Limfotsitar reaksiyasi. Bu qon ishlab chiqaruvchi apparatni mahsus
ta‘sirlanishi bo‗lib, o‗tkir va surunkali infeksiya kasalliklari ta‘sirida sodir bo‗ladi.
Periferik qonni tarkibida limfotsitlar soni ko‗p bo‗lsa, 50-70% gacha ko‗payib
ketsa, oqibati yaxshi tugaydi. Limfotsitoz yetilmagan qon xujayralari limfoblastlar
bilan bo‗lishi – limfoblastik leykozga xos belgi hisoblanadi.
monotsitoz
–
malyariya, qizamiq, silda, yuqumli mononukleozda kuzatiladi.
Eozinofiliya – eozinofillarni ko‗payib ketishi bir qancha xastaliklarda yoki
holatlarda kuzatiladi. Bolalarda allergik diatezda, ayniksa teridagi o‗zgarishlar
ko‗p bo‗lgan vaqtda, bronxial astma kasalligida, zardob xastaligida, anafilaktik
holatda, skarlatinada, leykemiyada, limfogronulematozda, gijja, exinoqoqkda,
trixomanozda, eozinofillarni soni 70% gacha yetadi.
Bazofiliya – o‗tkir va surunkali leykozda, limfogranulomatozda,
politsitemiyada yomon xavfli kamqonlikda uchraydi.
Leykotsitlarni kamayib ketishi - leykopeniya ba‘zi bir yuqumli
kasalliklarda uchraydi. Masalan: qorin tifidan tuzalayotganda, qizamiqda,
qizilchada va virus xastaliklarida, hamda aleykemiyada uchraydi. Sepsisda va
yiringli kasalliklarda leykopeniya bo‗lsa bu qon ishlovchi organlarni charchaganini
ko‗rsatib, oqibat yaxshi emasligidan dalolat beradi. Leykotsitlar mikdorini
periferik qonda kamayib ketishi quyidagilarga bog‗liq:
1.Suyak miyasini har xil infeksiyalarni ta‘sirida vazifasini susayib
ketishidan, qon ishlab chiqaruvchi orolchalarni kimyoviy zaharlar yordamida sh
aqllanishidan (margimush, benzol, piramidon, analgin, sulfodemizin) yoki nurlar
energiyasi ta‘siridan (rentgen nurlari, radiy, o‗ran).
2. Mieloid to‗qimasini shikastlanishidan (agronulotsitoz); agronulotsitar
angina eng og‗ir hastalik bo‗lib, leykotsitlar soni birdan kamayib 1 ml qonda bir
necha yuztaga tushib qoladi va neytrofillar yo‗qoladi, sababi noma‘lum. Bunda
qon ishlab chiqaruvchi qizil suyak ko‗migi yog‗ to‗qimasiga aylanib qoladi.
Soxta leykopeniya kapilyarlar sovuq harorat ta‘sirida torayib qon
elementlarini notug‗ri taqsimlanishidan bo‗ladi.
Neytropeniya – leykopeniya bilan birgalikda og‗ir yuqumli kasalliklarda –
sepsisda kuzatiladi. Absolyut neytropeniya, agranulotsitoz, aleykemiya bilan
birgalikda bo‗lsa qon ishlab chiqarishnig chuqur zararlanishidan dalolat beradi.
Limfopeniya – limfotsitlarni sonini kamayishi, yuqumli kasalliklarda
neytrofilli
leykotsitoz
bo‗lganda
kuzatiladi.
Mutloq
limfopeniya
limfogranulematozda, limfosarkomatozda va ba‘zi bir mielozlarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |