Bolalar kasalliklari propedevtikasi


Siydik hosil bo‘lishining funksional xususiyati



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

Siydik hosil bo‘lishining funksional xususiyati. 
 Siydik  hosil  bo‗lishi  buyrakning  morfo-funksional  birligi  nefronda 
filtratsiya,  reabsorbsiya  va  sekretsiya  jarayoni  natijasida  bo‗ladi.  Shumlyanskiy-
Bauman kapsulasi, birlamchi buralma naycha, tug‗ri naycha va ikkilamchi buralma 
naychalar  birgalikda  buyrakning  struktur  va  funksional  birligi  nefronni  tashkil 
etadi.Har  qaysi  buyrak  bir  millionga  yaqin  ana  shunday  nefronlar  yig‗indisidan 
iborat.  Shumlyanskiy-Bauman  kapsulasi  ichidan  suv  va  mineral  tuzlarni  berib 
chiqqan arteriya kapillyari birlamchi va ikkilamchi burama naychalarni o‗raydi. Bu 
joyda  qondan  siydikning  organik  moddalari  ajraladi.  So‗rg‗ich  yo‗llari  orqali 
kelayotgan  siydik  so‗rg‗ich  uchlaridagi  teshiklar  orqali  kichik  kosachalarga 


 
266 
quyiladi. Bunday kosachalar 8-9 ta bo‗lib har biri bitta, ikkita, uchta so‗rg‗ichni o‗z 
ichiga  oladi.Kichik  kosachalar  bir-biri  bilan  ko‗shilib,  katta  kosachalarni  hosil 
qiladi.  Katta  kosachalar  2  ta  bo‗lib,  ularning  o‗zaro  qo‗shilishidan  buyrak  jomi 
hosil  bo‗ladi.  Jom  qon  tomirlar  orqasida  joylashib  buyrak  darvozasidan  chiqishi 
bilan siydik yo‗liga davom etadi. buyrak koptokchalari yarim o‗tkazuvchi kapsula 
orqali  filtratsiya  jarayonini  yuz  beradi.Filtratsiya  natijasida  birlamchi  siydik  170-
180  litr  hosil  bo‗ladi.U  o‗zi  tarkibi  jihatidan  qonnning  plazmasiga  yaqin  bo‗lib 
uning  tarkibida  oz  miqdorda  oqsil  tutadi.  Koptokchalarda  plazma  filtratsiya  va 
birlamchi  siydik  hosil  bo‗lishida  buyrak  koptokchalarida  kapsulaning  visseral 
varag‗ining 2 tamonidagi bosim farqidan hosil bo‗ladi. 
 
 
 
Effektiv  filtratsiya  jarayonini  (R  ef)  koptokcha  kapillyaridagi  gidrostatik 
bosim farqi, bir tamondan plazma qonidagi onkotik bosim (R o ) bilan kapsuladagi 
gidrostatik  bosim  yig‗indisi  ikkinchi  tamondan  koptokcha  kapillyaridagi 
gidrostatik bosim orasidagi farqi natijasida yuzaga keladi.  
R
effekt
=
 R-(R
o
+
R
s
)  
R
effekt 
–effektiv filtratsion bosim 
R  -koptokcha  kapilyarlarining  gidrosatik  bosimi  (o‗rtacha  arterial 
bosimining 50-70  % t.k)Agar o‗rtacha  arterial  bosim  90  mm.  s.  u bo‗lsa  R-45-65 
mm.s.u ga teng bo‗ladi.R
0
- qon zardobining onkotik bosimi bo‗lib, o‗rtacha 24 mm 
simob  ustuniga  teng.R
s
-  kapsulaning  gidrosatik  bosimi  Shunday  qilib,R
effekt
  =  45-
(24+15)  dan  to  65-(24+15)  mm  simob  ustuniga  teng.R
effekt
  =  6-26  mm  simob 
ustuniga  teng  bo‗lganda  effektiv  filtratsiya  jarayoni  bo‗ladi.  Koptokchalardagi 
gidrostatik bosim yuqoriligi buyrakning qon bilan ta‘minlashi muhim rol o‗ynaydi. 
buyrak arteriyalari to‗g‗ridan to‗g‗ri qorin aortasidan oladi, bundan tashqari buyrak 
koptokchalari kelayotgan qon tomir diametri, olib ketuvchi qon- tomir diametridan 
2 marta katta bo‗ladi. Butun tanadan aylanayotgan qon buyrak orqali 5-10 minutda 


 
267 
o‗tadi, bir sutkada buyrak orqali 1500 litr qon aylanib o‗tadi, shuningdek po‗stloq 
qismi  orqali  80-93%  umumiy  buyrakning  qon  aylanishiga  nisbatan  bo‗ladi, 
po‗stloq qismi 20-30 marta mag‗iz qismiga nisbatan ko‗p qon oladi. Reabsorbsiya 
va  sekretsiya  jarayoni  nefronda  bo‗ladi  va  3  qismdan  iborat  :  proksimal 
kanalchalar,Genli  qovuzlog‗i  va  distal  qismidan  tashkil  topgan.  Proksimal 
kanalchalar buyrakni pustloq qismida joylashgan.Unda ko‗p qismi 85% filtrlangan 
suv  natriy,  xlor,  bikarbonat,  barcha  glyukoza,  fosfatlar,  kaliy,  aminoqislotalar, 
oqsillar  so‗riladi.  Bu  qismda  yuqori  molekulali  organizmga  yod  bo‗lgan 
moddalarni  aktiv  sekretsiyasi  bo‗ladi.  Sekretsiya,  reabsorbsiya  jarayoni  enzimatik 
hodisa  tufayli  yuzaga  keladi.  Genli  qovuzlog‗i  mag‗iz  qismida  joylashgan.  Genli 
qovuzlog‗i  U-simon  shakldaliligi  buyrak  mag‗iz  qismida  yuqori  osmotik  aktiv 
muhit bo‗lishini ta‘minlaydi. Siydik yig‗uvchi naychalardan o‗tayotganda siydikni 
maksimal  qonsentratsiyalanishiga  olib  keladi.Bu  asosan  natriyni  qisman 
reabsorbsiyasi  va  sekretsiyasini  boshqarib  turishi(«natriy-kaliyli  nasos»)  tufayli 
kuzatiladi.  Distal  kanalchalar  pusloq  qismida  joylashgan  bo‗lib,  bu  yerda  qolgan 
filtrlangan  suvning  14%,  natriy,  bikarbonatlar  to‗la  reabsorbsiyalanadi  (qayta 
so‗riladi). Aniqlanishicha buyrak kanalchalarida sutkasiga 178 kg suv, 1 kg natriy 
xlor,  360  gr  karbonatlar  va  170  kg  glyukoza  so‗rilar  ekan.  Shu  yerda  natriy  va 
kaliy  ionlar  sekretsiyasi  bo‗lib,  ionlar  almashinuvi  natijasida  siydik  kislotalik 
muhitga  o‗tadi.  Organizmga  kirgan  yod  moddalar  bo‗yoq  moddalar  antibiotiklar 
(masalan 
penitsillin) 
ekskretsiyalanadi. 
Antibiotiklardan 
penitsillin 
konsentratsiyasi  kanalchalarda  qondagiga  nisbatan  6-8  marta  ko‗p  bo‗ladi.  Distal 
kanalchalardan  yig‗uvchi  naychalarga  oxirgi  siydik  ajralib  jomchalar,  kosachalar 
va  undan  siydik  yo‗llari  orqali  siydik  pufagiga  o‗tadi  ,  siydik  chiqarish  kanali 
orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish