Ona sutining kimyoviy tarkibi va uning biologik ahamiyati
Ona suti bola uchun muhim ozuqa omilidir. Ko‗krak suti tarkibidagi
komponentlar miqdori va ularning o‗zaro nisbati shunday tizimki, bu tizim intensiv
o‗sib, rivojlanib borayotgan bolaning talabini to‗la qondira oladi. Tabiiy
ovqatlantirilayotgan bolaning gormonik rivojlanishi, hamda uning organizmi
immun donachalarining yetarli mikdorda ishlab chiqarishga qodir bo‗lmagan
dastlabki oylarda, go‗dakni yuqumli kasalliklardan asrashda asosiy o‗rin egallaydi.
Faqat ona suti bilan boqilayotgan ko‗krak yoshidagi bolalarning sun‘iy, aralash
ovqatlantirilayotgan bolalarga nisbatan 2,5 marta kamroq kasallanishi, oshqozon-
ichak sistemasi kasalliklari bilan esa 25 barobar kam kasallanishi bunga aniq
dalildir. Bundan tashqari ona bilan bolaning doimiy jismoniy qontaktda yangi
tug‗ilgan chaqaloqda doimiy himoya, iliqlik tuygusini, onada esa onalik mexrini
uyg‗onishiga bu esa kelgusida bolani sotsial muxitga, onani esa homiladorlik
davrini homila tug‗ilgandan keyingi davrga moslanishini yengillashtiradi.
Chaqaloq tug‗ilgandan keyin dastlabki 3-4 kun ichida ona ko‗kragidan og‗iz
sutini, 6-7 kundan boshlab esa yetuk ona sutini oladi. Og‗iz suti yetuk ona sutiga
nisbatan kuyukroq och sarik rangdagi suyuqlikdir. Yetuk ona sutiga nisbatan og‗iz
suti o‗z tarkibida yangi tug‗ilgan chaqaloq qon plazmasi tarkibidagi oqsilga yaqin
ko‗p miqdordagi oqsilni tutadi. Og‗iz suti tarkibida oqsilning albumin, globulin
fraksiyalari kazein fraksiyasidan ko‗p bo‗lsa, bu holat yetuk ona sutida deyarli
296
tenglashadi.
1-tablitsa. Og‗iz suti va yetuk ona sutnning kimyoviy tarkibi (%).
Sut
Oqsilning
umumiy
miqdori
Kazein Laktaalbumin
va globulin
Yog‗ Laktoza
Og‗iz suti
5,6
2.0
3.5
3,2 5,7
O‗tkinchi sut 1,6
0,9
0.8
3,7 6,8
Etuk ko‗krak
cuti
1,2
0,6
0,6
3.5 6,5
Og‗iz suti tarkibidagi yog‗ning tarkibiy qismi bola tanasidagi yog‗ to‗kimasi
tarkibiga mos. Mikroskop ostida yog‗ donachalari bilan bir qatorda "og‗iz suti
donachalari" deb nomlanuvchi donachalar ham aniklanadi. Bu donachalar asosan
leykotsitlardan iborat bo‗lib, aniqlanishicha ularning ko‗p qismi funksional aktiv
limfotsitlardan iborat. Dastlabki kundagi og‗iz sutining energetik qiymati 1500
kkall teng bo‗lsa, u 7-8 kunga kelib 600-700 kkal/l gacha pasayadi. Yuqorida
keltirilgan dalillardan ko‗rinadiki, yangi tug‗ilgan chaqaloq uchun eng muhim
ovqat bu og‗iz suti, chunki u kam mikdorda bola organizmiga tushishiga karamay,
bolani barcha ozuqa asosiy komponentlariga, energiyaga bo‗lgan talabini qondira
oladi. Og‗iz suti bilan boqish davri yangi tug‗ilgan chaqaloq uchun nafaqat
trofogen (energiya va plastik materiallar manbai) balki immunologik ahamiyatiga
ham ega. Og‗iz suti bilan chaqaloq immunoglobulin, lizotsim va shunga o‗xshash
bir qator himoya faktor-larini ham oladi. Bola organizmining himoyasida Jg A
ahamiyati nihoyatda katta. Jg A bola organizmi shilliq qavatlariga (ayniqsa
oshqozon-ichak sistemasidagi) adsorbsiya kilinishi hisobiga, bu shilliq qavatlarga
mikroblarni yopishishini oldini olib, bola organizmiga antigen omillarni kirishini
susaytirib, neytrofillar xemataksisiga to‗sqinlik qiladi. Bu immunoglobulin
yuqorida aytilganidek, oshqozon ichak sistemasidagi fermentlar aktivligiga
chidamli va o‗z xususiyatlarini ular ta‘siri ostida o‗zgartirmaydi (5a-tablitsaga
qarang).Og‗iz suti tarkibida leykotsitlar-limfotsitlar ham aniklanadi. Bular asosan
T va V limfotsitlardan iborat bo‗lib, ularning funksiyasi hujayra immuniteti bola
organizmida shakllanishida ishtiroq etadi deb taxmin kilinadi. Shu jumladan og‗iz
sutida makrofaglar va neytrofillar ham bo‗lishi aniqlangan. Bu himoyada ishtiroq
etuvchi hujayralar ham o‗z fiziologik xususiyatlarini bola organizmida saqlab
qolishi, hamda ularning mikroblari fagatsitozi jarayonida ishtiroq etishi
kuzatilgan.Og‗iz suti tarkibidagi yetuk sutdagiga nisbatan vitamin A va karotin
miqdori 2-10, askorbin kislotasi 2-3 barobar ko‗pligi, shu jumladan vitamin V
12
va
Ye ham, tuzlar esa 1,5 barobar ortiq. Yuqoridagi keltirilgan dalillardai xulosa
qilish mumkinki, og‗iz suti bilan ovqatlantirishni yangi tug‗ilgan chaqaloqning
dastlabki kunlardagi tashqi muxit sharoitlariga moslashuvi jarayonidagi o‗rni
nihoyatda katta va bu maxsulotni boshqa hech bir hayvon yoki sun‘iy mahsulotlar
bilan almashtirish mumkin emas. Yetuk ona suti tarkibidagi oqsil, yog‗, uglevod,
mineral moddalar, vitaminlar miqdori optimal nisbatdadir. Yetuk ona suti o‗zining
kimyoviy tarkibiga nisbatan boshqa sutlar, ya‘ni hayvonlar sutidan tubdan farq
qiladi. Ona suti tarkibidagi oqsil miqdori sigir suti tarkibidagi oqsildan 2,5 barobar
kam, uglevodlari esa 1,5 marta ko‗p bo‗lsa, tuzlar miqdori esa 3.5 marta kamdir (2-
tablitsaga karang).
297
Tablitsa 2
Tarkibi
Ona sutida
Sigir sutida
1
2
3
Karbon
suvlar:
Laktoza
(Oligosaxaridlar)
73 g/l 12 g/l
40 g/l 12 t/l
Oqsillar:
Kazein
-laktalbumin
Latoferrin
Sekreter Jg A
3 –laktoglobulin
Albumin
3 g/l
2 g/l
2 g/l
2 g/l
0,0
0,4 g/l
27 g/l
1 g/l
0,0
0,0
0,3 g/l
0,5 g/l
1
2
3
Yog‗lar:
Triglitseridlar
fosfolipidlar
4,0 %
0,03 %
4%
0,02 %
Tuzlar va ionlar:
Natriy
Kaliy
Xloridlar
Kalsiy
Magniy
Sitratlar
Fosfatlar
8mM
15 mM
14 mM
7mM
1,4mM
1,6mM
2mM
22 mM
38 mM
31 mM
30 mM
5,0 mM
11 mM
22 mM
Ona suti tarkibidagi karbon suvlar, sigir suti tarkibidagi karbon suvlardan
nafaqat miqdori balki sifati bilan ham farq qiladi. Ona suti tarkibidagi β-
laktozaning ingichka ichakda α-laktozaga nisbatan so‗rilishi sekinroq bo‗lganligi
uchun ham u yo‗g‗on ichakkacha yetib boradi. Bu holning bir tomonidan ichak
ximusi osmolyar bosimini ingichka ichakning barcha qismida bir xilda saqlab
turishidagi o‗rni katta, ikkinchi tomondan esa u yo‗g‗on ichakkacha yetib borib u
yerda ichaklar saprofit mikroflorasini shakllantiradi va ichaklardan rN muxitini
(rN=5,0-5,8) optimal me‘yog‗da ushlab turadi.Ichak mikroflorasini shakllanishida
esa ona suti karbon suvlari tarkibiga kiruvchi poli va oligo aminoqislotalar o‗rni
kattadir, ya‘ni aniqrog‗i beta-galaktozid fruktozani. Shuning uchun ham bu modda
ona suti tarkibidagi "bifidus faktor" deb ataladi, chunki boshqa poli va oligo
aminosaxarid komponentlari (ular 14 dan ortiqroq) bunday xususiyatga ega emas.
Shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, hozirgi vaqtda aniklanishicha laktoza uglevodining
ham o‗z xususiyatlari bilan betta galaktozid fruktozaga yaqinligi tufayli uni sun‘iy
sut mahsulotlarini tayyorlashda ishlatilyapti.Betta-laktoza ichakda V guruxiga oid
vitaminlarni sintezlanishini kuchaytiradi, neytral yog‗larni kamaytiradi va nixoyat
letsetin miqdorini ortishini taminlaydi.Ona suti tarkibidagi oqsil miqdori sigir
sutidagi oqsilga nisbatan 2-1.5 barobar kam, lekin bu oqsillar sifati bilan biri
298
ikkinchisidan tubdan farq qiladi (2-tablitsaga karang). Ona suti tarkibidagi
albumin-globulin fraksyalarining kazeinga nisbati 1,5:1 atrofida bo‗lsa, bu
ko‗rsatkich sigir sutida 1:4 ga teng. Ona sutida mayda disperslanuvchi oqsil
fraksiyalarining ko‗pchiligi, uni mayda bo‗lakchalariga bo‗linib ivishiga, bu esa
o‗z navbatida ona suti tarkibidagi oqsilning oson parchalanishini va so‗rilishini
ta‘minlaydi.Ona suti oqsilining biologik qiymati sigir suti oqsiliga nisbatan
balandligi, uning tarkibidagi aminoqislotalar soni va miqdori bilan aniklanadi
Go‗dak yoshdagi bolalar organizmida gistidin sintez kilinmaydi va shuning uchun
ulardagi organizmda sintez kilinmaydigan aminoqislotalar soni kattalardagi kabi 8
ta emas, balki 9 tadir (8+ gistidin). Yangi tug‗ilgan chaqaloqlar organizmida
dastlabki xaftalarda sistin ham sintez kilinmaydi. Quyida keltirilgan tablitsadan (3-
tablitsa) ko‗rinib turibdiki, barcha sutlar turida kerak bo‗lgan aminoqislotalar
mavjud, lekin ona sutidagi aminoqislotalar soni hayvon sutiga nisbatan deyarli 3
marta kam bo‗lishiga karamay, bu aminoqislotalar nisbatlari bir yoshgacha bo‗lgan
bolalar talabiga mos. Shuning uchun ham tabiiy ovqatlantirilayotgan bolalarning
aminoqislotalarga talabi sun‘iy boqiladigan bolalar talabiga nisbatan kam (4-
tablitsa).Shuni ham ta‘kidlab o‗tish kerakki, ona sutidagi oqsilning 1/3 qismi
parchalanmasdan oshqozon shilliq qavatidan bola organizmiga so‗riladi. Bu
oqsilning bola qonidagi oqsil bilan deyarli bnr xil strukturaga ega bo‗lishi, bolada
allergologik kasalliklarni chaqirmaydi. Tablitsa 3.
Ona va sigir sutlarining aminoqislotalari qiymati (g/ya) (Mazurin A.V.,
Voronsov I.N. dan olindi, 1986).
Aminoqislota
Ona suti
Sigir suti
A. Almashmaydigan:
4,74
16,68
gistidin
0,22
0,95
izoleysin
0,68
2,28
leysin
1,0
3,50
lizin
0,73
2,77
metionin
0,25
0,88
finilalanin
0,48
1,72
triptofan
0,18
0,49
treonin
0,50
1,64
valin
0,70
2,45
B. Almashinadigan:
6,58
16,82
arginin
0,45
1,29
alanin
0,35
0,75
asparagin kislota
1,16
1,66
sistin
0,22
0,32
glutamin kislota
2,30
6,80
glitsin
0
0,11
prolin
0,80
2,50
serii
0,69
1,60
tirozin
0,61
1,79
Do'stlaringiz bilan baham: |