Bolalar kasalliklari propedevtikasi


Tabiiy  ovqatlantirilayotgan  bolalarning  ozuqa  ingredientlariga  bo‘lgan



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

Tabiiy  ovqatlantirilayotgan  bolalarning  ozuqa  ingredientlariga  bo‘lgan 
talabi. 
Ma‘lumki  bolalar  dastlabki  yoshida  nihoyatda  intensiv  o‗sadilar.  Shuning 
uchun  ham  ilk  yoshdagi  bolalarning  ozuqa  ingredientlariga  bo‗lgan  talabi  katta 
yoshdagi bolalar ingredientlaridan tubdan farq qiladi. 
Bolaning energiyaga bo‗lgan talabi undagi: 
 1. asosiy modda almashinuvi. 
2. Uning xarakati aktivligini va tana xarorati doimiyligini 
3. O‗sishini ta‘minlashi kerak. 
Shuning uchun ham bu talab bola yoshi qancha kichik bo‗lsa shuncha katta 
va u 6-ygacha 481 kDj /115 kkal/ kg/sutka /. 7-oylikdan- 12-oygacha esa 460 kDj 
/110 kkal/ kg/sutka/ atrofida bo‗lishi kerak (V.Ye. Polyakov va boshqalar 1992 i). 
Bolaning  oqsillarga  bo‗lgan  talabi  ham  kattalarnikidan  farq  qiladi. 
Aniklanishicha  1-yoshgacha  bo‗lgan  bolalarning  to‗kimalarini  o‗z-o‗zidan 
yangilanishi uchun sutkada xar bir kilogramm massasiga 0,9 g oqsil kerak bo‗ladi. 
1-3 yoshli bolalarda esa 0,8 g, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda esa bu 
ko‗rsatkich  0,7  grammga  teng.  Vaholanki,  kattalarda  barcha  fiziologik  talablarni 


 
318 
qondirish uchun kerak bo‗lgan eng minimal xavfsiz oqsil miqdori erkaklar uchun 
0,57  g/kg/sutkasiga,  ae'llar  uchun  esa  0,52  r/kg/sutkani  tashqil  qiladi  holos. 
Shuning  uchun  ham  bolalar  olishi  kerak  bo‗lgan  oqsil  miqdori  optimal  bo‗lishi, 
ya‘ni bolani garmonik o‗sishi va rivojlanishini ta‘minlay olishi kerak. 
1  yoshgacha  bo‗lgan  bolalarning  oqsilga  bo‗lgan  talabi  zng  optimal 
ko‗rsatkichi bizning fikrimizcha kuyidagicha: 
a. Qo‗shimcha ovqat kiritilgunga qadar -2,0- 2,5 g/kg/sutkada. 
b.  Qo‗shimcha  ovqat  kiritilgandan  keyin  -2,6-  2,9  g/kg/sutkada  (V'.Ye. 
Polyakov va boshqalar 1992 i). 
Boshqa  mualliflar  bo‗yicha  esa  6-oydan-1  yoshgacha  bo‗lgan  bolalarda  bu 
ko‗rsatkich  3-4  g/kg/sutkada,  1  yoshdai  katta  bolalarda  esa  4-  4,5  g/kg/sutkada 
miqdorida berilgan 
(I.M. Voronsov, A.V. Mazurin 1986 i, M.Ya. Studinikin, K.S. Ladado 1991 
i). Ayni paytda xalkaro sog‗likni saklash tashqiloti (XSST) 1972y manbalarida esa 
bu  ko‗rsatkichlar  1-chi  yoshining  1-chi  choragida  -  2,4  g/kg/sutkada  1-chi 
yoshining  2-chi  choragida  -  1,85  g/kg/sutkada  1-chi  yoshining  3-chi  choragida  - 
1,62  g/kg/sutkada  1  -chi  yoshining  4-chi  choragida  -  1,44  g/kg/sutkada.  Bizning 
fikrimizcha  bu  ko‗rsatkichlarni  va  10  tablitsadagi  XSST  (1989y)  normativ 
ko‗rsatkichlarini  yoshi  6  oydan  katta  bolalar  talablarining  minimal  chyog‗arasi 
sifatida talkin qilingani ma‘qo‗lroq. 
Bir  yoshgacha  bo‗lgan  bolalarning  yog‗ga  bo‗lgan  talabi  ham  ularning 
yoshiga qarab aniklanadi va ular quyidagicha: 
bola yoshinnig 1-chi choragida — 6,5 g/kg/sutkada 
bola yoshining 2-chi choragida — 6,0 g/kg/sutkada 
bola yoshniing 3-4-chi choragida — 5,5 g/kg/sutkada teng. 
Ilk  yoshdagi  bolalarning  uglevodga  bo‗lgan  talabi  13  g/kg/sutkada  tashqil 
qiladi Hech kachon uglevodlarga bo‗lgan talabini oqsil yoki yog‗lar hisobiga, yoki 
aksincha.  to‗ldirish  tavsiya  etilmaydi.  Uglevod  miqdorini  bolaning  sutkalik 
ratsionida ko‗paytirish esa ulardagi oshqozon osti bezining amilaza, hamda ichak 
disaxaridaza 
fermentlarining 
aktivligini 
hali 
sustligi 
hisobiga 
najasni 
suyuklashishiga. ich ketishiga olib keladi. 
Tabiiy ovqatlantirilayotgan bolaga toqi qo‗shimcha ovqat kiritilgunga qadar 
ozuqa  ingredientlari,  ya‘ni  oqsil,  yog‗,  uglevod  o‗zaro  nisbati:  1  :  3  :  6  ga, 
qo‗shimcha ovqat kiritilgandan keyin esa 1 : 2 : 4 ga teng bo‗lishi kerak. Bu o‗z 
navbati  bir  yoshgacha  bo‗lgan  bolalarda  yoshiga  muvofiq  ovqatlantirishni 
ta‘minlaydi. 
Tablitsa № 10 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish