Bolalar kasalliklari propedevtikasi


 Medulyar yoki suyak ko‘migida qon ishlab chiqarish davri



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

3. Medulyar yoki suyak ko‘migida qon ishlab chiqarish davri. Xomilani 
7 haftasidan boshlab endoxondral suyak hosil bo‗lishi boshlanadi va birinchi suyak 
ko‗migi takomillasha boshlaydi, bu esa 4 oylikdan boshlab qon ishlab chiqaruvchi 
organga  aylanadi.  Medulyar  qon  ishlab  chiqarilishi  bolalarda  tug‗ilgandan  keyin 
ham  davom  etadi.  Yosh  bolalarda  qon ishlab  chiqarish  asosan  hamma  suyaklarda 
davom  etadi.  Suyak  to‗qimasiga  aylanishni  birinchi  belgilari  bolalarni  4 
yoshligidan boshlanadi.Shuning uchun 4 yoshdan keyin naysimon suyak miyasida 
qon  ishlab  chiqarilishi  sekinlashib,  14  yoshda  butunlay  to‗xtaydi  va  qon  ishlab 
chiqarish  yassi  suyaklar:  to‗sh,  yelka,  chanoq,  qovurg‗a,  kalla,  umurtqa,  kurak, 
suyaklari  ko‗migi  zimmasiga  o‗tadi.  Suyak  ko‗migi  prenatal  davrida  qizil  tusda 
bo‗ladi,  uning  hajmi  xomila  rivojlanish  davrida  25  martaga  ortadi  (masalan  6 
haftalikda  suyak  kumigi  -16  ml,tug‗ilishda  43  mlga  teng  bo‗ladi).  Xomilada  qon 
shaklli  elementlari  o‗zining  tarkibida  eritrotsitlarlarning  doimiy  ko‗payib  turishi, 
gemoglobin va leykotsitlar miqdorining ko‗pligi bilan farq qiladi. 
 
 
 Xomila  rivojining  birinchi  yarim  yilligida  (6  oygacha)  qon  tarkibida 


 
247 
yetilmagan  shaklli  elementlar  tutadi  (eritroblast,  mieloblast,  promielotsit, 
mielotsitlar)  keyingi  oxirgi  oylarda  periferik  qon  tarkibida  qonning  shakliy 
elementlari  yetilgan  qon  shakliy  elementlari  bilan  almashinadi.  Xomilada 
gemoglabin  tarkibi  o‗zgarib  boradi,  9-12  haftalarida  megoloblastlar  tarkibida 
primitiv  gemoglabin  keyinchalik  fetal  gemoglabin  bilan  almashinadi  va  prenatal 
davrida  asosiy  shakliy  element  hisoblanadi.  Xomila  rivojining  3  haftasida 
gemoglabin  ―A‖  sintez  qilina  boshlaydi,  xomila  rivojlanishi  bilan  uning  hosil 
bo‗lishi ko‗payib boradi. Bola tug‗ilish bilan fetal gemoglabin 60% ni gemoglabin 
―A‖  40%  tashkil  qiladi.  Primitiv  va  fetal  gemoglabinnig  asosiy  fiziologik 
xususiyatlari  o‗ziga  kislorodni  biriktirish  xususiyati  yuqoriligi  bo‗lib,  xomila 
rivojlanish davrida organizmni kislorod bilan taominlanishda muhim rol o‗ynaydi. 
Qon  tirik  organizmda  yagona  harakatchan  to‗qima  hisoblanadi.  Qonda  modda 
almashuvi  qonnig  shakliy  elementlari  va  plazma  orqali  bo‗ladi.  Qon  organizm 
uchun  kerakli  sistema  hisoblanadi.  Qon  limfa  suyuqligi  bilan  birgalikda 
organizmning  ichki  muhitini  tashkil  qiladi.  Qon  ichki  organizmning  ko‗zoynagi 
hisoblanadi.  Qonni  tekshirish  orqali  ichki  organ  va  sistemalarning  funksiyasi  va 
uni  o‗zgarishi  haqida  to‗la  ma‘lumotga  ega  bo‗lish  mumkin.  Qon  quyidagi  qator 
funksiyalarni bajaradi: 
1.Qon  xujayra  va  to‗qimalaraga  kislorod  tashiydi  va  organizmdan  karbonat 
angidridni chiqaradi. 
2.Qon  xujayra  va  to‗qimalarga  oziqa  moddalari  oqsil,  yog‗,  uglevodlarni 
tashiydi  organizmdan  moddalar  almashuvining  ohirgi  mahsulotlari  gistamin, 
gistaminga o‗hshash moddalar, sut kislotalari va boshqalarni chiqaradi. 3.Qon suv, 
tuz almanishuvi regulyatsiyasida ishtirok etadi.  
4.Qon organizmda termoregulyatsiyada ishtirok etadi.  
5.Qon o‗zining tarkibida fiziologik aktiv moddalarni ushlaydi, ular organizm 
hayoti uchun kerakli muhim rol o‗ynaydi. 
6.Qon immunoregulyatsiyada ishtirok etadi. 
7.Qon  himoya  vazifasini  bajaradi.Uning  tarkibidagi  leykotsitlar  orqali 
bajariladi.Leykotsitlar  yalliqlanish  joyiga  qarab  yolg‗on  oyoqchalari  bilan 
intiladi(fagotsitoz 
hodisasi 
ro‗y 
beradi).Yalliqlanish 
joyiga 
neytrofillar, 
makrofaglar  ham  yaqinlashib,  o‗zining  tarkibidan  ishqoriy  fosfataza  ajratadi  va 
yalliqlanish  atrofida  ishqoriy  muhit  hosil  qiladi.  Yalliqlanish  joyidagi 
mikroorganizmlarning o‗sishini zudlik bilan to‗xtatadi va uni haloq bo‗lishiga olib 
keladi. 
8.Qon har doim suyuq holatda bo‗ladi.Bu holatda bo‗lishiga ikki faktor ivish 
va ivishga qarshi sistemalar orqali amalga oshiriladi. 
 Ivish faktorlari. 
1.fibrinogen. 
2.protrombin 
3.tromboplastin 
4.kalsiy ionlari 
5.proaksellerin 
6.aksellerin 
7.pro qonvertin 


 
248 
8.antigemofil globulin A 
9.antigemofil globulin V 
10.faktor Styuarta-Prauera 
11.Faktor Rozentalya 
 12.faktor Xagemana 
13.fibrinstabillovchi 
14.faktor Flitgera 
15.faktor Fit Jeralda 
Qonning  ivishida  bundan  tashqari  trombotsitlar  ham  ishtiroq  etadi.  Ivishga 
qarshi  sistemada  antitrombin,  fibrinolizin  va  qonning  boshqa  ivishga  qarshi 
faktorlari ishtirok etadi. Ivishga qarshi 5 ta faza tafovut qilinadi. 
1-faza ivishni antitromboplastin faktorining hosil bo‗lishida 12,11,8,9,5 va 3 
ivish faktorlari ishtirok etadi. 
2-faza aktiv trombin hosil bo‗lishida 10,4 va 7 ivish faktorlari ishtiroq etadi. 
3-faza fibrinmonomerlari hosil bo‗lish bosqichi bo‗lib.bunda fibrin ipchalari 
hosil bo‗ladi. 
4-fazasida qon laktatsiyasi ezilib.qon zardobi plazma ajraladi. 
5-fibrinolizin fazasida-qon laktatsiyasi to‗liq erib ketadi.  
Eritrotsitlarning  osmotik  chidamliligi(rezistentligi)  ko‗krak  yoshida  0.36-
0.40 natriy xlor eritmasida,minimal 0.48-0.52 katta yoshidagi bolalarda maksimal 
0.32-0.36,minimal  -0.42-0.48.Eritrotsitlarning  cho‗kish  tezligi  chaqaloqlarda  2 
mm/ch.ko‗krak 
yoshida 
4-8mm/ch.katta 
yoshgacha 
bolalarda 
4-
10mm/ch.kattalarda  5-8mm/ch.  Periferik  qon,  plazma  va  shaklli  elementlar: 
eritrotsit,  leykotsit  va  trombotsitlardan  tashkil  topadi.  Periferik  qonni  tarkibi 
chaqaloqlarda va yosh bolalarda yoshiga xos xususiyatiga ega va kattalardan ancha 
farq  qiladi.  7  yoshgacha  qiz  va  o‗g‗il  bolalarni  qoni  o‗rtasida  farq 
bo‗lmaydi.Chaqaloqlik  davrida  qon  o‗z  tarkibida  ko‗p  miqdorda  gemoglobinni, 
eritrotsitni,  leykotsitlarni  va  boshqa  morfologik  tanachalarni  tutishi  bilan  ajralib 
turadi. 
Yetilib tug‗ilgan bolani chaqaloqlik davrida eritrotsitlarni soni 3,58- 20x10
12
 
/ l ga teng, gemoglobinni miqdori – 17 g% (170 g/ l). 
Chaqaloqlardagi gemoglobinni 4/8 qismini fetal gemolobin tashkil qiladi.Bu 
esa  bir  oylik  davrda  kattalarni  gemoglabini  bilan  almashinadi.  Bolani  tug‗ilish 
vaqtida  2  xil  gemolabin  bo‗ladi;  Nv  G‗  -80%  va  Nv  A  -20%,  retikulotsitlar  ham 
ko‗p (8-13%), normablastlar esa oz miqdorda uchrashi mumkin. Katta eritrotsitlar 
(makrotsitoz),  anizotsitoz  (har  xil  hajmda)  va  polixromotofiliya  (har  xil  rangda) 
bo‗lishi  kuzatiladi.  Eritrotsitlarni  cho‗kish  tezligi  chaqaloqlarda  bir  oz 
sekinlashadi. Osmotik chidamligi ko‗p va kam bo‗lgan eritrotsitlar bo‗ladi. 
Chaqaloqlardagi eritrotsitlarni va gemolobinlarni ko‗p bo‗lishi 2 xil nazariya 
bilan  tushuntiriladi.  1-nazariyada  qonni  suyuq  qismi  ona  organizmiga  qaytib, 
quyuq  qismi  bolada  qoladi  va  natijada  qonda  shaklli  elementlar  ko‗payib  ketadi 
deyiladi.  Bu  to‗g‗ri  emas,  chunki  qonda  yetilgan  shaklli  elementlar  bilan  birga 
yetilmagan yosh elementlar ham ko‗p bo‗ladi. 2-nazariya gipoksemiya (kislorodni 
yetishmovchiligi)  bu  nazariya  bo‗yicha  bolani  boshi  kichik  tos  suyagi  oralig‗idan 
o‗tayotganda  uzoq  turib  qolsa,  kindik  siqilib  xavoni  o‗tishi  qiyinlashib,  bola 


 
249 
bug‗ilishi asfiksiya paydo bo‗ladi va natijada suyak ko‗migi qitiqlanib, qon ishlab 
chiqarish tezlashadi va periferik qonga yosh yetilmagan eritrotsitlar ko‗p miqdorda 
chiqariladi.  Chaqaloqlarda  leykotsitlar  yuqori  bo‗lishi  garmonal  nazariya  orqali 
ham tushuntiriladi. Xomilaga tug‗ruq paytida yo‗ldosh orqali ona garmonlari bola 
organizmiga  o‗tadi.  Bola  tug‗ilgandan  keyin  ham  bir  muddat  davomida  bola 
organizmida  sirkulyatsiya  bo‗lishi  hisobiga  o‗g‗il  va  qiz  bolalarda  jinsga  bog‗liq 
bo‗lmagan  holda  ko‗krak  bezlarini  kattalashishi  kuzatiladi.  Qizlar  bola  jinsiy 
aozolaridan qonli aralashmalar ajralishi.o‗g‗il bolalar yorg‗oqlarining kattalashishi 
va  x.o  lar.Bunday  o‗zgarishlar  hech  qanday  davosiz  2  haftalarda  o‗tib  ketadi.Bu 
garmonlar  MNS  ta‘sir  qiladi  va  javob  reaksiyasi  sifatida  suyak  ko‗migidan  ko‗p 
mikdorda  periferik  qonga  leykotsitlar  va  yetilmagan  oq  qon  tanachalari 
promielotsit  metamielotsit  mielotsit)  ham  chiqariladi.  Ular  bu  garmonlarni 
fagotsitoz qilib organizmdan chiqarib yuboradi. 
Chaqaloqlar  qon  tarkibida  boshlang‗ich  va  oraliq  qon  xujayralarini  ko‗p 
tutishi  bo‗ladi.  Normal  tug‗ilgan  yetuk  chaqaloqlar  qon  tarkibida  eritrotsitlar  va 
gemoglobin  mikdori  1-4  kunlarida  bir  meyorida  bo‗ladi(oz  mikdorda  individual 
o‗zgarishi  mumkin).  5  kunida  eritrotsitlar  va  gemoglobin  mikdori  kamayib  borib 
birinchi  haftalarida  bu  ko‗rsatkich  maksimal  kamayadi,  ikkinchi  haftalariga  kelib 
gemoglobin  va  eritrotsitlar  tarkibi  o‗zgarmas  (stabil  )holda  bo‗ladi.  Bola  1  oylik 
bo‗lganda  eritrotsitlar  4.49.10
12
/l.NV-142.8  g/l  ga  teng  bo‗ladi.  Ular  tez 
parchalanadi  va  10  kunga  kelib  ular  miqdori  pasayadi.  Leykotsitar  formulada  1 
kunida neytrofillar (65-69%) ko‗p miqdorda bo‗lib, ularni chapga siljishi tayoqcha 
yadrolilar, 
mielotsit, 
metamielotsitlargacha 
bo‗ladi, 
monotsitlar-8-
14%.eozinofillar-0.5%-8%.bazofilli  leykotsitlar  yo‗q  bo‗ladi,  mielotsit-0,5-
1%.bazofillar0,5%. monotsitlar-13%,eozinofillar 2-4%, limfotsitlar 25-30% tashkil 
qiladi.Chaqaloqlar  qonining  leykotsitar  formulasi  o‗ziga  xos  o‗zgaradi.  Birinchi 
kuni  neytrofillar  mikdori  limfotsitlar  mikdoriga  nisbatan  ko‗p  bo‗ladi,  2-kunidan 
neytrofillar  mikdori  tushib  borib  limfotsitlar  mikdori  ko‗tariladi.5-6  kuniga  kelib 
neytrofillar va limfotsitlar mikdori tenglashadi(protsent hisobida 45% teng bo‗ladi) 
va  bu  neytrofillar  va  limfotsitlarning  “birinchi  kesishuvi‖  deb  ataladi.  Bola  9 
oyligidan limfotsitlar mikdori tushib.neytrofillar mikdori ko‗tarilib boradi. Bola 5-
6  yoshida  neytrofillr  va  limfotsitlar  mikdori  tenglashadi(protsent
 
hisobida  45% 
teng  bo‗ladi)‖ikkinchi  kesishuvi‖  deb  ataladi.Hayotining  keyingi  davrida 
neytrofillar  mikdori  limfotsitlarga  nisbatan  ko‗p  bo‗ladi,ya‘ni  50%  tashkil  qiladi. 
Periferik qon, plazma va shaklli elementlar: eritrotsit, leykotsit va trombotsitlardan 
tashkil topadi. Periferik qonni tarkibi chaqaloqlarda va yosh bolalarda yoshiga xos 
xususiyatiga  ega  va  kattalardan  ancha  farq  qiladi.  7  yoshgacha  qiz  va  o‗g‗il 
bolalarni qoni o‗rtasida farq bo‗lmaydi.Chaqaloqlik davrida qon o‗z tarkibida ko‗p 
miqdorda  gemoglobinni,  eritrotsitni,  leykotsitlarni  va  boshqa  morfologik 
tanachalarni tutishi bilan ajralib turadi. Yetilib tug‗ilgan bolani chaqaloqlik davrida 
eritrotsitlarni soni 3,58- 20x10
12
 / l ga teng, gemoglobinni mikdori – 17 g% (170 g/ 
l).Yetilib tug‗ilgan normal bolani 1-4 kunlik hayotida eritrotsitlar va gemoglobinni 
miqdori bir xilda bo‗lib ozgina o‗zgarishi mumkin. 5 kundan boshlab eritrotsit va 
gemoglobin kamaya  boshlaydi va birinchi haftani oxirida hamma ko‗rsatkichlarni 
eng  yuqorigi  kamayishi  kuzatiladi.  Ikkinchi  haftadan  boshlab  yana  eritrotsit  va 


 
250 
gemoglobinni  miqdori  bir  xil  darajada  turadi.  Bir  yoshli  bolada  eritrotsitlarni 
miqdori  4,49x10
12
  l,  gemoglobin  –  14,28  gr%  (142,8  g/l)  bo‗ladi.Yangi  tug‗ilgan 
chaqaloqlar  periferik  qon  tarkibi  E-3,58-7.2.10
12
/l.  NV-170-240g/l(210g/l).SP-
1.3.Ley-t-10-20-30.10
9
/l 
neytrofillar-65-69%. 
mielotsitlar-0.5-1%.bazofillar-
0.5%.yeozinofillar-2-4%  limfotsitlar-25-30%  monotsitlar-11-13%  Kabo.  Turke 
xujayralari-0.25%  eritrotsitlarni  anizotsitoz  (har  xil  kattalikda),  ba‘zan  esa  juda 
katta plastinkalar uchraydi, poykilotsitoz (har–xil sh aqlli).polixromatofiliya (har –
xil  bo‗yalgan)  sh  aqllari  bo‗ladi.  E.Ch.T-2-4  mm/s.  Chaqaloqlar  e.ch.t  past 
bo‗lishiga  sabab  qon  tarkibidagi  holesterin.fosfolipidlarning  kam  tutishi  hisobiga 
kuzatiladi.Chaqaloqlar  periferik  qon  tarkibida  retikulotsitlar  mikdori  ko‗p  5-6% 
gacha bo‗lib 1 yoshdan keyin 1 % ga to‗shadi. Bu fiziologik retikulotsitoz bo‗lib, 
bola  organizmida  misning  yetishmasligi  hisobiga  kuzatiladi.  Bola  5-6  oyligidan 
qo‗shimcha ovqat berilishi bilan o‗tib ketadi. Rang ko‗rsatkichi ko‗krak yoshidagi 
bolalarda  birdan  past  bo‗lishi  sidoropeniya  bo‗lib,  ekzogen  temir  moddasini  kam 
tutgan  ovqatlar  berilganligi  tufayli  bo‗ladi.  Etarli  miqdorda  go‗sht  mahsulotlari 
berilgandan keyin (50.0gr va undan ko‗p) o‗tib ketadi. Eritrotsitlarning diametri (7-
8 mkm) 4.75-9.5 Lyapunova-Praysa-Djonsa egriligi orqali aniqlanadi. 1- haftada -
8.5-9  mkm.,  3  oyligi-7.5-7  mkm.,kattalarda  7.2-7.7  gacha  bo‗ladi.  Eritrotsitlar 
diametri  7.7  mikrometrdan  katta  bo‗lsa  makrotsitlar  7.2  mkm  dan  kichik  bo‗lsa 
mikrotsitlar deyiladi. Eritrotsitlarning o‗rtacha qalinligi 1.9-2.1 mkm. diametrining 
qalinligiga  nisbati  3.4-3.9  gacha  bo‗ladi.  3.4dan  kichik  bo‗lsa  sferotsitoz.3.9  dan 
katta  bo‗lsa  planotsitoz  bo‗ladi.Sferotsitoz  mikrotsitoz  bilan  bo‗lishi  tug‗ma 
gemolitik  anemiyaga,  makroplanotsitoz-jigar  kasalliklari  va  ortirilgan  gemolitik 
anemiyaga hos belgi hisoblanadi. Chaqaloqlar leykotsitar formulasi chapga siljishi 
tayoqcha yadrolilar, metamielotsitlar yagona mielotsitlar hisobiga bo‗ladi. 
12  yoshida  leykotsitar  formula  kattalarnikidan  farq  qilmaydi.  trombotsitlar 
mikdori 
143.000-413.000  1 
mkm 
o‗rtacha  278.000  gacha  (100.000) 
bo‗ladi.kattalarda 150.000-300.000 gacha bo‗ladi.  
Qonda  trombotsitlar  soni  doimiyligini  bir  maromda  bo‗lishi  suyak 
ko‗migining  megokariotsitar  tizimi  ta‘minlaydi  va  uning  parchalanishi  Kuper 
endotelial  tizimida  kechadi,  trombotsitlarni  o‗rtacha  yashash  kuni  8-11  kunga 
teng.Chala  tug‗ilgan  bolalar  qoni  ko‗p  darajada  individual  o‗zgaradi.  Eritrotsitlar 
mikdori  7,0.10
12
  /l  Nv  mikdori  233,0g/l,fetal  gemoglobin  mikdori  (90%)  tutadi, 
ularni  o‗ziga  xosligi  kislorodni  biriktirish  xususiyati  yuqoriligi  bo‗lib,  xomila 
rivojlanayotgan davrida xomilani va chaqaloqlik davrida yangi tug‗ilgan chaqaloq 
organizmini kislorod bilan yaxshi ta‘minishiga, gipoksiyani oldini olishga yordam 
beradi.  Leykotsitlar  va  trombotsitlar  mikdori  chala  tug‗ilgan  bolalarda  o‗ziga  xos 
bo‗lib,  ularning  periferik  qon  tarkibida  ayrimlarida  oz  miqdorda,  ayrimlarda  ko‗p 
mikdorda tutadi.Chala tug‗ilgan bolalarda tug‗ilgandan keyin tezda eritrotsitlar va 
Nv  mikdori  kamayib,  2-3  oyligida  kamqonlik  rivojlanadi.Ovqatlanish  yaxshi 
parvarish qilinganda ham (NV -50-83,0g/l,E-2,0-3,0.10
12
/l) kuzatiladi va 1 yoshda 
sekin  asta  o‗tib  ketadi.Chala  tug‗ilgan  bolalarda kamqonlik sabablari  quyidagicha 
tushuntiriladi. 
1). Xomilada temir zapasini kamligi. 
2)  Chala  tug‗ilgan  bolalarni  erta  tug‗ilishi  jigarda  temir  zahirasini 


 
251 
to‗planishini buzilishiga olib keladi. 
 3)Suyak ko‗migini to‗liq yetilmaganligi va temirni past hazm bo‗lishi 
 
 
NV hosil bo‗lishiga ta‘sir ko‗rsatadi.Buning sabablarini quyidagi asoslari orqali 
tushuntiriladi, ya‘ni organizmga ko‗p mikdorda ovqat bilan temir kiritilishi 
kamqonlikni yo‗kotadi.
 
Chaqaloqlar  va  1  oygacha  bo‗lgan  bolalarda  periferik  qon  tarkibini 
o‗zgarishi qon ishlab chiqarishni o‗ziga xos xususiyati, qizil suyak ko‗migini yog‗ 
o‗chog‗isiz  suyak  ko‗migidan  tashkil  topilgani  va  qizil  suyak  ko‗migini  yuqori 
regenator  xususiyatiga  egaligi  va  qon  ishlab  chiqarishda  ekstramedulyar 
o‗chog‗i(jigar  va  taloq)  ham  mobilizatsiya  qilinishi  hisobiga  kuzatiladi.  Bolalar 
qonini  o‗ta  o‗zgaruvchanligi  bosh  miya  yarim  sharlari  va  endokrin  sistemalarini 
yaxshi  rivojlanmaganligi  hisoblanadi.  Ko‗krak  yoshidagi  bolalarni  qoni 
chaqaloqlarnikiga  nisbatan  kam  o‗zgaruvchan  bo‗ladi.  Normal  tug‗ilgan  bolalar 
qoni  6  oylikka  kelib  eritrotsitlar  mikdori  o‗rtacha  4,55.10
12
/lga  kamayadi,NV-
132,0g/l,retikulotsitlar  5%(3  tadan  8  tagacha  1000  ta  eritrotsitlarda). 
Retikulotsitlarni  yuqori  bo‗lishi  eritrotsitlar  va  gemoglobinlar  pasayishiga  to‗g‗ri 
keladi.  Rang  ko‗rsatkichi  0,8-0,9  ga  teng  bo‗lishi  eritrotsitlarning  gemoglobinga 
to‗yinishi  yetarligidan  dalolat  beradi.1  yoshgacha  trombotsitlar  mikdori  2,33-
356.10
9
/l 
yoshi 
o‗tishi  bilan  pasayib  borib,  1  yosh  oxirida  yana 
ko‗tariladi.Leykotsitlar  1  yoshgacha  8,4-10,5.10
9
/l,5-6  yoshda  8,4.10
9
/l,9-12oy-
9.10
9
/l  bo‗ladi.  Leykotsitar  formulada  limfotsitoz-50-60%,1-2  yoshgacha 
neytrofillar 26-30%, metamielotsitlar kam uchraydi, eozinofillar bir yoshgacha bir 
xil  mikdorda  o‗zgarmaydi.  Ko‗krak  yoshdagi  bolalarda  kamroq  monotsitlar  (6,6-
7% 1 yoshgacha) va plazmatik xujayralar uchraydi. 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish