MTM ta’lim jarayonining maqsadlari
О‘quv-tarbiyaviy
jarayonning
maqsadi
bolalarda
umumiy
asosiy
ompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish
24
uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:
-bola huquqlari, о‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini
hisobga olish;
- ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining о‘zaro
bog‘liqligi;
- bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu
jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
- bolaning ijodiy qobiliyatlarini qо‘llab-quvvatlash;
- о‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
- bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit
yaratish;
- bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
- MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
- milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar
madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining о‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish;
Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasidagi rivojlanishini qо‘llab-quvvatlash
jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim
muassasasi rahbari javobgar bо‘ladi.
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari Bolaning kompetensiyalari bola
rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
- jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
- nutq, muloqot, о‘qish va yozish malakalari;
- bilish jarayonining rivojlanishi;
- ijodiy rivojlanish.
Maktabgacha ta’lim muassasasi о‘quv-tarbiyaviy jarayonni о‘quv yili
bо‘yicha tashkil qiladi.
О‘quv yili 2 sentabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.
1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil
etiladi.
25
О‘quv-tarbiyaviy jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda
pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar о‘yinlari, bо‘sh
vaqt va о‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi.
О‘quv-tarbiyaviy jarayon ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish
va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga
asoslanuvchi о‘quv rejaga muvofiq olib boriladi. О‘quv-tarbiyaviy jarayon bola
hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga
birlashtiriladi
О‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda
integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
О‘quv-tarbiyaviy jarayonda quyidagi rejalashtirish turlari qо‘llaniladi:
yillik mavzuviy;
haftalik
Rejalashtirishda ta’lim jarayonining mavzusi, maqsadlari, mazmuni va turlari
yoritiladi. Jarayon turlarini tanlashda nafaqat о‘quv-tarbiyaviy jarayonning
umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bо‘yicha maqsadlar, faoliyat
mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi. Rejalashtirishda kun
tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir
faoliyatdan boshqasiga oson о‘tishda yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish
joizki, о‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun
tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga
olinadi.
Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bо‘limlardan tashkil topadi:
Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun О‘zbekiston Respublikasining
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yilgan Davlat talablarida
aks ettirilgan sohalar va kichik sohalar hamda kutilayotgan natijalar (malaka va
kо‘nikmalar) olingan. Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bо‘lgan
davrni о‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta
tо‘ldiriladi6. Maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning
maktabga tayyorlik xaritasi tо‘ldiriladi (faqat maktabgacha ta’lim muassasa
bitiruvchilari
uchun6).
Maktabga
tayyorlik
deganda
bolada
umumiy
kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi
tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta’lim muassasasining har bir bitiruvchisi
uchun tо‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi
(bola kompetensiyalari) bо‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bо‘lgan davrni о‘z ichiga oladi, har
bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta tо‘ldiriladi6.
Maktabgacha ta’lim muassasasidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga
tayyorlik xaritasi tо‘ldiriladi (faqat maktabgacha ta’lim muassasa bitiruvchilari
uchun6). Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalarni va
rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita
maktabgacha ta’lim muassasasining har bir bitiruvchsi uchun tо‘ldiriladi. Unda
Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari)
bо‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
26
Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif
etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va
tavsiya hamda takliflar kо‘rinishida ota-onalar e’tiboriga havola etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |