /Tey – Saks kasalligi/. Kasallik irsiy. kasallik asosida
yog‗larni MNSda to‗planishida kuzatiladi. Ko‗rish qobiliyati pasayishi, bolaning
aklan rivojlanmasligi kuzatiladi. Ko‗zning tubida qizg‗ish dog‗lar aniklanadi. Ko‗z
nervi atrofiyaga uchraydi. Kasallikni effektiv davolash metodi yo‗q.
SUV VA TUZ ALMAShINUVINING O‗ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI,
ULARNING BUZILIShI
SINDROMLARI
Organizmning hayot faoliyatida suvning roli hammaga ma‘lum. Hayotni
suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Suv, turli ko‗rinishda organizmning barcha
to‗qimalari tarkibiga kirib, organik va neorganik moddalarning erituvchisi
hisoblanadi, fiziologik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, kolloid va enzim xarakteridagi
protseslarda ishtiroq etadi. Organizmdagi ichki muxitning bir xil holatda saklanishi
ma‘lum mikdordagi suvning borligi bilan bog‗liqdir. Chaqaloqlarda suv miqdori
tana og‗irlishining 75-80 % ni tashqil qiladi va bolaning to‗g‗ilish davridagi
rivojlanganlik darajasiga bog‗liq. Bolalarda suvning miqdori bir yoshga tulguncha
ancha kamayadi va 1 yoshda 60%, 5 yoshda esa 65% va keyinchalik bola o‗sishi
davomida bolaning yoshi va jinsiga 60-65% atrofida bo‗ladi.
361
anionlar yig‗indisiga teng bo‗lib koladi. Plazma tarkibida u yoki bu
elektrolitlarning miqdori kamaygan holda ham, ya‘ni patologiya holida ham. U
yoki bu elektrolitlarning miqdorini kamayishi yoki ko‗payishi boshqa elektrolitlar
miqdoriga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Ayniqsa bikarbonat ionlari xarakatchanligi bilan
ajralib turadi, bikarbonat ionlarining kamayganida ularning o‗rnini xlor, organik
kislotalar egallaydi; xlor miqdorining kamayganida esa bikarbonat anionlar
defitsitini koplaydi. Agarda ionogrammada bikarbonat maydoni kamaysa, kislota
qoldig‗i maydoni ko‗paysa, gipoxloremik atsidoz haqida gapiriladi. Bikarbonat
maydonining kamayishi boshqa anionlar maydonining kengayishiga olib keladi
(ko‗pincha bu xlor ionlaridir) va bu holat giperxloremik atsidoz deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: