329
Sigir sutida sut qandi ona sutiga nisbatan kam. Sigir suti laktozasi bir
tarafdan yaxshi xazm bo‗ladi. 2-tomondan esa ichak mikroflorasini boshqarish
faoliyati yo‗kligi bilan farqlanib ichak mikroflorasiga salbiy ta‘sir qiladi. Oddiy sut
aralashmalarni
tayyog‗lashda
lavlagi
shakarini
qo‗shish,
uglevodlar
yetishmovchilikning o‗rnini bosishga yog‗dam bersa ham, ichakda bijg‗ish
jarayonining buzilishini kuchaytirib ich ketishga olib kelishi mumkin. Shuning
uchun sanoatda bolalar ovqatini tayyog‗lashda yetishmagan qand miqdorini
to‗ldirish maqsadida lakto-laktuloza dekstrin maltozalaridan foydalanish tavsiya
etiladi.
Sigir sutini mineral tarkibi ona sutiga nisbatan ayniqsa natriy, kalsiy va
fosforga boy. Natriy miqdori ko‗p bo‗lganligi sababli sutni bolani 1-xaftaligidan
berish xavfliroq hisoblanadi. Limon kislota va fosfatlari ko‗p mikdorda bo‗lishi
sigir sutini yuqori buferligini belgilaydi. Sigir sutida kam mikdorda yog‗da eruvchi
vitaminlar A,Ye,D,S lar bo‗lib, ko‗proq mikdorda vitamin V1, V2, V12 bo‗ladi.
Moslashtirilgan sut aralashmalarida sigir suti oqsili qayta ishlanib kazein
miqdorini kamaytirib, to‗yingan yog‗ kislotalari ma‘lum bir qismi o‗rniga o‗zida
to‗yinmagan yog‗ kislotalari tutgan o‗simlik moylariga almashtiriladi, vitamin va
mineral tuzlar miqdorini bola organizm talabiga muvofiklashtirilgan bo‗lishi
natijasida aralashma tarkibi ona suti tarkibiga yaqinlashgan bo‗lib koladi. Jaxon
sog‗likni saklash tashqilotlari ekspertlarining xulosasiga ko‗ra (Jeneva 1966)
maxsus ishlangan sigir suti va ona sutining ozuqalik qiymati bir xilda bo‗ladi.
Sun‘iy ovqatlantirish boshlanishida bola hayotining juda erta, 2 oylikka
to‗lguncha bo‗lgan davrida donar ayol suti bilan oziqlantirish tavsiya etiladi.
Albatta bunday ovqatlantirish tabiiy ovqatlantirishni o‗rnini bosa olmaydi, ammo
ona suti bo‗lmaganda eng makbul yo‗li hisoblanadi. Sun‘iy ovqatlantirilayotgan
bolalar uchun oddiy sut aralashmalarini tayyog‗lashda, sigir sutini suyultirish
uchun suvni o‗rniga guruch, grechka yoki boshqalardan, don yog‗masi
kaynatmalaridan foydalanish qator afzalliklarga ega:
bunda 3 ta uglevodni mosligi kuzatilib ( 2ta disaxarid – laktoza va saxaroza
va don yog‗masi polisaxaridi – kraxmal), ichakda bijg‗ish jarayonini kamaytiradi.
Aralashma kaloriyasini oshiradi.
Yog‗ma kaynatmalari kazeinning xazm bo‗lishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Aralashma aminoqislota va tuz tarkibi yaxshilanadi.
Oxirgi yillarda yaxshi sifatli moslashtirilgan kuruk sut aralashmalari
emizikli yoshdagi bolalar uchun «Kichkintoy», «Boychechak», «Laktogen 1,2»
ishlab chikarilmoqda. Bularning tarkibidagi oqsil, yog‗, karbon suv, mineral tuzi
mikdor va sifat jixatidan ona sutiga o‗xshash bo‗ladi. Bu aralashmalar tarkibidagi
oqsil,
yog‗,
karbon
suvlarning
nisbatiga
ko‗ra
«Kichkintoy»,
«Boychechak»,«Laktogen 1» lar bolani sun‘iy ovqatlantirishda yangi tug‗ilgandan
boshlab, «Laktogen 2» ni 6 oylikdan bera boshlash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: