Bolalar kasalliklari propedevtikasi


SIYDIK HOSIL QILISh VA SIYDIK ChIQARISh A’ZOLARINING



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

SIYDIK HOSIL QILISh VA SIYDIK ChIQARISh A’ZOLARINING 
ANATOMO- FIZIOLOGIK XUSUSIYaTLARIGA ASOSLANGAN HOLDA 
TEKShIRISh USULLARI. SIYDIK HOSIL QILISh VA SIYDIK 
ChIQARISh A’ZOLARINING JAROHATLANIShINI ASOSIY 
SINDROMLARI. 
Buyrak organizmda turli vazifani o‗taydi: 
1.  Ular  organizm  ichki  muhiti  doimiyligini  (gomeostazni)  ta‘minlovchi 
asosiy a‘zolardan biri hisoblanadi. Bu vazifa ularnint suv-tuz almashinuvi, kislota-
ishqor  holati  boshqarilishi.  azot  almashinuvi  qoldiq  mahsulotlarining  chiqarilishi 
(ekskretsiya)  va boshqa  jarayonlarda  asosiy  o‗rin  tutishi bilan belgilanadi,  buyrak 
faoliyatining  buzilishi  ko‗rsatilgan  jarayonlarning  o‗zgarishlariga  olib  keladi.  Bu 
o‗zgarishlar  bir  tomondan  buyrak  yetishmovchiligining  belgilari  bo‗lsa,  ikkinchi 
tomondan  ularning  buyraklarning  o‗ziga  ta‘sir  ko‗rsatib  ularning  faoliyatining 
yanada chuqurroq buzilishiga olib keladi. Masalan buyrakning tosh hosil qilishiga 


 
262 
moyil  tuzlarning  chiqarib  tashlash  faoliyati  buzilganda  siydik  yo‗llarida  tosh 
to‗planib buyrak- tosh kasalligi kelib chiqadi. Hosil bo‗lgan toshlar o‗z navbatida 
siydik yo‗llarini to‗sib qo‗yib buyrak ichida gidrostatik bosimni oshib ketishiga va 
buyrak parenximasining shikastlanishiga olib keladi (gidronefroz). 
Buyraklar endoqrin faoliyatini buzilishi arterial gipertenziya kelib chiqishiga 
sabab bo‗lishi mumkin. Buyrak ekstretor faoliyatini buzilishi azot almashinuvining 
oxirgi mahsulotlarini chiqarib tashlash sekinlashadi va qonda qoldiq azot miqdori 
oshadi,  ya‘ni  azotemiya  yuzaga  keladi,  qonda  zaharli  moddalarning  (mochevina, 
kreatinin,  indol,  skatol  va  boshqalarning)  to‗planishi  bilan  boradi.  buyrakni 
filtratsiya jarayonini pasayib (giperfosfatemiya, gipersulfatemiya, giperatsidemiya) 
natijada  kislota-ishqoriy  holati  buzilishi  kelib  chiqadi.  buyrak  tanachalari  orqali 
elektrolitlar  ajralishi  buzilganda  ionlar  almashinuvi  buziladi,  buning  natijasida 
giperkaliemiya. gipermagnemiya, giponatriemiya yuzaga keladi. O‗z navbatida bu 
holat  suyuqlikning  to‗qimalarda  to‗planishiga  va  shishlar  hosil  bo‗lishiga  sabab 
bo‗ladi.  
3.  Organizmda  xujayradan  tashqaridagi  suyuqliq  tarkibi  va  kislota 
ishqor muvozanatini ta‘minlaydi. 
4.  Organizmda  hosil  bo‗lgan  zaharli  moddalarning  yoki  moddalar 
almashinuvi oxirgi mahsulotlarini tashqariga chiqarishini ta‘minlaydi. 
Hozirgi  paytda  ma‘lum  bo‗lishicha  9  haftalik  xomilada  siydik  ajratish  va 
chiqarish  organi  vazifasini  asosiy  yo‗ldosh  orqali  bo‗lib.  u  orqali  modda 
almashinuvi oxirgi mahsulotlarini chiqaradi, buni isboti sifatida buyrak ageneziyasi 
bilan  tug‗ilgan  bolani  keltiramiz  va  u  tezda  kindik  bog‗langandan  so‗ng  buyrak 
yetishmovchiligidan halok bo‗lganligi aniqlangan. 
 Buyraklarning  embrional  taraqqiyoti  3  bosqichdan  iborat  bo‗lib 
xomiladorlikning  3-  hafta  oxirida  pronefroz  (birlamchi  buyrak)  hosil  bo‗lishi 
kuzatilib,  bu  bosqich  alohida  o‗rin  tutmaydi.  4  haftada  2  bosqich  mezonefros 
bosqichi  bo‗lib,  kanalchalar  va  ajratuv  yo‗llari  paydo  bo‗ladi,  ular  kloakaga 
ochiladi.  5-6  mm  uzunlikdagi  embrionda  3  bosqich  metanefroz  bosqichi  (chin 
buyrak) taraqqiy etadi.   Metonefros  2  taraflama  hosil  bo‗ladi,  bir  tamondan 
qisman  mezonefrosdan  va  qisman  oraliq  mezodermadan  hosil  bo‗ladi.  Avval 
mezonefrosdan chiqaruv yo‗lini bo‗rtishi klokadan uncha uzoqmas joylashadi. Bu 
hosilalar  tezda  ko‗payadi  va  mezonefroz  qismidan  siydik  yo‗llari,  buyrak 
kosachalari  va  jomchalari  taraqqiy  etadi.  Mezonefrotik  hosilalari  o‗sishi  bilan 
distal qismida mezoderma yig‗ilib, uning atrofini zich o‗raydi. Mezoderma xujayra 
differensiyasi  natijasida  buyrak  koptokchalari  kapsulasi  (Bauman  -Shumlyanskiy 
kapsulasi)  bo‗lg‗usi  nefron  kanalchalari  va  naychalari  hosil  bo‗ladi.  Volf  nayi 
pastki uchining orqa devorlaridan siydik yo‗lining birinchi alomati paydo bo‗ladi, 
ya‘ni  devorning  shu  joyidan  ichi  kovak  o‗siqcha  paydo  bo‗ladi.  So‗ngra  bu 
o‗siqchaning  uch  tamoni  kengayadi,  o‗siqcha  esa  yuqoriga  tamon  o‗zayib, 
mezonefrozning  orqa  tamonidan  ko‗tarilaveradi.O‗siqcha  uchidagi  kengayish 
bo‗lajak  buyrak  jomi  sifatida,  keyinchalik  o‗rtasi  botib,  2  ta  xaltacha  bo‗linadi, 
bular  buyrakning  2  ta  katta  kosachalaridir.  Keyinchalik  bu  xaltachalar  yana 
shoxlanib,  kichik  kosachalar  va  ularga  qo‗shilgan  mayda  yo‗llarni  hosil  qiladi. 
Dastlab buyrak embrionning dum qismida bo‗lib, asta sekin o‗sish va rivojlanishga 


 
263 
qarab  buyrak  toz  sohasidan  (xomila  rivojining  7  haftaligida)  qorin  bo‗shlig‗iga 
ko‗tarila  boradi.  9  haftalik  xomilada  buyrak  aorta  bifurkatsiyasidan  yuqoriroq 
bo‗ladi.Shu  joyda  u  o‗z  o‗qi  atrofida  90  gradusga  burilib,  botiq  qismi  ichkari 
tamonga  qarab  buraladi,  buyrakni  hosil  bo‗lishi  va  siljishini,  burilishini 
buzilishidan  bir  qator  (anamaliyalar)  tuqma  nuqsonlar  kuzatiladi:  1  tamonlama 
buyrak,  chanoqdagi  buyrak,  taqasimon  buyrak  ,distopik  buyrak  va  boshqalar. 
Bolalarda  7-8  yoshgacha  buyrak  pastda  joylashadi,  chunki  nisbatan  kattaligi 
hisobiga umrtqaning bel qismi kalta bo‗lganligi uchun nafas olishida buyrak yoshi 
kichik bolalarda 1 smga, katta yoshdagi bolalarda 2 smga pastga siljiydi. Patologik 
buyrakni  siljishi  bo‗lmaganda  1  bel  umrtqa  balandligida  siljiydi.  Chaqaloqdarda 
buyrakning  vazni  10-12  gr  bo‗lib,  5-6  oyligida  2  marotabaga,  1  yosh  oxirida  3 
marta,  so‗ngra  buyrak  og‗irligi  ortishi  sekinlashadi.  Biroq  balog‗at  yoshida  yana 
intensiv tezlashib 15 yoshlikda vazni 10 marotabaga ortadi. 
 
Buyrak  bir  juft  organdir.  buyraklar  1-2  bel  umurtqalari  tanalarining  2 
yonida,  qorin  bo‗shlig‗ining  orqa  tomonidan  muskul  va  diafragmaga  tegib  turadi, 
qorin parda buyraklarni faqat old tomonini berkitib turganidan u qorin pardasidan 
tashqaridagi  a‘zolar  guruhiga  kiradi.  O‗ng  buyrak  chap  buyrakka  nisbatan 
birmuncha (1-1,5sm) pastroqda joylashgan. buyraklar joylanishi skelet suyaklariga 
nisbatan  olinganda,  chap  buyrakning  yuqori  uchi  XI-XII  ko‗krak  umrtkalari 
oralig‗i  sohasidan  ko‗ndalang  chiziqda  quyi  uchi  esa  II-III  bel  umrtkalari 
o‗rtasidagi  ko‗ndalang  chiziqda  turadi.O‗ng  buyrakning  yuqori  uchi  XII  ko‗krak 
umrtqasining  tanasi  o‗rtasidan  o‗tgan  ko‗ndalang  chiziqda,  quyi  uchi  II  bel 
umrtqasi tanasining o‗rtasidan o‗tgan ko‗ndalang chiziq sohasida turadi.  
 Buyrakni  yuqori  pastki  oxirlari  medial,  laterial  chetlari  hamda  oldingi  va 
orqa  yuzalari  tafovut  qilinadi.  Buyrakni  laterial  cheti  qovariq,  medial  cheti  eca 
botiq bo‗lib, uning o‗rtasi buyrak darvozasi deyiladi. Shu yerdan buyrakka arteriya 
qon tomirlari kirib, vena, limfatik tomirlar va siydik yo‗li chiqadi. Bolalar buyragi 


 
264 
bo‗lakli  tuzilishga  ega  bo‗lib,  uning  asosiy  sababi  po‗stloq  qismi  mag‗iz  qismi 
nisbatan  rivojlamagan.  Buyrak  to‗qimasi  nozik,  qo‗shuvchi  to‗qima  devori  sust 
rivojlangan.  
 Chaqaloqlar  buyragida  koptokchalar  zich  joylashgan  bo‗lib,  1  sm

yuzada 
50  taga  yaqin  koptokcha  uchraydi,  7-8  oylarda  18-20,  kattalarda  esa  7-8  donaga 
to‗g‗ri  keladi.  Ikki  yoshgacha  bo‗lgan  bolalarda  nefron  takomillashmagan  bo‗lib, 
buyrak  koptokchalari  visseral  varag‗i  epiteliysi  kubsimon  xujayralar  bilan 
qoplangan  bo‗lib  koptokcha  filtratsiyada  qiyinchiliklar  turdiradi.  4-oylikdan 
boshlab  koptokchalar  mag‗iz  oldi  qismida  kubsimon  epiteliy  sekinlik  bilan  yassi 
epiteliy  bilan,  8  oyligidan  periferik  koptokchalarda  ham  yassi  epiteliy  bilan 
almashinib  boradi.  2-4  yoshlarda  kubsimon  epiteliy  qoldig‗i,  5  yoshdan  so‗ng 
koptokchalarning  tuzilishi  kattalarniki  bilan  bir  xil  tuzilishga  ega  bo‗ladi. 
Chaqaloqlar  koptokchalar  o‗lchamlarining  kichikligi  buyrakning  filtratsiya 
kamchiligiga  olib  keladi  (kattalarnikining  30  %  ni  tashkil  etadi).  Shuningdek 
chaqaloqlar  nefronining  proksimal  distal  kanalchalarning  torligi  va  qisqaligi  ham 
o‗z  navbatida  reabsorbsiya  jarayonining  yetarli  emasligiga  olib  keladi.  Buyrak 
jomchalari  nisbatan  yaxshi  rivojlangan  bo‗ladi,  biroq  muskul  va  elastik  tolalari 
ham  sustroq  bo‗ladi.  Xayotining  1-kunlari  kam  siydik  ajralishi  hisobiga  sog‗lom 
chaqaloqlarda siydik tarkibida ko‗p miqdorda tuzlar ajralishi «mochekislыy infart» 
kuzatiladi.  Siydik  kanalchalari  gialin  xujayra  elementlari  parchalanishi  asosiy 
almashinuvning  kuchayishi,  qon  quyuqlashib,tuzlar  konsentratsiyasini  yuqori 
bo‗lgan  kam  miqdorda  siydik  chiqishiga  olib  keladi.  Bola  siygandan  keyin 
yo‗rgakda  qum  ko‗rinishidagi  cho‗kmasi  bo‗ladigan  jigar  rang  –qizil  dog‗lar 
qoladi,  diurez  ko‗payishi  bilan  infart  hayotining  dastlabki  2  haftaligida  yo‗qolib 
ketadi.  Yosh  bolalarda  buyrak  limfa  sistemasi  bilan  ich  aqlar  limfa  sistemalari 
o‗rtasida  o‗zviy  yaqinlik  bo‗ladi  va  bolalarda  ko‗p  uchraydigan  ichak 
infeksiyasining  buyrak  jomchalariga  tez  tarqalishiga,ya‘ni  ozon  piolonefrit 
rivojlanishiga olib keladi. Bolalarda siydik yo‗llari kattalarnikiga nisbatan kengroq 
bo‗ladi,  biroq  ko‗plab  qayrilishlarga  ega.Diurez  chaqaloqlik  vaqtida  20-25  marta, 
ko‗krak  yoshida  15  marta,  2-3  yoshida  10  marta,  maktab  oldi  yoshida  6-7  marta 
bo‗ladi.  
Chaqaloqlarda 1 martalik siydik miqdori 10-50 ml, ko‗krak yoshida 50 -100 
ml,  5  yoshda  -90-200  ml,  10  yoshda  200-300  ml.  Taxminiy  bir  sutkalik  siydik 
miqdorini  aniqlash  formulasi  quyidagicha:1)  100(  p+5)  p-  yoshi  bolani.2).600 
+100(p-1)  bu  formula  10  yoshgacha  bo‗lgan  bolani  sutkalik  siydik  miqdorini 
aniqlashda  ishlatiladi.  Sutkalik  siydik  miqdori  1  oy-300  ml,6-12  oy-600ml,2 
yoshda  -700ml,5-6  yoshda  1000  ml,  10  yoshda  1500  ml  teng.  Siydik  pufagi 
nisbatan  yuqoriroq  joylashgan  bo‗lib,  oldingi  yuzasi  bilan  qorin  devoriga  tegib 
turadi,  elastik  va  muskul  to‗qima  sust  rivojlangan,  aksincha  shilliq  qavati  yaxshi 
rivojlangan  bo‗ladi. Bola  ulgayg‗an  sari asta  sekin pastga tushib  boradi  va  kichik 
chanoq  bo‗shlig‗iga  joylashib  boradi.  Siydik  pufagining  hajmi  chaqaloqlarda  30 
ml, 1 yoshgacha 35-50 ml, 1-3 yoshda 50-90 ml, 5-9 yoshda 200 ml, 12-15 yoshda 
300-400  ml  teng  bo‗ladi.  Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarda  qovuq  sig‗imi  -50  ml,  3 
oyligida  100  ml,  yoshiga  to‗lganda  200  ml,9-10  yoshda  800-900  ml  ga  teng 
bo‗ladi.Bola  siydik  yo‗llarining  shilliq  pardasi  juda  nozik  va  epiteliysi  ko‗p  pust 


 
265 
tashlab turishi bilan ajralib turadi.yangi tug‗ilgan o‗g‗il bolalarda siydik chiqarish 
kanali uzunligi 5-6 smga borsa-13-14 yoshda 12-13 sm ga yetadi( kattalarda 14-18 
sm)  .Qiz  bolalarda  siydik  chiqarish  kanali  ancha  kalta  bo‗ladi,yangi  tug‗ilgan 
chaqaloqlarda  1-2  sm  atrofida,  16  yoshda  -3,3sm  yetadi.  Diametri  o‗g‗il 
bolalarnikiga  nisbatan  keng  bo‗ladi.  Shuning  uchun  ham  qiz  bolalarda  infeksiya 
ko‗proq  siydik  yo‗llariga  ocon  o‗tadi.  Chaqaloqlarda  hayotining  dastlabki 
kunlarida  siydik  orqali  mayda  dispersli  oqsillar  albuminlar(  fiziologik 
albuminuriya-0,25%)  bo‗ladi.Asosiy  sababi  tug‗ruk  paytida  buyrakda  qonni 
dimlanishi  hisobiga  buyrak  koptokchalarida  oqsil  o‗tkazuvchanligini  kuchayishi 
hisobiga  oqsillar  siydik  bilan  ajralishi  kuchayadi.Chaqaloqlar  uchun  siydik  bilan 
ko‗p miqdorda azot chiqarib turishi harakterlidir. Azotning ko‗p qismi( siydikdagi 
barcha azotning 85%) mochevina ko‗rinishida chiqariladi. Hayotining 4-5 kunidan 
boshlab  uning  miqdori  kamayadi,  2  oylik  mahaldan  boshlab  esa  yana  ko‗payadi. 
Hayotining 1 yilida bolalarda kattalarnikiga qaraganda 8-10%,birmuncha kattaroq 
yoshdagi  bolalarda  esa  3-5%  dan  kam  azot  mochevina  hisobiga  chiqarib  turiladi. 
Bolalar  ovqatini  turiga  ham  bog‗liq  bo‗ladi.  Hayotining  dastlabki  3  kunida 
chaqaloqlar  siydigida  siydik  kislota  (urat  kislota)  ko‗p  bo‗ladi.Siydik  kislota, 
siydik miqdori bolaning yoshi ulg‗ayib borgan sayin ortib boradi,ammiak fosfatlar 
va sulfatlar ko‗rinishida chiqariladi. Barcha yoshdagi bolalarda erkin yoki birikkan 
holdagi  aminokislotalar  siydik  bilan  chiqib  turadi.  Bola  ko‗krak  berib  boqib 
borilganda  aminoqislotalar  ancha  kam  chiqadi  .Bolalar  katta  bo‗lgan  sayin 
xloridlar, fosfatlar, sulfat kislota va ba‘zi boshqa moddalarning siydik bilan chiqib 
turishi  ko‗payadi.  Siydikda  ba‘zi  bir  vitamin  va  fermentlar  (pepsin,  uropepsin, 
labferment, tripsin, amilaza, maltoza) ham topiladi. Hayotining dastlabki kunlarini 
yashab  kelayotgan  bolalar  siydigining  reaksiyasi  ko‗p  darajada  kislotali,keyin  u 
kuchsiz  kislotali  bo‗lib  qoladi.  Siydikda  RN  o‗rta  hisobda  5-6,5  atrofida  bo‗ladi. 
Emadigan bolalar siydigining nisbiy zichligi birmuncha pastdir. Bola tug‗ilganidan 
keyingi  dastlabki  kunlardagina  u  yuqoriroq  -1006-1018  atrofida  bo‗ladi,  so‗ngra 
1003-1005 ga qadar pasayadi, bola yoshi kattaroq bo‗lgan sayin esa ko‗tarilib, 2-5 
yashar  bolalarda  1009-1016  ga  teng  bo‗ladi.  Sutkalik  siydik  miqdori  ichilgan 
suyuqlikning  60-65%  ini  tashkil  etadi.  Hayotining  dastlabki  oylarida  bolani 
ixtiyorsiz ravishda siyaveradi, ya‘ni siyish faqat shartsiz refleks hisoblanadi. Bola 
5-6  oy  bo‗lganligida  siyishga  shartli  refleks  paydo  bo‗ladi,  bu  refleksni 
mustahkamlab borish kerak. Mazkur shartli refleksni bolada birmuncha ertaroq, 3-
4 oylik bo‗lgan mahaldan boshlab rivjlantirib borish lozim.  

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish