Bolalar jismoniy tarbiyasi



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,17 Mb.
#782111
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
Bog'liq
fayl 2145 20211113

Kuchlilik-
bu mushaklarni ma’lum darajada zо‘riqtira olish qobiliyati 
bо‘lib,chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning mushaklari hali yaxshi rivojlanmagan 
bо‘ladi, uning asab harakati ham hali yetarli darajada takomillashmagan, bog‘cha 
bolalari mushaklarni kuch bilan ishga solishda aniq farq qilish qobiliyatiga ega 
emaslar. 
Bog‘cha bolalari uchun, ayniqsa, kichik guruhdagilar uchun shu narsa 
muhimki,ularda rostlovchi mushaklarning hayotiy faoliyatidan kо‘ra, bukish
mushaklarining hayotiy faoliyati ortiqroq bо‘ladi, bolalar yurish va yugurish 
vaqtida oyoqlarini yarim bukik holda tutib harakat qiladilar, о‘yinlar о‘tkazish 
vaqtida esa engashib о‘tiradilar va hokazo. Shu sababli, bolaning kuch-quvvat 
sifatlarini rivojlantirayotganda rostlovchi mushaklar kuchini kо‘paytirishga 
alohida e’tibor berish, bola gavdasi va oyoq-qо‘llarini rostlaydigan, tо‘g‘ri turishga 
о‘rgatadigan mashqlarni bajartirish muhim ahamiyatga egadir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kuch-quvvatni tarbiyalashga qaratilgan 
mashqlar, asosan, dinamik harakterga ega bо‘lishi kerak. Ayni vaqtda, bu uzoq 
vaqt davom etib, asablarni ancha tarang holga keltiradigan bir xildagi zо‘riqishlar 
bilan bog‘liq, bо‘lmasligi lozim. Bundan tashqari, kuchni rivojlantirishda zо‘r 
berib, kuchlanish talab etiladigan mashqlar qо‘llanmasligi kerak. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarning kuch-quvvatini tarbiyalash uchun qisqa muddat davom 
etadigan va tezlik hamda kuch talab qiladigan mashqlar (masalan, 
bir joyning 
о‘zida turib uzunlikka sakrash, uzoqqa uloqtirish mashqlari
), shuningdek, о‘z 
og‘irligini kо‘tarish bilan bog‘liq bо‘lgan ba’zi bir mashqlar (
engashtirib qо‘yilgan 
va tikka turgan narvonlar, taxtalarga tirmashib chiqish mashqlari, gimnastika 
taxtasida о‘z qо‘llari, kuchi bilan tortilish va shunga о‘xshash mashqlar
)ni 
bajarish о‘rinlidir. 


22 
Matonat-
bu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida yetarli 
darajadagi jadallikni saqlagan holda bajara olish qobiliyatidir. Matonatni 
tarbiyalash organizmturli sistemalarining miqdoriy imkoniyatlarini oshirib borish, 
asta-sekin sharoitga moslashib borish bilan, oqibat natijada charchashga olib 
keladigan va kuchli zо‘riqish bilan uzoq vaqt davom etadigan faoliyat natijasida 
organizmda yuzaga keladigan kо‘nikish, ya’ni chiniqish sanaladi. Shuning uchun 
bolalarda matonatni tarbiyalashda, ularga о‘zlarida kо‘nikma hosil qilgan vazifaga 
qaraganda yuqoriroq jismoniy ta’sir kо‘rsatadigan mashqlar va о‘yinlar 
qо‘llaniladi. 
Maktabgacha yoshdagi kichik guruhlarda matonatni tarbiyalash bilan bog‘liq 
maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarida 
matonatni tarbiyalash uchun о‘yin va mashqlardan foydalaniladi. Bunday о‘yin va 
mashqlarda ancha og‘ir, lekin qisqa muddatli jismoniy zо‘riqish talab qilinadi. 
Bunday mashqlarda bolalar diqqat-e’tiborni bir yerga jamlab, mashqlarni 
takrorlashda yetarli darajada uzoq tanaffuslar berib, ularga nafas rostlashiuchun 
vaqt ajratish lozim. Bu yoshdagi bolalarda matonat, avvalo, yurish, yugurish, 
sakrash, chang‘ida yurish, raqsga tushish, suzish va harakatli о‘yinlarni о‘ynash va 
mustaqil faoliyat kо‘rsatish vaqtida rivojlanadi.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish