Bolalar kambag‘alligini qisqartirish uchun qanday ishlar amalga oshirilimoqda?



Download 14,27 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi14,27 Kb.
#490591
Bog'liq
Murojaatnomaga javob


Bolalar kambag‘alligini qisqartirish uchun qanday ishlar amalga oshirilimoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga asosan tashkil etilgan ishchi guruh 2020-yil oktabr oyidan boshlab qashshoqlikni kamaytirish, aholining kam ta’minlangan va ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmini joriy etish bo‘yicha ishlarni boshladi. Qashshoqlikka qarshi yangi mexanizm 2019 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari Abxijit Banerji, Ester Dyuflo va Maykl Kremer metodologiyasiga asoslanadi.
Ushbu mexanizmning eng muhim jihati shuki, oilaning kambag‘alligi ko‘plab omillar bilan belgilanadi. Bu omillar orasida daromad darajasi, oziq-ovqat, ta’lim va transport infratuzilmasining mavjudligi bor.
Yangi mexanizmni sinovdan o‘tkazish uchun Toshkent viloyatining Bo‘ka va Chinoz tumanlarida qashshoqlikni kamaytirish, aholining kam ta’minlangan va ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2020-yil oktabr va noyabr oylarida eksperimental tadqiqot ishlari olib borildi.
So‘rov davomida ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘ka va Chinoz tumanlaridagi barcha 96 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1152 ta xonadonda maxsus tayyorlangan “Aholining turmush darajasini o‘rganish va baholash” so‘rovnomasi asosida o‘rganishlar o‘tkazildi. So‘rovnoma 16 bo‘limdan iborat bo‘lib, uy xo‘jaligining tuzilishi, sharoitlari, daromadlari va xarajatlari, sog‘liqni saqlash masalalari, oziq-ovqat ratsioni va kredit masalalarini o‘z ichiga oladi.
Toshkent viloyatining Bo‘ka va Chinoz tumanlarida kambag‘allikni o‘rganish bo‘yicha tajriba loyihasining o‘tkazilishi aholini ijtimoiy himoya qilishdagi kamchiliklarni aniqlash imkonini berdi.
Bo‘ka tumanidagi kam ta’minlangan xonadonlar a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, bir sutkada iste’mol qilinadigan kaloriya miqdori 2382 kkal ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past (Bo‘ka tumanida – 34 foiz, Chinoz tumanida – 56 foiz), ko‘plab qishloq aholi punktlarida maktabgacha ta’lim muassasalari mavjud emas (Bo‘ka tumanida 28 ta, Chinoz tumanida 35 ta). Matematika, informatika, tarix, tabiatshunoslik, chet va rus tillari o‘qituvchilari yetishmaydi.
Tuman tibbiyot muassasalarida pediatr, kardiolog, nefrolog, reanimatolog, ginekolog va terapevt kabi shifokorlar, zamonaviy tibbiy jihozlar yetishmaydi.
Joylarda kam ta’minlangan aholining o‘ziga xos va eng o‘tkir muammolarini ochib bergan tadqiqotlar natijasida kam ta’minlangan aholi turmush darajasini pasaytirish va aholi turmushini yaxshilashga qaratilgan tegishli davlat siyosati chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda.
Davlatdan ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni “Temir daftar”ga kiritish va undan chiqarishning aniq mezonlari ishlab chiqiladi, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘paytiriladi, ta’lim, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlari vitaminli preparatlar bilan ta’minlanadi, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi (vazn va bo‘y) monitoringi o‘tkaziladi.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1—4-sinf o‘quvchilarini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlash belgilangan.
Download 14,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish