323
yog‗, uglevod) ning o‗zaro nisbatlarini doimiy bo‗lishiga alohida e‘tibor berishni
va hayvon maxsulotlari bilan o‗simlik maxsulotlari nisbati (ayniqsa oqsil, yog‗)
muvozanatlari bolalar yoshiga mos bo‗lishini ta‘minlash lozimligini yana bir bor
ta‘kidlab o‗tmoqchimiz. Chunki bola yoshiga mos mikdordagi, sifatdagi
qo‗shimcha ovqatni kiritilish bola sog‗ligiga faqatgina shu vaqtda emas balki, bir
qancha vaqt o‗tgandan so‗ng nyog‗ativ ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Bu quyidagi 2
yo‗l bilan kechadi:
1. Kumulyativ effekt bunda o‗zgarishlar erta bolalik davridan boshlansada
uiing klinik belgilari yillar o‗tgandan so‗ng kuzatila boshlaydi.
2. Ikkinchi yo‗li esa noto‗g‗ri ovqatlanish steriotiplarini shakllanishiga bu
esa kelgusida o‗z aksini topadi. Masalan: ilk yoshdagi bolalar qo‗shimcha ovqatlari
tarkibida osh tuzining miqdorini ortiq bo‗lishi kelgusida shu ovqatni istemol
qilishga o‗rganishiga olib kelsa, gipernatrimiyaning kumulyativ ta‘siri natijasida
esa gipertoniya kasalligi shakllanishi mumkin. Bu holiing asosiy sababi
qo‗shimcha ovqatlarni tayyog‗lashda tuz miqdorini ona o‗z ta‘m bilish
xususiyatiga moslab tayyog‗lashi, vaholanki bolaning bu sezgisi onanikidan farq
kiladn va x.k.o. Hozirgi paytda gipertoniya, ateroskleroz, qandli diabet kasalligi,
semirib ketish va x.k.o. kasalliklarning shakllanishi bilan erta bolalik davridagi
noto‗g‗ri ovqatlantirish (ayniqsa qo‗shimcha ovqatlarni noto‗g‗ri kiritish) o‗rtasida
o‗zviy bog‗liqlik borligi kuzatilyapti. Ayni paytda bolani ko‗krakdan boqish
muddatinn iloji boricha uzoq bo‗lishi, qo‗shimcha ovqatlarni esa sinchkovlik bilan
tanlab kiritish bolada ovqatlantirish bilai bog‗liq, har xil klinik ko‗rinishlarda
(oshqozon-ichak faoliyati, teridagi, nafas sistemasidagi va x.k.o. o‗zgarishlari
bilan) kechuvchi allergologik kasalliklarni oldini oladi. Uzoq muddat (ya‘ni 1-yosh
va undan katta) ko‗krakdan boqish nafaqat bolani salomatligiga balki ona sog‗li-
giga ham o‗z ijobiy ta‘sirini ko‗rsatadi. Hakikatdan ham statistik ma‘lumotlar
shuni ko‗rsatadiki, bir necha bola tukkan va ularni ko‗krakdan uzoq boqqan
ayollarda
CVT
bezlari, jinsiy a‘zolar xavfli o‗smalari bir necha o‗n marta kamroq
uchraydi. Bolani ko‗krakdan erta ajratish yoki uni sun‘iy sut maxsulotlari bilan
boqish esa bir tomondan ona sog‗ligiga, ikkinchi tomondan nafaqat bolani, balki
bu sun‘iy sut maxsulotlari bilan boqilgan bolalar farzandlari orasida bepushtlikka
chalinish soni ko‗krakdan boqilgandagilarga nisbatan 3-4 marta ko‗p uchrashi
aniklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: