sindromida (dizenteriya, lyambliozda): axlat suyuk, tarkibida ko‗pik shilliq qon
bo‗lib, najas massasi oz bo‗ladi, toksikoz va eksikoz sindromi birinchi o‗rinda
bo‗ladi.
Situatsion masalalar.
1.Bola 2 oylik. Onasini shikoyati bolani bezovdaligidan, emishdan bosh
tortishidan,og‗iz bo‗shlig‗i ko‗rilganda o‗zgarmagan qizargan tilning, labning,
tanglayning shilliq qavatida gruppali dumaloq
shaklli 1,0-1,5mm gacha bo‗lgan siyohrang oqish dog‗lar aniqlandi,
jarohatlangan joy sekin kattalashib biri-biri bilan qo‗shilyapti, oq parda hosil
bo‗lib, shilliq qavatidan ko‗tarilgan va achchigan sutni eslatyapti, kasallik boshida
dog‗lar tampon bilan oson olinardi, keyinchalik zo‗rlik bilan olib tashlanganda
qonagan yuzani aniqlandi. Qaysi xastalikka xos belgi deb hisoblaysiz?
Javob: Molochnitsa.
2.Bola 5 oylik. Shikoyati emgandan so‗ng qusishdan, ichi kelishi 10
martagacha sutkasiga, suyuqligidan, ko‗kimtir shilimshiq aralashligidan, tana
haroratini 37,7 ko‗tarilishi, bezovdaligidan, yig‗lashidan, tana og‗irligini
yo‗qotilishidan, ko‗rganda bolani axvoli og‗ir, bezovda, oyoqlarini qorniga
tortilgan, vaqti-vaqti bilan baqirmoqda. Terisi oqargan, quruq, elastikligi pasaygan.
Yurak va nafas tizimida o‗zgarishlar yo‗q, labi va tili quruq, qorin shishgan, nafas
olish aktida ishtirok etayapti, jigar + 2,0 sm , yumshoq. Najasi suyuk, ko‗kimtir
shilimshiq aralash, siyishi kam. Qaysi xastalikka xos? Javob:UIK.Salmonellez.
3.Bola 7 oylik. Onasining shikoyati fantan qusishdan. qusish 3 haftalik
yoshidan boshlangan, qusish mikdori emgan sut mikdoridan ko‗p, qusish
tarkibidan o‗zgarmagan ovqat bo‗lib, oshqozondagi o‗hshamaydi, ko‗ruvda bola
243
bezovda,ijismoniy rivojlanishdan orqada kolmoqda, qorin sohasi ko‗rilganda «qum
soati»ga o‗xshash peristaltika kuzatilyapti. Kontrast modda bilan rentgen
tekshiruvi o‗tkazilganda qizilo‗ngach o‗ta kengayganligi, unda ovqat va suyuqlik,
bariy aralashmasi kardial qismdan yuqorisi tutilib qolayotganligi aniqlandi.Sizning
tashxisingiz? Javob : pilorostenoz.
4. Bolada intellekti buzilganlik bilan birga ko‗proq ruminatsiya- chaynash
kuzatilib, uning yutgan ovqatni orqaga og‗iz bo‗shlig‗iga qaytarish va qusiq
moddani qayta yutilish kuzatilyapti.Sizning tashxisingiz? Javob:Ruminatsiya,
chaynash.
5. Qizchada har ovqatlangandan so‗ng qusish kuzatilyapti. Onasi ovqat
yeyishga majbur qiladi va har safar bosh tortganda jazolaydi, qusish sababini
aniqlang? Javob: Bolalarni noto‗g‗ri tarbiya va noto‗g‗ri ovqatlantirish texnikasida
(majburiy ovqatlantirish) o‗rgangan qusishni shakllantiradi va har safar
ovqatlanganda so‗ng bo‗lib turadi.
6.Bola ko‗krak suti bilan ovqatlantirilmoqda, ozg‗in, doim ovqat so‗raydi,
kechqurunlari kam uyqu, onasini suti yetmaydi.Onasini shikoyati qabziyatdan.,
qabziyatning sababi nima?
Javob: Och kolgandagi naxas dispeptikni eslatadi, ko‗proq qo‗yiq va
qoramtir, shilimshiq aralashmasi bo‗lishi mumkin.
7. Ko‗krak yoshidagi bolani 3 kun ichi kelmagandan so‗ng, qusish najas
bilan kuzatildi, bolani axvoli og‗ir, qusgandan so‗ng, biroz ahvoli yengillashdi.
Ovqat hazm traktining qaysi qismida patologik jarayon kuzatilyapti? Javob:Najas
bilan qusish ichakni buralishi yoki tutilishi.
8.Bola kechasi krovatidan uyqusida yiqilib boshi bilan o‗rilgan va bir necha
marta ko‗ngil aynishsiz ko‗sgan. qusish axvolini yaxshilamagan. qusish sababi?
Javob:Markaziy asab sistemasini qusish markazi jarohati tufayli.
9.Ko‗krak yoshidagi bolani najasi suyuq rangi qizil. Ovqat hazm traktining
qaysi qismida patologik jarayon kuzatilyapti? Javob:Ingichka yoki yo‗g‗on ichakda
yarali nekrotik enteroqolitda.
10.Chaqaloqda birlamchi mekoniy kelmadi. Klizmadan so‗ng najasida oqsil.
Bolada qaysi patologik jarayon? Javob:Mukovissidoz. Tug‗ma oshqozon osti
kistofibrozi.
11.Bola 7 yoshda. Shikoyati ishtahasini pasayishi, og‗zini ko‗rishi, so‗lak
oqishidan. Ko‗rganda tili va og‗iz shilliq qavati qizargan, tilida aftoz toshmalar
toshgan, ichki organlari o‗zgarishsiz. Bu simptomoqompleks qaysi sindromga
to‗g‗ri keladi? Javob:Og‗iz bo‗shlig‗ini zamburg‗li zararlanishi sindromi(
stomatit).
12.Qorinni o‗ng chov sohasida og‗riq, 1 marta qusish, ichi suyuq kelayapti.
Ko‗ruvda tana harorati 37,2, tili quruq, oq karashmalar bilan koplagan. Qorni
tortilgan,
tarang
,og‗riqli,
Щetkin-Blyumberga simptomi musbat. Bu
simptomoqompleks qaysi sindromga to‗g‗ri keladi? Javob: O‗tkir qorin,
appenditsit.
13.3 yoshli bolada xavo bilan kekirish tez-tez kuzatilyapti.Ota –onasi
vrachga maslaxat uchun keliщdi.Sizning javobingiz?
Javob:Kardial
sfinkterni
yaxshi
rivjlanmaganligidan
aerofagiya
244
kuzatilyapti.Ovqatlanayotgan paytida gapirib ovqat iste‘mol qilganligi uchun
bo‗lgan.
14.Qorindagi og‗riq ovqat yegandan so‗ng biroz vaqt kamayadi, lekin
ma‘lum vaqtlardan so‗ng og‗riq kuchayadi.
Javob: Antral gastrit, gastroduodenit va 12 barmoqli ichak yarasida kuzatilib
moynegamovning og‗riq ritmi deb ataladi.
15.10 yoshli qizchada sarg‗ayish fonida o‗tkir jigarning kichrayishi,oldin
yuqori do‗ngligi yassilanadi, keyin pastki qirg‗og‗i tekislangan. Bu
simptomokompleks qaysi xastalikka to‗g‗ri keladi?
Javob:Jigar sirrozida jigarning distrofik o‗zgarishidan jigar kattaligi
kichraygan va palpatsiyalanmayapti, bu virusli gepatitda jigarnin o‗tkir
distrofiyasiga xos.
16.7 yoshli o‗g‗il bolani ota-onasi bolasini ishtaxasi (kuchliligidan)
yuqoriligidan shikoyat qilishdi. Bu qachon kuzatiladi.
Javob:Seliakiya,kalta
ichak
sindromida,surunkali
pankreatit,kandli
diabet,gijja invaginatsiyasida va boshqalarda
17. 5 yoshli bolani qorni shishgan va guldirashidan shikoyat qiladi.Bu
qachon kuzatiladi? Javob: enterokolit, ichak disbakteriozida
18.Epid.parotit kasalligidan so‗ng o‗g‗il bolada qornida kamarsimon og‗riq
paydo bo‗lgan. Dejardena, Meyo-Robson, nuqtalarida og‗riq kuzatilgan, bola tez
ozgan. Bu qaysi kasallikka xos belgi?
Javob:Pankreatit
19.Bolani terisida kukimtir tusdagi sarg‗ayish paydo bo‗lgan.Tekshirilganda
qorinning Kerra nuqtasida og‗riq bo‗lgan Myussi, Merfi, Ortnera, Boasa
simptomlari musbat bo‗lgan. Bu qaysi xastalikka xos belgi? Javob: Xoletsistit.
20.Bolada ishtaxasini yo‗qligi (anoreksiya), ovqat yegandan so‗ng epigastral
sohada og‗riq, palag‗da tuxum xidli kekirish kuzatilyapti. Mendel simptomi
musbat, Openxovskiy nuqtasida og‗riq bo‗layapti. Bolada qaysi xastalik
kuzatilyapti? Javob:gipoatsid yoki eroziv gastrit.
Do'stlaringiz bilan baham: |